Xamrakulov Farxodjon Baxronkul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi o‘zgaruvchan yulduzlarni izlash va tanlangan to‘siluvchan qo‘shaloq yulduzlarda apsidal harakat tadqiqoti”, 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1320
Ilmiy rahbar: Burxonov Otabek Anvarjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, bosh ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va O‘z FA Astronomiya instituti
IK (Ilmiy kengash) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti. IK raqami:, PhD.05/2025.27.12.FM.08.01.
Rasmiy opponetlar: Toshmatov Bobir Abdumanonovich, professor, fizika-matematika fanlari doktori; Kusakin Anatoliy Vasilevich, katta ilmiy xodim, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Astronomiya va astrofizika, astrofizik kuzatuv va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maqsadli kuzatilgan maydonlarda yangi aniqlanmagan o‘zgaruvchan yulduzlarni hamda tanlangan EA tipidagi to‘siluvchan qo‘shaloq yulduzlarida apsidal harakatni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Tanlangan α=22h50m δ=54°00’, α=23h58m δ=+62°37’ va α=21h50m δ=+59°00’ maydonlarda 164 ta turli tipdagi yangi o‘zgaruvchan yulduzlar ilk marotaba aniqlanib davrlari va boshlang‘ich parametrlari aniqlangan.
Birinchi marta EA tipdagi V1059 Cep, V1437 Cas va 2MASS 22425392+5439498 qo‘shaloq tizimlar eksentrik orbitaga ega ekanligi va tizimda apsidal harakat mavjudligi aniqlangan hamda tizimning orbital hamda komponentalarning fizik parametrlari aniqlangan. 
V1437 Cas tizim atrofida uchinchi jism mavjudligi aniqlangan bo‘lib, uchinchi jismning orbital davri 27,255±0,00127 kun ekanligi kuzatuvlar asosida hisoblangan.
 2MASS 22425392+5439498 obekti dastlabki fotometrik natijalari, TESS va ASASSN-V fotometrik natijalari har biri alohida tahlil qilinib JKTEBOP dasturi yordamida ravshanlik egri chiziqlariga mos model yaratilgan hamda tizimning orbital parametrlari o‘zgarishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi o‘zgaruvchan yulduzlarni izlash va tanlangan to‘siluvchan qo‘shaloq tizimlarda apsidal harakat tadqiqioti bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
kuzatuv natijalarini tahlil qilish orqali yangi aniqlangan 49 ta yulduz “O‘zgaruvchan yulduzlarning umumiy katalogi”ga kiritilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi P.K. Shternberg nomidagi Astronomiya institutining 2026-yil 30-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada o‘zgaruvchan yulduzlarning umumiy katalogi bazasidagi obektlar soni ortishiga, katalogning ilmiy qiymati oshishiga, fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun ilmiy asos yaratilishiga erishilgan; 
tanlangan kuzatuv maydonlarda aniqlangan yangi o‘zgaruvchan yulduzlar to‘g‘risidagi 2022-2023 yillarda Peremenne Zvezdy jurnalida chop etilgan “Variable Stars Discovered at the Maidanak Observatory, Discovery of Six New Variables va New variable stars in Lacerta Part III” maqolalariga 1 tadan umumiy 3 ta iqtibos keltirilgan; 
maqsadli kuzatuv maydonlarda aniqlangan yangi o‘zgaruvchan yulduzlar bo‘yicha 2020-2021 yillarda Peremenne Zvezdy jurnalida chop etilgan “New Variable Stars in Lacerta Part I, II” maqolalariga 1 ta dan umumiy 2 ta iqtibos keltirilgan; 
eksentrik orbitaga ega qo‘shaloq tizimlarni apsidal harakatiga bag‘ishlangan tadqiqod ishi bo‘yicha 2024-yilda Peremenne Zvezdy jurnalida chop etilgan  “The Apsidal Motion in the Eclipsing Binary V1437 Cas” nomli maqolaga 2 ta iqtibos keltirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish