Dilmurodov Xurshidbek Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4537.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Osiyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Nizamov Asletdin Badreddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini aholining barcha kam ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini “yagona reestr”, “Biometrik-ID” va “Ijtimoiy muhtojlikni avtomatlashtirilgan baholash” bo‘yicha raqamlashtirish orqali resurs taqsimotidagi hududiy yondashuvga asoslangan ijtimoiy yordamni manzilli yetkazish taklifi asoslangan;
“Ijtimoiy daftarlar” tizimi amal qilishida ishtirok etuvchi jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etilishi taklifi asoslangan;
ijtimoiy jihatdan muhtojlikni baholash uslubiyoti kambagʼallik darajasining “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga guruhlash orqali ularga toifalaridan kelib chiqib davlat xizmatlaridan foydalanishda 25-75 foizgacha imtiyozlarni qo‘llashga asoslanuvchi hududiy reyting va individual tartibdagi “Scoring” baholash uslubiyoti asosida takomillashtirilgan;
bandlik va faol ijtimoiy himoya dasturlari samaradorligini oshirishda o‘zaro integratsiyalash “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan aholi uchun 50-100 tagacha ish o‘rinlari uchun 50 foiz, 101-200 tagacha – 75 foiz, 200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratilgnligi uchun 100,0 foizlik mol mulk va er soligʼi imtiyozlari taqdim etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini kambag‘al aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlari orqali takomillashtirishning bazaviy, inersion va optimistik ssenariyalariga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini aholining barcha kam ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini “yagona reestr”, “Biometrik-ID” va “Ijtimoiy muhtojlikni avtomatlashtirilgan baholash” bo‘yicha raqamlashtirish orqali resurs taqsimotidagi hududiy yondashuvga asoslangan ijtimoiy yordamni manzilli yetkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi PF-175-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bob 14-maqsad 1-xatboshida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi 2025-yil 17- oktyabr 05-33-11864-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi hisobiga aholini ijtimoiy jihatdan muhtojligini to‘g‘ri baholash orqali ijtimoiy yordam dasturlarining manzilliligini oshirishga erishilgan;
“Ijtimoiy daftarlar” tizimi amal qilishida ishtirok etuvchi jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining 1.a-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi 2025-yil 17- oktyabr 05-33-11864-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi hisobiga mamlaktda ijtimoiy jihatdan muhtojlik chegarasidagi turmush farovonligiga ega bo‘lgan aholi guruhlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi hisobiga aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining qamrov darajasini oshirishga erishilgan;
ijtimoiy jihatdan muhtojlikni baholash uslubiyoti kambagʼallik darajasining “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga guruhlash orqali ularga toifalaridan kelib chiqib davlat xizmatlaridan foydalanishda 25-75 foizgacha imtiyozlarni qo‘llashga asoslanuvchi hududiy reyting va individual tartibdagi “Scoring” baholash uslubiyoti asosida takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining 2-3 bandlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi 2025-yil 17- oktyabr 05-33-11864-sonli ma’lumotnoma, O‘zbekiston respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriligi 2025-yil 26- iyun 01/00-02/09-5899-sonli ma'lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligini oshirishga erishilgan;
bandlik va faol ijtimoiy himoya dasturlari samaradorligini oshirishda o‘zaro integratsiyalash “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan aholi uchun 50-100 tagacha ish o‘rinlari uchun 50 foiz, 101-200 tagacha – 75 foiz, 200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratilgnligi uchun 100,0 foizlik mol mulk va er soligʼi imtiyozlari taqdim etish maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-sonli “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi 3-4 bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi 2025-yil 17- oktyabr 05-33-11864-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi hisobiga ishsizlik holatidagi ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi guruhlari bandligini ta’minlashga erishilgan;
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining iqtisodiy mexanizmini kambag‘al aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlari orqali takomillashtirishning bazaviy, inersion va optimistik ssenariyalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyundagi PF-175-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 5-bandi maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi 2025-yil 17- oktyabr 05-33-11864-sonli ma’lumotnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi hisobiga mamlakatda aholi bandligini rag‘batlantirishda faol ijtimoiy himoyaga ustuvorlik qaratish orqali kambag‘allik darajasini 5,0 foizgacha qisqartirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.