Ro‘zmanov Abdullo Norboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin sifatida kungaboqarni (Helianthus annuus L.) ekish muddatlari va oziqlantirish me’yorlarining hosildorlik hamda moydorligiga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx.1120
Ilmiy rahbar: Xaydarov Bekmurod Do‘siyarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Baxrom Muzaparovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Allanazarova Luiza Reipnazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlaridan mo‘l va moydorligi yuqori urug‘ hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va oziqlantirish me’yorini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlarini etishtirishda urug‘larning dala unuvchanligi (91,2%) va amal davri oxirida ko‘chat soni saqlanuvchanligi (96,4-96,6%) yuqori bo‘lishini, o‘simlikning faol o‘sish-rivojlanishi hamda yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlovchi maqbul ekish muddati (15-20 iyun) va oziqlantirish me’yori (N120P100K60 kg/ga) ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlarini erta ekish (15-20-iyun) muddatida ekib, N120P100K60 kg/ga me’yorda oziqlantirilganda o‘rta (25-30 iyun) va kech (5-10 iyul) ekish muddatlariga nisbatan o‘simlik bo‘yi 10,0-10,4 va 24,4-24,9 sm.ga, barg sathi 2,7-3,7 va 7,2-8,5 ming m2/ga.ga, quruq massa 4,9-8,2 va 11,7-21,1 s/ga.ga va fotosintetik imkoniyat 0,2-0,4 va 0,4-0,7 mln.m2 kun/ga ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlarini etishtirishda maqbul ekish muddati (15-20 iyun) va oziqlantirish me’yori (N120P100K60 kg/ga ) qo‘llanilganda navlar bo‘yicha bitta savatdagi urug‘ soni va vazni mos ravishda 620,9-622,3 dona va 54,6-55,9 g.ni, 1000 dona urug‘ vazni 62,8-85,2 g.ni tashkil etishi hisobiga gektaridan olinadigan hosildorlik yuqori (27,1-27,9 s/ga) bo‘lishi, ekish muddatlari kechikishi bilan ko‘rsatkichlar ham pasayib borishi, N140P120K60 o‘g‘it me’yori qo‘llanilgan variantda urug‘dagi moy miqdori eng yuqori (49,0-48,9%) bo‘lishiga qaramay maydon birligi (gektar) hisobiga olingan moy miqdori N120P100K60 kg/ga me’yorda o‘g‘it qo‘llanilgan variantdan kam bo‘lganligi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlarini etishtirishda eng yuqori rentabellik darajasi urug‘larni erta (15-20-iyun) muddatda ekib, mineral o‘g‘itlar N120P100K60 kg/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda (145,2-148,9%) kuzatilib, o‘rta (25-30 iyun) va kech (5-10 iyul) ekish muddatlaridagi eng yuqori rentabellik darajasiga nisbatan mos ravishda 16,6-19,4 va 44,1-35,5 foiz punktga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takroriy ekin sifatida kungaboqarni (Helianthus annuus L.) ekish muddatlari va oziqlantirish me’yorlarining hosildorlik hamda moydorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Takroriy ekin sifatida kungaboqarning urug‘ hosili va sifatiga ekish muddatlari hamda oziqlantirish me’yorlarining ta’siri” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/05-03-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda viloyat fermer xo‘jaliklarida takroriy ekin sifatida kungaboqar navlaridan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda muhim amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
takroriy ekin sifatida kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” va navlarini maqbul ekish muddatida (15-20 iyun) ekib, N120P100K60 kg/ga me’yorda oziqlantirish qo‘llashga oid agrotadbirlar Qarshi tumanidagi “Shaxzodbek Asl Dalasi” fermer xo‘jaligida 5 gektar, “Diyorbek Azim Hamkor” fermer xo‘jaligida 4 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/05-03-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur agrotadbirlar qo‘llab etishtirilgan kungaboqar navlaridan an’anaviy oziqlantirish me’yoriga (N100P50K60) nisbatan 11,9-13,1 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi 116,5-110,5 foizni tashkil etgan;
kungaboqar navlarini takroriy ekin sifatida maqbul ekish muddati va oziqlantirish me’yoriga asoslangan etishtirish texnologiyasi Qarshi tumanidagi “Sayfiev Ismoil Abdievich” fermer xo‘jaligida 7 gektar va “Jo‘raev Sherali” fermer xo‘jaligida 6 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/05-03-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, erta muddatda (15-20 iyun) ekib, N120P100K60 kg/ga me’yorda oziqlantirilgan kungaboqarning “Diyor” va “Jahongir” navlaridan o‘rta (25-30 iyun) va kech (5-10 iyul) ekish muddatlariga nisbatan 1,9-5,1 va 2,3-4,1 s/ga qo‘shimcha hosil olishga va 120,2-123,4 foiz rentabellikka erishilgan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida kungaboqarning “Jahongir” navini erta (15-20 iyun) muddatda ekib, N120P100K60 kg/ga me’yorda oziqlantirish texnologiyasi Qarshi tumanidagi “Mardon Asror Asilbek” fermer xo‘jaligida 6 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/05-03-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur oziqlantirish me’yori qo‘llab etishtirilgan “Jahongir” navidan an’anaviy oziqlantirish me’yoriga (N100P50K60) nisbatan olingan qo‘shimcha hosildorlik 12,1 s/ga.ni, rentabellik darajasi 112,8 foizni tashkil etgan.