Nishonova Baxora Nishonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning istiqbolli C-6580 navini etishtirish agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqish (Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1307.
Ilmiy rahbar: Karabaev Ikramjon Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida istiqbolli C-6580 g‘o‘za navini parvarishlashda ko‘chat qalinligi, mineral o‘g‘it me’yorlari hamda sug‘orish tartiblarini o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning istiqbolli C-6580 navi uchun nazariy ko‘chat qalinligi 110–120 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65%, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N200P140K100 kg/ga miqdorida qo‘llanganda nazorat variantiga nisbatan tuproqning hajm massasi 0,030 g/sm3 gacha kamayib, g‘ovakligi 1,1 % va donadorligi 0,4 % ortishi, shuningdek suv o‘tkazuvchanligining 40,5 m3/ga ga yaxshilanishi aniqlangan;
g‘o‘zaning istiqbolli C-6580 navi uchun nazariy ko‘chat qalinligi 110–120 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65%, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N200P140K100 kg/ga miqdorida qo‘llash natijasida qo‘shimcha 8,2–12,6 s/ga hosil, 1 sentner hosil uchun sarflangan umumiy suv miqdorining 28,6 m3/ga kamayishi, shuningdek sof foyda 8 mln. so‘m/ga gacha va rentabellik darajasining 33,6% gacha oshishi ta’minlangan;
cug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65–70–60% etib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 110–120 ming tup/ga, mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N250P175K125 kg/ga ga etkazilganda ham tuproqning hajm massasi 0,047 g/sm3 kamayishi, g‘ovakligi 1,3 %, donadorligi va suv o‘tkazuvchanligi 11,9 m3ga ortishi, natijada qo‘shimcha hosil (5,7 s/ga) va rentabellik darajasining 20,2 % oshishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatini o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning istiqbolli “C-6580” navini turli sug‘orish me’yorlarida maqbul ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zani istiqbolli C-6580 navini etishtirish agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish” (Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida) nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-918-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Samarqand viloyatining paxtachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘zaning C-6580 navini 70-75-65% sug‘orish tartibida parvarishlash agrotexnologiyasi Oqdaryo tumani “O‘n TOL S-Sh” f/x da 15 gektar, “MADINABONU” f/x da 15 gektar, IQBOL f/x da 15 gektar paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida jami 45 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12 dekabrdagi 05/04-04-918-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zaning istiqbolli C-6580 navini parvarishlashda nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga ni, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% ni, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga miqdorida qo‘llanilganda umumiy hosildorlik 43,2 s/ga ni, sof foyda 7951,3 ming so‘m/ga ni, rentabellik darajalari 37,1% ni tashkil etgan bo‘lib, nazorat variantlariga nisbatan hosildorlikni 4-5 sentnergacha, rentabellik darajasini esa 13,7% gacha yuqori bo‘lishiga erishilgan;
Ishtixon tumani Umirov Niyadulla xazinasi f/x da 15 gektar, Ilxom dalalari f/x da 10 gektar, PSUEAITI Samarqand ITS da 5 gektar, jami 30 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12 dekabrdagi 05/04-04-918-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% etib belgilanib, nazariy ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga ni, mineral o‘g‘itning yillik me’yorini N200P140K100 kg/ga me’yorida qo‘llanilganda umumiy hosildorlik 34,1 s/ga ni, sof foyda 6150,0 ming so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 29,2 % ni tashkil etib, nazorat variantga nisbatan qo‘shimcha 3,4-4,2 sentnergacha paxta hosili olishga erishilgan.