Sharipova Nilufar Hikmatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning konseptual asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt500
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomov Akrom Tolliboevich, dotsent; Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: AT “Aloqa bank”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning konseptual asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash, moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida tashqi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilinishi, Moliyaviy barqarorlik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi taklif etilgan;
kreditning asosiy ta’minoti sifatida kafolat, sug‘urta polisi yoki yuridik shaxs kafilligi qabul qilingan taqdirda, ushbu ta’minotlar jami ta’minotning 25 foizidan oshmasligi zarurligi asoslangan;
bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda likvidlilik risklarini samarali boshqarish maqsadida qisqa muddatli majburiyatlarni jami aktivlarning 40 foizidan oshmagan miqdorda saqlash  taklif qilingan;
banklar faoliyatida kiberxavfsizlikni ta’minlashda, Markaziy bank vakolatlarini kengaytirish - banklar faoliyatida axborot va kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash va oldindan chora ko‘rish, shuningdek shubhali operatsiyalar yuzasidan kartalar va hisoblarni bloklash huquqi berilishi taklif etilgan; 
banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kredit xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha 1-darajali kapitalning 5% dan oshmagan miqdordagi kreditlar bank kredit qo‘mitasining qarori asosida berilishi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar asosida: 
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash, moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida tashqi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilinishi, Moliyaviy barqarorlik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlanishi, tizimli moliyaviy inqirozlarning kelib chiqish xavflari o‘rganilishi (tahlil qilinishi), ularning yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi, shuningdek yuzaga kelgan moliyaviy inqirozlarni boshqarilishi hamda ularning oqibatlarini bartaraf etilishiga yordam berishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Republikasining “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi 2025-yil 23-iyundagi O‘RQ-1070-son Qonunining “Moliyaviy barqarorlik kengashi” deb nomlangan 7-moddasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti 2025 yil 20 avgustdagi №3/08-129-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda Moliyaviy barqarorlik kengashi faoliyati vazifalari aniq belgilandi; 
kredit asosiy ta’minoti sifatida kafolat, sug‘urta polisi yoki yuridik shaxs kafilligi qabul qilingan taqdirda, ushbu ta’minotlar jami ta’minotning 25 foizidan oshmasligi taklifi AT “Xalq bank” Boshqaruvining 2025 yil 24 martdagi 29/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan bankning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Xalq bank”ning 2026 yil 23 apreldagi №07-25/11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kredit portfeli ta’minoti sifati mustahkamlandi. 2025 yilda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 3,1 foizni tashkil qildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu holatiga nisbatan 1,1 foizga kamayishiga erishildi; 
bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda likvidlilik risklarini samarali boshqarish maqsadida qisqa muddatli majburiyatlarni jami aktivlarning 40 foizidan oshmagan miqdorda saqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif AT “Xalq bank” Boshqaruvining 2024 yil 10 yanvardagi 3/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan bankning 2024-yil uchun “Likvidlilikni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan, risk appetiti limitlarini belgilash jarayonida qo‘llanildi (AT “Xalq bank”ning 2026 yil 23 apreldagi №07-25/11-son ma’lumotnomasi). Bu esa bankning likvidlikni ta’minlash qobiliyatini mustahkamlab, likvid aktivlar sifati va hajmining yaxshilanishiga olib keldi. Natijada 2024 yilda sof barqaror moliyalashtirish me’yoriy koeffisienti 137,3 foizni tashkil qildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu holatiga nisbatan 16,4 % ga o‘sishiga erishildi;
kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligini kuchaytirishga va kiberxavfsizlikni ta’minlashga, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish lozimligi to‘g‘risidagi takliflaridan 2024-yil 20-sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-964-son qonunning 2-moddasi 1-bandini (O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-582 sonli qonuni tahririda) 11-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni) shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2025 yil 20 avgustdagi №3/08-129-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank tizimida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga erishilgan. 
banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kredit xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha 1-darajali kapitalning 5% dan oshmagan miqdordagi kreditlar bank kredit qo‘mitasining qarori asosida berilishi taklifidan “Ipoteka-bank” ATIBning 2023 yil 30 yanvardagi 1-son, 2023-yilga mo‘ljallangan bankning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATIB “Ipoteka-bank”ning 2024 yil 29 avgustdagi 8-6/9190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit portfeli diversifikatsiya darajasi oshgan, shuningdek, 2023 yilida kredit va lizing operatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar 4 615 mlrd so‘mni tashkil etib, korporativ kreditlardan olingan foizli daromadlar 41% (1 897,1 mlrd so‘m) va chakana kreditlardan olingan foizli daromadlar 59% (2 717,9 mlrd so‘m)ni tashkil etdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish