Umarov Farhodjon Ilxomovichning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilar bilan yo‘lharakati xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etishning pedagogikmexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10701
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: 
Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor., Aslonova Orzigul Pirimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarbiya darslarida yo‘l harakati xavfsizligidan profilaktik tadbilarni tashkil etish metodikasini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shartlari va metodikasini ishlab chiqish va asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarbiya darslarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbilarni tashkil etish muammosiga oid ilmiy adabiyotlar va amaldagi meyoriy hujjatlarni kompleks nazariy tahlil qilish asosida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid tushunchalarining mohiyati “huquqiy madaniyat”, “huquqiy ta’lim” kategoriyalari bilan integrativ aloqadorligiga ko‘ra metodologik jihatdan aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlar bilan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni tashkil etishning pedagogik mexanizmlari kompetensiyaviy, aksiologik va funksional yondashuvlar asosida o‘quvchilarda yo‘l harakati xavfsizligiga oid huquqiy madaniyat, xavfsiz hayotiy faoliyat ko‘nikmalari hamda mas’uliyatli ijtimoiy xulqni rivojlantirish mezonlariga ko‘ra konseptual jihatdan aniqlashtirilgan;
ta’lim muassasalari va ichki ishlar bo‘limining yo‘l harakati xavfsizligiga doir hamkorligini amalga oshirishning pedagogik modeli tarbiyaviy-profilaktik jarayonga integrativ hamkorlik texnologiyalari, raqamli monitoring hamda ijtimoiy-pedagogik profilaktika mexanizmlarini tatbiq etish asosida tarkibiy-funksional yo‘nalishlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  yo‘l harakati xavfsizligiga doir profilaktik tadbirlarni tashkil etish metodikasi kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini tarbiyaviy-pedagogik jarayonga interaktiv texnologiyalar, vaziyatli masalalar, profilaktik treninglarni tatbiq etish asosida o‘quvchilarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalari, huquqiy madaniyat hamda mas’uliyatli ijtimoiy xulqni shakllantirish mezonlariga muvofiq ravishda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
“Tarbiya” darslarida yo‘l harakati xavfsizligiga doir profilaktik tadbirlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarbiya darslarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbilarni tashkil etish muammosiga oid ilmiy adabiyotlar va amaldagi meyoriy hujjatlarni kompleks nazariy tahlil qilish asosida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid tushunchalarining mohiyati “huquqiy madaniyat”, “huquqiy ta’lim” kategoriyalari bilan integrativ aloqadorligiga ko‘ra metodologik jihatdan aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpo‘latov tomonidan 2026-yil 13-mayda berilgan 04/4821-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarga yo‘l harakat xavfsizligiga doir tushunchalarni shakllantirish jarayonining metodik ta’minoti takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlar bilan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni tashkil etishning pedagogik mexanizmlari kompetensiyaviy, aksiologik va funksional yondashuvlar asosida o‘quvchilarda yo‘l harakati xavfsizligiga oid huquqiy madaniyat, xavfsiz hayotiy faoliyat ko‘nikmalari hamda mas’uliyatli ijtimoiy xulqni rivojlantirish mezonlariga ko‘ra konseptual jihatdan aniqlashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2020 yilda bajarilgan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan 2024 yil 29 mayda berilgan 03/1547 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini yo‘l harakat xavfsizligini o‘qitishga tayyorlash jarayoni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
ta’lim muassasalari va ichki ishlar bo‘limining yo‘l harakati xavfsizligiga doir hamkorligini amalga oshirishning pedagogik modeli tarbiyaviy-profilaktik jarayonga integrativ hamkorlik texnologiyalari, raqamli monitoring hamda ijtimoiy-pedagogik profilaktika mexanizmlarini tatbiq etish asosida tarkibiy-funksional yo‘nalishlariga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55099-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarga Tarbiya fani doirasida yo‘l harakati xavfsizligini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  yo‘l harakati xavfsizligiga doir profilaktik tadbirlarni tashkil etish metodikasi kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini tarbiyaviy-pedagogik jarayonga interaktiv texnologiyalar, vaziyatli masalalar, profilaktik treninglarni tatbiq etish asosida o‘quvchilarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalari, huquqiy madaniyat hamda mas’uliyatli ijtimoiy xulqni shakllantirish mezonlariga muvofiq ravishda takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpo‘latov tomonidan 2026-yil 13-mayda berilgan 04/4821-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda Tarbiya fani o‘quvchilarda harakat xavfsizligini o‘rgatishga doir innovatsion ishlanmalar bilan takomillashuviga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish