Akilov Djaxangir Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel sohasidagi nospesifik og‘riqlar klinik-etiopatogenetik strukturasi va davolash taktikasining differensial echimi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib74.
Ilmiy rahbar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: beldagi nospesifik og‘riqlarning klinik-etiopatogenetik tarkibini o‘rganish, differensial davolash taktikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor beldagi surunkali nospesifik og‘riqlari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik-etiopatogenetik xususiyatlariga asoslangan tashxis markerlari aniqlangan;
ilk bor beldagi nospesifik og‘riqlarning sindromologik tarkibi va ushbu kasallik kechishining variantlari aniqlangan;.
nospesifik lyumbalgiyali bemorlarni umumiy reabilitatsion davolashda an’anaviy davolash bilan taqqoslaganda zamonaviy xondroprotektorlar va SARI antidepressant dori vositalarini qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
beldagi surunkali nospesifik og‘riqlari bo‘lgan bemorlarni davolashning differensial yondashuvi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bel sohasidagi nospesifik og‘riqlar klinik-etiopatogenetik strukturasi va differensial davolash echimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bel sohasidagi nospesifik og‘riqlarda differentlangan davolash taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 8n-d/333-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma beldagi nospesifik og‘riqlarda beldagi og‘riqlarga olib keluvchi omillar, xatar omillari, klinik-patogenetik namoyon bo‘lishlarni hisobga olgan holda tashxislash va differensiallashgan davolashga xizmat qilgan;
bel sohasidagi nospesifik og‘riqlar klinik-etiopatogenetik strukturasi va differensial davolashga qaratilgan  tadqiqotning tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan 1-sonli shahar klinik kasalxonasining nevrologiya bo‘limlariga, “Neyrohelp” xususiy tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 8n-z/3-son ma’lumotnomasi). Natijada bel sohasidagi nospesifik og‘riqlar bilan xastalangan bemorlar davolash muddati qisqarishiga, ishga layoqatsizlik davomiyligining kamayishiga va davolanish uchun yangi yondashuvlar orqali nogironlikning oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish