Kodirova Oltinoy Bektoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10088
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Xaydarova Maxliyo Xabibullaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim mazmunini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy me’yorlarga tizimli muvofiqlashtirish, kasbiy faoliyatini interaktiv va kollaborativ pedagogik faoliyatga transformatsiyalashni kompleks taxlili asosida aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari interaktiv-kollaborativ faoliyatni mustaqil madaniy-ta’limiy loyihalash, refleksiv o‘z-zini rivojlantirish algoritmlariga implementatsiyalash va mustaqil ta’lim traektoriyalari joriy etish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompensiyalarini rivojlantirish modeli ijodiy faoliyatida reflektiv hamda ijtimoiy faol madaniyat mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi komponentlarning transformasion o‘quv konstruksiyasini funksional bog‘lanishlar tuzilmasiga mos aks ettirish, diagnostik monitoringiga kriterial baholashlarni kiritish va natijaviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetensiyalarini rivojlanish samaradorligi kasbiy kontekstdagi maqsadlarni madaniy savodxonlik, ochiq muloqot, tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan shaxsiy sifatlar dinamik intensivligini ta’minlash, faoliyat, natijalar, kasbiy muloqot va tolerantlikka ta’siri darajasini diagnostik monitoringlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasiga asoslanib, faol va kolloborativ o‘quv jarayoniga shaxsiy rivojlanish maqsadlari va xususiyatlarini belgilashga generativ yo‘naltirish va pedogogik madaniyatning to‘rt tarkibiy qismlarini mustaqil ta’lim shakllariga integratsiyalash orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-724 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim mazmunini takomillashtirish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarining bilim darajasini oshirishga erishilgan.
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish mazmuni intersubektiv idrok etishga qaratilgan madaniy savodxonlik, meros va ijtimoiy faollik kategoriyalarini kognitiv dispozisiyaning konservativligiga ko‘ra mustaqil madaniy-ta’limiy loyihalash, refleksiv o‘z-zini rivojlantirish mexanizmlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-724 raqamli nashr ruxsatnomasi). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishni mustaqil madaniy-ta’limiy resurslari loyihalasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompensiyalarini rivojlantirish modeli talabalarning ijodiy faoliyatida reflektiv hamda ijtimoiy faol madaniyat mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi komponentlarning transformatsion o‘quv konstruksiyasining funksional bog‘lanishlar tuzilmasini aks ettirishning diognostik monitoringini tahliliga ko‘ra natijaviylikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-724 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim mazmunini takomillashtirish va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishga o‘rgatish imkoni oshirilgan. Ijodiy faoliyatida reflektiv hamda ijtimoiy faol madaniyat mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi komponentlarning transformatsion o‘quv konstruksiyasini funksional bog‘lanishlar tuzilmasiga mos tarzda aks ettirish ta’lim jarayonining ilmiy asoslangan yondashuvini ifodalaydi.Bu yondashuv shaxsning o‘z faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining umummadaniy kompetensiyalarini rivojlanish samaradorligi madaniy savodxonlik, ochiq muloqot, tashabbuskorlik, hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan shaxsiy sifatlar dinamik intensivligini faoliyat, natijalar, kasbiy muloqot va tolerantlikka ta’siri darajasiga ko‘ra diagnostik prognozlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-724 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv faoliyatida bo‘lajak o‘qituvchining umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishga erishilgan