Suyarov Shaxzod Salim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, “Kimyo sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt6742 .
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Begmullaev Otabek Irisalievich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: texnika  fanlari doktori, professor Iskenderov Axmet Maksetbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Karimova Kamila Daniyarovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnalogiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Navoiyazot” AJ misolida kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini kompleks baholashda ishlab chiqarish, moliyaviy, resurs va innovatsion yo‘nalishlarni integratsiya qilishga asoslangan, iqtisodiy samaradorlikni dinamik va tarmoqlararo taqqoslash imkonini beruvchi ko‘p omilli integral baholash modeli takomillashtirilgan;
“Navoiyazot” AJ misolida kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar (tushum, xarajatlar ulushi, aktivlar aylanishi va aylanma aktivlar aylanishi) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar korrelyasion-regression tahlil asosida aniqlanib, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’sir darajasi miqdoriy jihatdan baholandi hamda ustuvor va cheklovchi omillar tizimlashtirilgan; 
“Navoiyazot” AJda iqtisodiy samaradorlikni oshirishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish, resurslardan foydalanish va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan hamda energiya tejamkorlik, xarajatlarni optimallashtirish va raqamlashtirish elementlarini integratsiyalagan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
kimyo sanoati korxonalarida, xususan “Navoiyazot” AJ ga ning iqtisodiy samaradorligini oshirishni hisobga oluvchi ekonometrik model asosida korxonani rivojlantirishning 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni dinamik baholash va tarmoqlararo taqqoslash imkonini beruvchi, an’anaviy ko‘rsatkichlar (foyda, rentabellik va xarajatlar darajasi) dan tashqari ishlab chiqarish, moliyaviy, resurs va innovatsion ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan ko‘p omilli integral modeli ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. (“Navoiyazot” AJning 2026 yil 19-iyundagi 066-1796-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur modelni qo‘llash natijasida korxona faoliyatini kompleks baholash aniqligi 5–8 foizga oshgan va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda xatolik darajasi qisqargan;
“Navoiyazot” AJ misolida kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar (tushum, xarajatlar ulushi, aktivlar aylanishi, energiya sig‘imi va aylanma aktivlar aylanishi) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar korrelyasion-regression tahlil asosida aniqlanib, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’sir darajasi miqdoriy jihatdan baholandi hamda ustuvor va cheklovchi omillar tizimlashtirilib, amaliyotga joriy etildi (“Navoiyazot” AJning 2026 yil 19-iyundagi 066-1796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ustuvor omillarni aniqlash samaradorligi 2–5 foizga oshdi, samarasiz xarajatlar ulushi esa 3–7 foizga kamaytirilgan;
“Navoiyazot” AJda iqtisodiy samaradorlikni oshirishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish, resurslardan foydalanish va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan hamda energiya tejamkorlik, xarajatlarni optimallashtirish va raqamlashtirish elementlarini integratsiyalagan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi amaliyotga tatbiq etildi (“Navoiyazot” AJning 2026 yil 19-iyundagi 066-1796-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmni qo‘llash natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi 10–14 foizga oshgan, ishlab chiqarish xarajatlari 6–9 foizga kamaydi, hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligi sezilarli darajada yaxshilangan;
kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini prognozlashga qaratilgan ekonometrik model asosida “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi va amaliyotda qo‘llash tavsiya etildi (“Navoiyazot” AJning 2026 yil 19-iyundagi 066-1796-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model strategik rejalashtirishni takomillashtirish va uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish