Babajanov Alimdjan Fazilovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Timsollarni aniqlash nazariyasi muammosini hal qilish uchun obektlarni yoki vaziyatlarni qidirishning korrekt algebraik va diskret modellari” mavzusidagi 01.01.03 – Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/FM223
Ilmiy maslahatchi: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Shakenov Kanat Kojaxmetovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Allakov Ismoil, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshqaruv materialida bir-biriga mos kelmaydigan sinflar bilan korrekt timsollarni tanib olish algoritmlarini ishlab chiqishshning nazariy asoslari, metodologiyasi, algebraik va mantiqiy usullarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholashdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
samarali hisoblash korrekt timsollarni tanib olish algoritmlarini ishlab chiqish uchun boshqaruv materialida bir-biriga mos kelmaydigan sinflar bilan evristik timsollarni tanib olish algoritmlarini yaratishning algoritmik prinsplari ishlab chiqilgan;
qurilgan algoritmlarning korrektligini isbotlash asosida boshqaruv materialida korrekt timsollarni tanib olish algoritmlarini yaratishning algebraik va mantiqiy usullarini yaratish metodologiyasini ishlab chiqilgan;
baholarni hisoblash uchun modelning chiziqli yopilishining to‘liqlik mezoni isbotlangan, korrekt operatorni qurish hamda uning murakkabligi baholangan;
algebraik yondashuv doirasida boshqaruv materialiga korrekt javob beruvchi, teoremalar shaklida isbotlangan tanib oluvchi operatorlarning chiziqli birikmalarining bir nechta variantlari qurilgan;
optimallashtirish jarayoni bo‘lmagan joyda qo‘llash eng oson bo‘lgan tanib oluvchi operatorlarning chiziqli kombinatsiyasi asosida korrekt timsollarni tanib olish algoritmlari qurilgan;
IoT ekologiya tizimida identifikatsiyalash masalalarini hal qilish uchun algoritmik tizim va dasturiy ta’minotni korrekt aniqlash algoritmlari ishlab chiqilgan hamda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarining yakuniy tashxisini o‘rnatishni raqamlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Optimallashtirish jarayonlari mavjud bo‘lmagan joyda joriy etish qulay bo‘lgan timsollarni tanib olish operatorlarining chiziqli kombinatsiyasi asosida korrekt timsollarni tanib olish algoritmlarini ishlab chiqish natijalar asosida:
kollegial diagnostika va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun korreksiyalsh algoritmlari yordamida evristik usullarning aniqligini oshirish masalasini echishda k-qiymatli mantiq funksiyalari bilan algoritmlarni optimal sozlash uchun ishlab chiqilgan algoritmik tizim va dasturiy ta'minot kompleksidan OT-Atex-2018-486” raqamli «Mantiqiy boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini dasturlashtirilgan mantiqiy kontrollerlar va ularni loyihalovchi instrumental CAD mantiqiy tizimi asosida amalga oshirish» amaliy loyihasida timsollarni aniqlashning korrekt algoritmlari algebradagi chiziqli operatorlar kombinasiyasining bir nechta variantlari asosida yaratilgan va tibbiyotda diagnostika va identifikasiya masalalarini samarali echishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi Ilmiy-amaliy tibbiyot markasining 2026 yil 26 yanvardagi №01-07/36 – son ma’lumotnomasi). Natijada, davolash jarayonida ilmiy natijalardan foydalanish diagnostika samaradorligini va aniqligini 8% ga oshirishga imkon bergan;
optimallashtirish jarayonlari mavjud bo‘lmagan joylarga joriy etish eng oson bo‘lgan timsollarni tanib olish operatorlarning chiziqli kombinatsiyasi asosida tuzilgan korrekt timsollarni tanib olish algoritmlaridan FZ-201906117 raqamli «Orol bo‘yi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik vaziyatlar ta’sirini aniqlash monitoringini yuritishning dasturiy ta’minoti» ilmiy loyihasida raqamlashtirishda joriy etilgan o‘n ikki barmoqli ichak oshqozon kasalliklarining aniq tashxisini aniqlash natijasida har bir tibbiy obekt uchun 100 ta belgi (alomatlar)ni 10 ta guruhga bo‘lish asosida tekshirish paytida obektlarni tahlil qilish residiv holatini aniqlashda qo‘llanilgan.. (Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-amaliy tibbiyot markasining 2026 yil 10 fevralgi 124 – son ma’lumotnomasi). Natijada interaktiv rejimda obektlarga tashxis qo‘yish samaradorligi 6% ga oshgan;
optimallashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan ob’ektlarda qo‘llash eng qulay bo‘lgan tanib oluvchi operatorlarning chiziqli kombinatsiyasi asosida korrekt timsollarni tanib olish algoritmlaridan AL-18245120 “Orol mintaqasi misolida IoT qurilmalari tomonidan ishlab chiqarilgan ekologik ma’lumotlar oqimlarini qayta ishlash va himoya qilishning intellektual usullari va texnologiyalari” mavzusidagiilmiy loyihani bajarishda Orol bo‘yi qishloq xo‘jaligi erlarini ekologik vaziyatlar ta’sirini aniqlashda va monitoringi qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026 yil 01 apreldagi 04/11-8892–son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish samaradorligini 7% ga oshirish imkonini bergan.