Babajanova Lola Azadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘kat sabzavot ekinlari (shivit, petrushka, selder)ning zamburug‘lar qo‘zgatadigan kasallikllari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Qx758
Ilmiy rahbar: Sattarova Rano Kadirovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xaytbaeva Nodira Seytjanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Mamedov Normuhammad Mardanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘kat sabzavot ekinlari-shivit, petrushka va selderning zamburug‘li kasalliklari, ularni qo‘zg‘atadigan zamburug‘larning tur tarkibi, kasalliklarning tarqalishi, rivojlanishi, zararini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Respublikamiz sharoitida shivit, petrushka va selderda fitopatogen zamburug‘larning 3 ta filum, 7 ta sinf, 14 ta oila va 17 ta turkumga mansub 24 ta turi aniqlangan hamda sof kulturalari ajratilib identifikatsiya qilingan;
patogen zamburug‘larning ayrim biologik xususiyatlari o‘rganilgan; 
ochiq dala va issiqxonalarda etishtirilayotgan ko‘kat sabzavot ekinlarida zamburug‘li kasalliklarning tarqalishi, rivojlanishi va zarari aniqlangan;
shivit, petrushka va selderning eng keng tarqalgan va xavfli kasalliklariga qarshi kimyoviy va biologik vositalar baholangan;
shivit, petrushka va selderning kasalliklariga qarshi urug‘larini ekishdan oldin Maksim 2,5% sus.k., Fitodok BS26 yoki Orgamika F bilan ishlov berish hamda vegetatsiya davrida uchraydigan alternarioz kasalligiga qarshi Orgamika C, un-shudring kasalligiga qarshi FitoDoktor qo‘llash usullari va me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘kat sabzavot ekinlari (shivit, petrushka, selder)ning zamburug‘lar qo‘zgatadigan kasallikllari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Ko‘kat sabzavot ekinlari (shivit, petrushka, selder)ning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-04-743-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan hozirgi kunda tomorqa er egalari va dehqon-fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
ko‘kat sabzavot ekinlarining un-shudring kasalligiga qarshi biopreparatlardan FitoDoktor 1,5 l/ga va 2,0 l/ga hamda Psevdobakterin-3 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash “Erkin Muruvvat” f/xning 1,0 gektar ochiq dala hamda “Abduqodir Abduvahob Mirishkor” MChJga qarashli 2,0 gektar issiqxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-04-743-son ma’lumotnomasi). Natijada, FitoDoktor bilan 2,0 l/ga me’yorda eng yuqori biologik samaradorlik qayd qilingan. Bunda, “Erkin Muruvvat” f/xda shivitda – 78,1%, petrushkada – 81,7% va selderda – 80,8% samaradorlikka erishilgan, “Abduqodir Abduvahob Mirishkor” MChJda shivitda – 78,8%, petrushkada – 75,4%, selderda – 80,0% biologik samaradorlikka erishilgan;
ko‘kat sabzavot ekinlarining qorason va fuzarioz ildiz chirish kasalliklariga qarshi biopreparatlardan Fitodok BS26 1,5 l/ga hamda 2,0 l/ga va Orgamika F ning 2,0 ml/kg me’yorida qo‘llash “Yangiyo‘l Agro Biznes” f/x ning jami 1,0 gektar va “Nurimov Musa Ota” MChJ ga qarashli 2,0 gektar issiqxonada joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-04-743-son ma’lumotnomasi). Natijada Fitodok BS26 biofungisidi 2,0 l/ga me’yorda eng yuqori biologik va iqtisodiy samaradorlikni namoyon qilgan. Bunda, “Yangiyo‘l Agro Biznes” f/xda shivitda – 80,0%, petrushkada – 79,2% hamda selderda – 80,9% biologik samaradorlikka erishilgan. Shivitda hosildorlik 26,3 s/ga, sof foyda 28 500 000 so‘m/ga, nazoratga nisbatan iqtisodiy samaradorlik gektariga 8 700 000 so‘mni hamda rentabellik 43,9%ni tashkil etgan. “Nurimov Musa Ota” MChJ da petrushkada – 76,6%, selderda – 78,0% qayd qilingan. Shivitda 5,0 s/ga hosil saqlab qolingan;
ko‘kat sabzavot ekinlarining fuzarioz kasalligiga qarshi ekishdan oldin urug‘dorilagich Maksim 2,5% sus.k. 0,02, 0,04 va 0,06 l/kg hamda Vitavaks 200, 75% n.kuk. 0,10 g/kg me’yorida qo‘llash  “Niyozboshlik Orif Fayz” f/x ning 1,0 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-04-743-son ma’lumotnomasi). Natijada Maksim 2,5% sus.k. 0,06 l/kg me’yorda qo‘llanilganda eng yuqori biologik va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bunda, shivitda biologik samaradorlik – 88,7%, petrushkada – 87,2%, selderda – 86,7%ni tashkil etgan. Shivitda hosildorlik 32,4 s/ga, sof foyda 36 700 000 so‘m/ga, iqtisodiy samaradorlik gektariga 12 500 000 so‘mni, rentabellik esa 51,7%ni tashkil etgan;
ko‘kat sabzavot ekinlarining alternarioz kasalligiga qarshi vegetatsiya davrida biofungisidlardan Orgamika S ikki xil, 1,5 l/ga va 2,0 l/ga hamda Sporagin s.e.k. 2,0 l/ga me’yorda Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-ilmiy tajriba bo‘limiga qarashli jami 0,5 gektar ochiq dalasida hamda “Navro‘z Obidjon Sobitjon” f/x ning 1,0 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-04-743-son ma’lumotnomasi). Orgamika C 2,0 l/ga me’yorda qo‘llash natijasida eng yuqori biologik samaradorlikka erishilgan. Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida shivitda - 70,6%, petrushkada - 70,8%, selderda - 71,4%ni tashkil etgan, “Navro‘z Obidjon Sobitjon” f/xda esa shivitda - 71,6%, petrushkada - 71,4%, selderda - 72,2% biologik samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish