Sag‘dullaev Otabek Qo‘drat o‘g‘lining 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida moddalarning g‘ovak muhitlarda ko‘chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish”, 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. PhD/FM1339.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Adambaev Uchqunbek Erkinovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ko‘p zonali g‘ovak muhitda emirilish va ko‘p bosqichli adsorbsiya kinetikasini hisobga olgan holda g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishi jarayonining matematik modellarini takomillashtirish va sonli echishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘ovak muhitda modda ko‘chishi jarayoni emirilish, adsorbsiya, diffuziyani hisobga olgan holda modellashtirilgan;
g‘ovak muhitda modda ko‘chishi modeli adsorbsiyalanish jarayonida ko‘p bosqichli kinetikani hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
o‘zgaruvchan gidrodinamik dispersiyani hisobga olgan holda g‘ovak muhitda modda ko‘chishi jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan;
g‘ovak muhitda modda ko‘chishi modeli ikki o‘lchamli hol uchun umumlashtirilgan; 
g‘ovak muhitda modda ko‘chishi masalalarini turli chegaraviy shartlarda echishning samarali sonli algortimlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida moddalarning g‘ovak muhitlarda ko‘chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalar amaliyotda quyidagi yo‘nalishlarda joriy etilgan: 
ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida moddalarning g‘ovak muhitlarda ko‘chishi jarayonlarini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy vositalardan № IL-21071166 raqamli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida g‘ovakli to‘siqlar va chegaraviy qatlamlarda gidroaeredinamik jarayonlarni hamda modda ko‘chishi qonuniyatlarini ifodalovchi nochiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini echishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2025-yil 3-noyabrdagi 1376-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqimning bo‘ylama va ko‘ndalang tezliklari, bosim taqsimoti, turbulentlikning kinetik energiyasini yuqori aniqlikda aniqlash hamda vertikal o‘qli shamol turbinalarining aerodinamik xarakteristikalarini past tezlikdagi shamol oqimlari uchun optimallashtirish imkonini bergan;
ko‘p bosqichli cho‘kish kinetikasi asosida g‘ovak muhitlarda emiriluvchi moddalar ko‘chishi jarayonlarini modellashtirish uchun ishlab chiqilgan sonli algoritmlar va dasturiy majmuadan № IL-5321091543 raqamli “Gaz tarmoqlarining topologik modelini yaratish va simulyasiya qilish” mavzusidagi innovatsion loyihada xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini chekli ayirmalar usulining yuqori tartibli sxemalari yordamida integrallash hamda gaz tarmoqlarining topologik modellarini raqamli realizatsiya qilishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2025-yil 18-dekabrdagi 4465/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab konfiguratsiyali gaz taqsimot tizimlarining topologik va gidrodinamik modellarini yuqori aniqlikda dasturiy realizatsiya qilish hamda hisoblash jarayonlarining dinamik ko‘rsatkichlarini vizuallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish