Qodirova Mahzuna Shamshidin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Korreksion masho‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish metodikasi (6-7 yoshli nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar misolida)”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12356 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raxo‘jaev Muhammadaziz Xalilxo‘ja o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Egamberdieva Nigora Azizovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-7-yoshli bolalarning nutqini rivojlantirishda fonlogoritmik mashqlar tizimidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yakka va frontal mashg‘ulotlarning kinestetik ta’siri jadallashuvida ritmik intervalli mashqlarning reabilitatsion integrallatsiyalashuvini personal yo‘nalganlikda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish modeli fonetik vizualizatsiya va harakatli topshiriqlarni psixofiziologik yo‘naltirilgan sensomotor muhitda kinetika va kinestetika uyg‘unligini akademik idrok ustuvorligida ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarda 6-7-yoshli bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalari eshitish, idrok va nutq impulsini ta’minlovchi ritmik mashqlarni ovoz, nafas, diksiya ustida ishlashning individual-metodik bosqichlarida refleksiv artikulyasiya kombinatsiyasida integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish bolalarda mayda va umummotorika ko‘nikmalari, eshituv idrokini intensiv shakllantirishi o‘zbek tili tovushlari tasnifiga, nutqiy apparat holatiga ko‘ra fiziologik differensiallangan topshiriqlarni real hamda imitatsion muhitda adaptiv qo‘llash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
6-7-yoshli bolalarning nutqini rivojlantirishda fonlogoritmik mashqlar tizimidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yakka va frontal mashg‘ulotlarning kinestetik ta’siri jadallashuvida ritmik intervalli mashqlarning reabilitatsion integrallatsiyalashuvini personal yo‘nalganlikda ta’minlashga oid takliflari “Maxsus ta’limning huquqiy va metodologik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-dekabrdagi 5769-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 3256-sonli guvohnoma). Natijada, bolalar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish modeli fonetik vizualizatsiya va harakatli topshiriqlarni psixofiziologik yo‘naltirilgan sensomotor muhitda kinetika va kinestetika uyg‘unligini akademik idrok ustuvorligida ta’minlashga oid takliflari “O‘rta va inklyuziv ta’lim maktablari uchun fanlararo o‘quv resurslarini ishlab chiqish (matematika, texnologiya, ingliz va rus tillari orqali ijtimoiy adolat va ta’limdagi tenglikni ta’minlash)” nomli ilmiy-amaliy loyihaning vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Faro‘ona davlat universitetining 2026-yil 24-apreldagi 04/4445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning nutqini rivojlantirishda fonologoritmik mashqlar tizimidan differensial foydalanish tavsiyalarning ommalashishiga erishilgan.
korreksion mashg‘ulotlarda 6-7-yoshli bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalari eshitish, idrok va nutq impulsini ta’minlovchi ritmik mashqlarni ovoz, nafas, diksiya ustida ishlashning metodik bosqichlarida artikulyasiya kombinatsiyasida integrativ qo‘llashga doir tavsiyalari Toshkent, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublika Tashxis markazining 2026-yil 30-apreldagi 01/10-01-166-son ma’lumotnomasi). Natijada, 6-7-yoshli bolalar nutqini rivojlantirishda fonologoritmik mashqlar tizimidan foydalanish usul va texnologiyalari yakka, frontal mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan va metodik ta’minot takomillashtirilgan.