Muxtarova Mohinur Sultonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar yordamida fermer xo‘jaliklari erlaridan foydalanishni tashkil etish”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va yer monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1941
Ilmiy rahbar: Sharopov Ramziddin Najmiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Atakulov To‘xtamurod Umarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Narbaev Sharofatdin KenGEShovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklari erlaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar asosida samarali tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarining foydalanadigan erlari so‘nggi 20 yillikdagi o‘zgarishi tahlil qilinib, unga ta’sir qiluvchi omillar tumanlar kesimida qiyosiy baholangan va tabiiy-ekologik omillarning ta’siri yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
lazerli tekislash loyiha xaritasini tuzish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-xo‘jalik hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati asoslangan;
fermer xo‘jaliklari g‘o‘za ekilgan dala maydonlarida DJI PHANTOM 4 PRO+ markali dron yordamida to‘rt bosqichli monitoring olib borishda har bir bosqich bo‘yicha eng optimal parvoz balandliklari aniqlangan;
fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik ekinlari agrotexnologiyasini to‘g‘ri tashkil etish, dronlardan foydalanishni joriy etish maqsadida “Java” tilida Digital farm android dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar yordamida fermer xo‘jaliklari erlaridan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida olingan ilmiy natijalar:
«Raqamli texnologiyalar yordamida fermer xo‘jaliklari erlaridan foydalanishni tashkil etish» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-506-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qarshi tumanidagi mavjud fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za ekilgan dala maydonlarini dronlar yordamida nazorat olib borish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Cho‘li ota massividagi Fermer xo‘jaligi erlarini lazerli uskuna yordamida tekislash loyiha xaritasi 1:10 000 masshtabda elektron raqamli xaritasi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-506-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududni kartografik jihatdan tahlil qilish, istiqbolda er tuzish loyihalarini amalga oshirish, fermer xo‘jaliklarining erlaridan foydalanishda tashkiliy-xo‘jalik hamda iqtisodiy samaradorlikka erishishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Cho‘li ota massividagi fermer xo‘jaliklari g‘o‘za dala maydonlarida DJI PHANTOM 4 PRO+ droni yordamida to‘rt bosqichli monitoring kuzatuv ishlari olib borilgan va dronlarni eng optimal parvoz balandligi aniqlangan va amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-506-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za ekilgan maydonlarda amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarning konturlar bo‘yicha asl holati yuqori aniqlikdagi aerosurat va elektron ortofotoplanlar yordamida aniqlangan va har bir tadbir bo‘yicha elektron baza yaratilgan, Agisoft Metashape dasturida fermer xo‘jaligi erlarining g‘o‘za ekilgan dala maydonlarining elektron raqamli ortofotoplanlari yaratilgan va bu asosida g‘o‘za ekilgan dala maydonlaridagi muammoli o‘zgarishlarni erta aniqlash va unga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Fermer xo‘jaliklarining erlaridan foydalanishni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda er maydoni ustidan umumiy nazorat, yuqori darajadagi aniqlik, erlardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnologiyasini tashkil etish maqsadida «DIGITAL FARM» nomli mobil ilova yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 202407723. 14.06.2024) (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-506-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur mobil ilova orqali fermer xo‘jaliklarida zarur bo‘lgan dron xizmatlaridan foydalanish, ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning agrotexnikasi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan.