Yo‘ldoshev Yorqinjon Ismoiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning jihatlari” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6214.
Ilmiy rahbar: Axmadjonova Gulnoza Murodovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Yulduz Alpisovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jumanov Ziyodillo Eshmatovich, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalar serebral falajligida bosh miyaning anatomotopografik sohalarida rivojlanadigan morfologik, morfometrik va ultrastruktur o‘zgarishlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy raqamli morfometriya usullari yordamidan foydalangan xolda bolalar serebral falajining (BSF) shakllarida bosh miya po‘stlog‘i qavatlarining qalinligi, neyrositlar zichligi hamda hujayralararo masofalarning qiyosiy ko‘rsatkichlari ilk bor kompleks ravishda aniqlanib, BSFning giperkinetik va spastik shakllarida po‘stloqning III va V qavatlarida neyronlar sonining kamayishi hamda hujayralararo masofaning patologik kengayishi morfometrik jihatdan asoslangan;
ilk bor GFAP immunogistokimyoviy ekspressiya asosida BSFning faqatgina spastik diplegik va atonik-astatik shakllarida reaktiv astrogliozning ustuvorligi aniqlanib, klinik shakllar bo‘yicha GFAP ekspressiyasi darajalari o‘rtasidagi tafovutlarning statistik jihatdan ishonchliligi belgilangan (χ²=13,26; p=0,039) bo‘lib, spastik diplegik shaklda diffuz astroglial proliferasiya, atonik-astatik shaklda esa miyacha gliozi va Purkinje qavati atrofidagi astroglial reaksiyaning kuchayishi isbotlangan;
ilk bor BSFning ataksik shaklida miyacha po‘stlog‘ida Purkine hujayralari zichligining kamayishi, glial proliferasiya hamda sinaptik apparat dezorganizasiyasining ustuvorligi aniqlanib, koordinasion buzilishlarning morfologik asoslari kompleks immunomorfologik va morfometrik mezonlar asosida isbotlangan;
MBP (Melin Basic Protein) ekspressiyasining pasayishi periventrikulyar oq modda destruksiyasi va demielinizasiya jarayonlari bilan patogenetik jihatdan bog‘liqligi ilmiy asoslanib, MBP ekspressiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha BSF klinik shakllari orasida statistik jihatdan ishonchli tafovutlar (χ²=14,27; p=0,027), ayniqsa spastik diplegik va gemiplegik shakllarda oq modda destruksiyasi, mielin fragmentasiyasi va surunkali gipoksik-ishemik degenerativ o‘zgarishlarning ustuvorligi morfologik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik ilk bor zamonaviy raqamli morfometriya usullari yordamidan foydalangan xolda bolalar serebral falajining (BSF) shakllarida bosh miya po‘stlog‘i qavatlarining qalinligi, neyrositlar zichligi hamda hujayralararo masofalarning qiyosiy ko‘rsatkichlari ilk bor kompleks ravishda aniqlanib, BSFning giperkinetik va spastik shakllarida po‘stloqning III va V qavatlarida neyronlar sonining kamayishi hamda hujayralararo masofaning patologik kengayishi morfometrik jihatdan asoslangan. Takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 03 mayda 01-02/u-t-53-son bilan tasdiqlangan «Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi 05.05.2025 yildagi 012-25 “I”-son hamda Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi 12.05.2025 kuni 042-“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: bolalarda BSFning turli shakllarini erta aniqlash va klinik-anamnestik ma’lumotlar asosida individual reabilitasiya dasturlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu bolalarning ta’lim jarayoniga moslashuvini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: BSFni morfologik va klinik-anamnestik ma’lumotlar asosida erta aniqlash orqali stasionar davolashga sarflanadigan 591000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi. Xulosa: taklif etilgan usulni tadqiqot ko‘lamida (n=20) amaliyotga joriy qilish natijasida umumiy 11820000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu asoratlarni oldindan prognoz qilish va to‘g‘ri terapevtik taktikani tanlash orqali ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor GFAP immunogistokimyoviy ekspressiya asosida BSFning faqatgina spastik diplegik va atonik-astatik shakllarida reaktiv astrogliozning ustuvorligi aniqlanib, klinik shakllar bo‘yicha GFAP ekspressiyasi darajalari o‘rtasidagi tafovutlarning statistik jihatdan ishonchliligi belgilangan (χ²=13,26; p=0,039) bo‘lib, spastik diplegik shaklda diffuz astroglial proliferasiya, atonik-astatik shaklda esa miyacha gliozi va Purkinje qavati atrofidagi astroglial reaksiyaning kuchayishi isbotlangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 03 mayda 01-02/u-t-53-son bilan tasdiqlangan «Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi 05.05.2025 yildagi 012-25 “I”-son hamda Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi 12.05.2025 kuni 042-“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: spastik diplegiya formasiga xos morfologik markerlarni aniqlash orqali bolalarda harakat funksiyalarini erta baholash va individual reabilitasiya dasturlarini tuzish imkoniyati yaratildi. Bu bolalarning kundalik hayotga moslashuvini va ijtimoiy integrasiyasini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik markerlar asosida spastik diplegiyani erta aniqlash uchun bir nafar bemorda kompleks qo‘llash uchun sarflanadigan 1650000 so‘m mablag‘iqtisod qilinishiga erishilgan. Amaliyotga joriy qilish natijasida tadqiqot ko‘lamida (n=20) umumiy 94400000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu orqali asoratlarni oldindan prognoz qilish va to‘g‘ri terapevtik taktikani tanlash orqali ortiqcha xarajatlar kamayadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor BSFning ataksik shaklida miyacha po‘stlog‘ida Purkine hujayralari zichligining kamayishi, glial proliferasiya hamda sinaptik apparat dezorganizasiyasining ustuvorligi aniqlanib, koordinasion buzilishlarning morfologik asoslari kompleks immunomorfologik va morfometrik mezonlar asosida isbotlangan. Olingan natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 03 mayda 01-02/u-t-53-son bilan tasdiqlangan «Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi 05.05.2025 yildagi 012-25 “I”-son hamda Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi 12.05.2025 kuni 042-“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: gemiplegiya formasiga xos morfologik markerlarni aniqlash orqali bolalarda harakat va kognitiv funksiyalarni erta baholash, individual reabilitasiya va terapevtik dasturlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu bolalarning kundalik hayotga moslashuvini va ijtimoiy integrasiyasini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik markerlar asosida gemiplegiya formasini erta aniqlash orqali stasionar davolashga sarflanadigan 1 kunlik statsionar davolanish xarajati 650000 so‘mni tashkil etishi aniqlanib, taklif etilgan usulni qo‘llash orqali shifoxonada bo‘lish muddatini 3 kunga qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 2760000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan. Xulosa: taklif etilgan morfologik baholash usulini amaliyotga joriy qilish natijasida tadqiqot ko‘lamida (n=20) umumiy 55200000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu orqali asoratlarni oldindan prognoz qilish va to‘g‘ri terapevtik taktikani tanlash orqali ortiqcha xarajatlar kamayadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MBP (Melin Basic Protein) ekspressiyasining pasayishi periventrikulyar oq modda destruksiyasi va demielinizasiya jarayonlari bilan patogenetik jihatdan bog‘liqligi ilmiy asoslanib, MBP ekspressiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha BSF klinik shakllari orasida statistik jihatdan ishonchli tafovutlar (χ²=14,27; p=0,027), ayniqsa spastik diplegik va gemiplegik shakllarda oq modda destruksiyasi, mielin fragmentasiyasi va surunkali gipoksik-ishemik degenerativ o‘zgarishlarning ustuvorligi morfologik jihatdan aniqlangan. Olingan natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 03 mayda 01-02/u-t-53-son bilan tasdiqlangan «Bolalar serebral falajligi formalarida bosh miyada rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi 05.05.2025 yildagi 012-25 “I”-son hamda Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi 12.05.2025 kuni 042-“I”-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: diskineziya formasiga xos morfologik markerlarni aniqlash orqali bolalarda harakat va sensor funksiyalarni erta baholash, individual reabilitasiya va terapevtik dasturlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu bolalarning kundalik hayotga moslashuvini va ijtimoiy integrasiyasini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: morfologik markerlar asosida diskineziya formasini erta aniqlash orqali stasionar davolashga sarflanadigan bir nafar bemor uchun dori vositalariga sarflanadigan xarajat 650000 so‘mni tashkil etishi aniqlanib, 1 nafar bemor uchun 141400 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkoni yaratilgan. Xulosa: taklif etilgan usulni amaliyotga joriy qilish natijasida tadqiqot ko‘lamida (n=20) umumiy 2828000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilga.. Bu orqali asoratlarni oldindan prognoz qilish va to‘g‘ri terapevtik taktikani tanlash orqali ortiqcha xarajatlar kamayadi.