Djuraeva Kamola Stanislavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshdagi ayollarda brusellyoz kasalligining ayrim klinik va immunologik jihatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib1689.
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Mirzajanova Donoxon Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Burgasova Ol`ga Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respub`likasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollarda brusellyozning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolash-reabilitatsiya yondashuvlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fertil yoshdagi ayollarda brusellyozning epidemiologik va klinik kechish xususiyatlari kompleks baholanib, kasallikning o‘tkir va surunkali shakllarida tayanch-harakat hamda reproduktiv tizim zararlanishining o‘ziga xos klinik-laborator belgilari aniqlangan;
ilk bor fertil yoshdagi ayollarda o‘tkir va surunkali brusellyozda tayanch-harakat tizimi zararlanishi hamda reproduktiv buzilishlarning birgalikda rivojlanishi hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=0,69; p<0,001) asoslangan;
fertil yoshdagi ayollarda surunkali brusellyozning immunopatogenetik modeli ishlab chiqilib, bemorlarning 68,7% da hujayraviy va gumoral immun ko‘rsatkichlaridagi disbalans kasallikning surunkali shaklga o‘tish xavfini baholashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha diagnostik mezon ekanligi asoslangan;
o‘tkir va surunkali brusellyoz bilak kasallangan fertil yoshdagi ayollarni davolash va reabilitatsiyasiga meglyumin akridonatsetat, vitamin E, radon vannalaridan kompleks qo‘llash orqali takomilashtirilgan va uning klinik-immunologik ko‘rsatkichlar dinamikasi hamda hayot sifatini yaxshilashdagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Olingan ilmiy ma’lumotlar asosida fertil yoshdagi ayollarda o‘tkir va surunkali brusellyozning klinik-laborator, immunologik hamda psixosotsial xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek takomillashtirilgan davolash-reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari amaliyotga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda brusellyozning epidemiologik va klinik kechish xususiyatlari kompleks baholanib, kasallikning o‘tkir va surunkali shakllarida tayanch-harakat hamda reproduktiv tizim zararlanishining o‘ziga xos klinik-laborator belgilari aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar «Kliniko-immunologicheskie osobennosti techeniya bruselleza u jenshhin fertil`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialiga 2025-yil 19-aprel`dagi 20-T-sonli buyrug‘i asosida va Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025-yil 15 aprel`dagi 14-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Fertil yoshdagi ayollarda brusellyozning epidemiologik va klinik kechish xususiyatlarining kompleks baholanishi kasallikning o‘tkir va surunkali shakllarini erta aniqlash, tayanch-harakat hamda reproduktiv tizim zararlanishini o‘z vaqtida tashxislash imkonini beradi. Bu esa reproduktiv salomatlikni saqlash, asoratlar va nogironlik xavfini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda aholining mehnat faolligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Brusellyozning o‘tkir va surunkali shakllarini erta tashxislash hamda klinik kechish xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash asoratlar va kasallikning surunkalashish holatlarini kamaytiradi. Natijada statsionar davolanish muddati, qayta gospitalizatsiyalar soni va diagnostika-davolash bilan bog‘liq xarajatlar qisqaradi, mehnatga layoqatsizlik kunlari kamayadi hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati oshadi. Xulosa: Tadqiqot natijalari fertil yoshdagi ayollar reproduktiv salomatlikni saqlash, hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va residivlar chastotasini kamaytirish, mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlash bilan birga, statsionar davolanish muddati, qayta murojaatlar va tibbiy xizmat xarajatlarini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor fertil yoshdagi ayollarda o‘tkir va surunkali brusellyozda tayanch-harakat tizimi zararlanishi hamda reproduktiv buzilishlarning birgalikda rivojlanishi hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=0,69; p<0,001) asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar «Kliniko-immunologicheskie osobennosti techeniya bruselleza u jenshhin fertil`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialiga 2025-yil 19-aprel`dagi 20-T-sonli buyrug‘i asosida va Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025-yil 15 aprel`dagi 14-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Fertil yoshdagi ayollarda o‘tkir va surunkali brusellyozda tayanch-harakat tizimi zararlanishi hamda reproduktiv buzilishlarning hayot sifati bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash kasallikni erta baholash, yuqori xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va maqsadli reabilitatsiya choralarini qo‘llash imkonini beradi. Bu reproduktiv salomatlikni saqlash, kasallikning surunkalashishi va asoratlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Tayanch-harakat