Mamatraximov Olmosbek Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigit ekish seyalkasini takomillashtirilgan ekish seksiyasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5135
Ilmiy rahbar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.T.03.02
Rasmiy opponentlar: Turdaliev Voxidjon Mahsudovich, texnika fanlari doktori, professor va Mamadaliev Maxammadjon Xabibullavich, texnika fanlari nomzodi dosenti tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigit ekish seyalkasining takomillashtirilgan ekish seksiyasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan ekish aniqligi va ish unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurakchali va diskli ish organlari bilan jihozlangan chigit ekish apparatining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
seyalka uyalovchi apparatining kurakchali va diskli ish organlarini chigit bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi matematik modellar, uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olingan;
ekish apparati ish organlarining ekish aniqligi bo‘ylama masofadagi uyalar soni, uyalar orasidagi masofa hamda uyadagi chigitlar sonini agrotexnik talablarga mosligi orqali baholangan;
bitta uyadagi chigitlar soni, chigit uyalari orasidagi bo‘ylama masofa va chigit uyalarining uzunligi seyalkaning uyalovchi apparati, kurakchali va diskli ish organlarini parametrlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari, empirik formulalar va regressiya tenglamalari yordamida aniqlangan;
seyalka uyalovchi apparati kurakchali va diskli ish organlarining maqbul qiymatlari uning talablar darajasidagi agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlanihi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chigitlarni uyalab aniq ekadigan mexanik ekish apparatini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chigitlarni uyalab aniq ekish texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar hamda chigit ekish seyalkasining ekish seksiyasi uyalovchi apparati diskli va kurakchali ish organlari bilan jihozlangan mexanik ekish apparat konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi uzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024‒yil 21-dekabr 05/04‒04‒686‒son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarni uyalab aniq ekadigan takomillashtirilgan mexanik seyalka ekish apparatining konstruksiyasi yaratilgan.
Ishlab chiqilgan mexanik ekish apparati bilan jihozlangan seyalkani tajriba nusxasi Namangan viloyati, Chortoq tumani “Olimjon‒Abduvali ‒Abdug‘ani” va “Buvahon‒Robahon fayzi” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024‒yil 21-dekabr 05/04‒04‒686‒son ma’lumotnomasi). Natijada tuksiz chigitlarni uyalab aniq ekish uchun taklif etilgan ekish apparatida bilan jihozlangan seyalka qo‘llanilganda mehnat va ekspluatatsion xarajatlar sarfini kamaytirishga erishilgan;
seyalkaning ekish apparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha - konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB - Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 – yil 21 - dekabr 05/04 - 04 - 686 - son ma’lumotnomasi). Natijada tuksiz chigitni uyalab aniq ekadigan takomillashtirilgan mexanik ekish apparatining sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.