Djuraboeva Dilafruz Nuritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Krotalariyaning ekish muddatlariga bog‘liq xolda maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish (Zarafshon vohasining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02 – Meliorasiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1311.
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nurullaeva Manzura Shavkatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida krotalariyaning ekish muddatlariga bog‘liq holda sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vohasi o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariyaning maqbul ekish muddatiga bog‘liq xolda sug‘orish tartibi 0-3-1 tizimda, sug‘orishlar soni 4 marta va 2558-2590 m3/ga me’yorlarida ekanligi ishlab chiqilgan;
krotalariyaning rivojlanish davrlari bo‘yicha ekish muddatlariga bog‘liq holda suvga bo‘lgan talabi va 1 s don hosili uchun sarflanadigan umumiy suv miqdori 187-193 m3/ga aniqlangan;
krotalariyani 15-25.04 ekish muddatida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda 0-3-1 tizimda, ya’ni gullash-hosil to‘plash davrida 3 marta va pishish davrida 1 marta, jami 4 marta sug‘orish maqbulligi ilmiy asoslangan;
ekish muddatlari va unga bog‘liq xolda sug‘orish tartiblarida krotalariyaning o‘sishi, rivojlanishi, don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
maqbul ekish muddati va unga bog‘liq xolda maqbul sug‘orish tartibida krotalariyadan 21,5 s/ga don hosili olinib, 1,2-2,1 s/ga qo‘shimcha don hosili olinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining Zarafshon vohasi o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariyani maqbul ekish muddati va unga bog‘liq holda sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida:
“Samarqand viloyatining Zarafshon vohasi o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariyadan mo‘l va sifatli don hosili olishda maqbul ekish muddati va sug‘orish tartiblari” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 9 fevraldagi 05/06-03-61-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma krotalariya ekinini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
krotalariyani 15-25.04 muddatida ekib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70 %da sug‘orish Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “O‘n tol s-sh”, “Madinabonu”, “Iqbol” fermer xo‘jaliklarida don hosili uchun 12,8 gektar, Ishtixon tumani “Suyunov Jo‘ra bobo”, “Ilxom dalalari”, “Xushmurod” “Umirov Niyadulla xazinasi” chorvachilik fermer xo‘jaliklarida don hosili uchun 12,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 9 fevraldagi 05/06-03-61-son ma’lumotnomasi). Natijada krotalariya don hosildorligi 20,4 s/gani, qo‘shimcha don hosili 1,7 s/gani tashkil etgan;
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 9 fevraldagi 05/06-03-61-son ma’lumotnomasi). Natijada, krotalariya don hosildorligi 22,1 s/gani, qo‘shimcha don hosili 2,1 s/gani tashkil etgan. Krotalariyani tavsiya qilingan 15-25.04 muddatida ekib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda olib borilganda, shartli sof foyda 4731 622 so‘mni, rentabellik darajasi 78,6 % ni tashkil etgan.