tizimi va reproduktiv buzilishlarning hayot sifatiga ta’sirini baholash asosida bemorlarni differensial yuritish tibbiy yordamni maqbul rejalashtirish imkonini yaratadi. Bu ortiqcha tashxisiy tekshiruvlar va samarasiz davolash usullarini qisqartirish, kasalxonada yotish muddati va qayta murojaatlar sonini kamaytirish, mehnatga vaqtincha layoqatsizlik kunlarini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Xulosa: Tadqiqot natijalari fertil yoshdagi ayollar reproduktiv salomatlikni saqlash, hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va residivlar chastotasini kamaytirish, mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlash bilan birga, statsionar davolanish muddati, qayta murojaatlar va tibbiy xizmat xarajatlarini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda surunkali brusellyozning immunopatogenetik modeli ishlab chiqilib, bemorlarning 68,7% da hujayraviy va gumoral immun ko‘rsatkichlaridagi disbalans kasallikning surunkali shaklga o‘tish xavfini baholashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha diagnostik mezon ekanligi asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar «Kliniko-immunologicheskie osobennosti techeniya bruselleza u jenshhin fertil`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialiga 2025-yil 19-aprel`dagi 20-T-sonli buyrug‘i asosida va Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025-yil 15 aprel`dagi 14-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Fertil yoshdagi ayollarda surunkali brusellyozning immunopatogenetik modelini ishlab chiqish hamda bemorlarning 68,7% da hujayraviy va gumoral immunitet disbalansini surunkalashish xavfining qo‘shimcha diagnostik mezoni sifatida asoslash kasallikni erta aniqlash, yuqori xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida saralash va shaxsiylashtirilgan davolash-reabilitatsiya choralarini qo‘llash imkonini beradi. Bu reproduktiv salomatlikni saqlash, kasallik asoratlari va nogironlik xavfini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati hamda mehnat va ijtimoiy faolligini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Immunopatogenetik modelga asoslangan qo‘shimcha diagnostik mezonlarni amaliyotga joriy etish surunkali brusellyozni erta prognoz qilish va bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha differensial yuritish imkonini yaratadi. Bu samarasiz davolash kurslari, kasallikning qaytalanishi va uzoq muddatli davolanish holatlarini kamaytirish, statsionar davolash va qayta gospitalizatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish, mehnatga vaqtincha layoqatsizlik kunlarini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: Tadqiqot natijalari fertil yoshdagi ayollar reproduktiv salomatlikni saqlash, hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va residivlar chastotasini kamaytirish, mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlash bilan birga, statsionar davolanish muddati, qayta murojaatlar va tibbiy xizmat xarajatlarini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir va surunkali brusellyoz bilak kasallangan fertil yoshdagi ayollarni davolash va reabilitatsiyasiga meglyumin akridonatsetat, vitamin E, radon vannalaridan kompleks qo‘llash orqali takomilashtirilgan va uning klinik-immunologik ko‘rsatkichlar dinamikasi hamda hayot sifatini yaxshilashdagi samaradorligi isbotlangan. Bu bo‘yicha takliflar «Kliniko-immunologicheskie osobennosti techeniya bruselleza u jenshhin fertil`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialiga 2025-yil 19-aprel`dagi 20-T-sonli buyrug‘i asosida va Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2025-yil 15 aprel`dagi 14-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir va surunkali brusellyozli ayollarda meglyumin akridonatsetat, E vitamini va radon vannalarini kompleks qo‘llashga asoslangan reabilitatsiya dasturining joriy etilishi klinik va immunologik holatning tezroq tiklanishi, hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi hamda reproduktiv salomatlikni saqlashga xizmat qiladi. Bu bemorlarning jamiyatga va mehnat faoliyatiga tezroq qaytishi, kasallik asoratlari hamda surunkalashish xavfini kamaytirish orqali aholi salomatligini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: Takomillashtirilgan kompleks reabilitatsiya dasturini amaliyotga tatbiq etish klinik sog‘ayish muddatini qisqartirish, immunologik ko‘rsatkichlarning barqarorlashuvini tezlashtirish va bemorlarning mehnat qobiliyatini ertaroq tiklash imkonini beradi. Natijada statsionarda davolanish muddati, qayta murojaatlar va qo‘shimcha davolash xarajatlari kamayadi, sog‘liqni saqlash muassasalari resurslaridan samarali foydalanish hamda tibbiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish ta’minlanadi. Xulosa: Tadqiqot natijalari fertil yoshdagi ayollar reproduktiv salomatlikni saqlash, hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va residivlar chastotasini kamaytirish, mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlash bilan birga, statsionar davolanish muddati, qayta murojaatlar va tibbiy xizmat xarajatlarini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.