Juraev Bolqinjon Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Delta Scuti tipidagi yulduzlar kuzatuvi va tahlili”, 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1318
Ilmiy rahbar: akademik Egamberdev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, Astronomiya instituti direktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti
IK (Ilmiy kengash) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti. IK raqami:, PhD.05/2025.27.12.FM.08.01.
Rasmiy opponetlar: Ilyasov Sabit Pulatovich, fizika-matematika fanlari doktori; Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: astronomiya va astrofizika va astrofizik kuzatuv, amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Delta Scuti tipidagi pulsatsiyalanuvchi yulduzlarga kosmik va Er usti kuzatuvlari asosida yangi nomzodlarni topish hamda ularning pulsatsion xususiyatlarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
2MASS 20061714+3818456 yulduzining Maydanak observatoriyasi va TESS  kuzatuvlaridan Delta Scuti tipidagi yulduz ekanligi birinchi marta aniqlangan;
TESS kuzatuvlari asosida TIC 372275195 yulduzi radial pulsatsiyalanuvchi Delta Scuti tipidagi yulduz ekanligi aniqlangan;
TESS kuzatuvlari asosida TIC 408074920, TIC 189714989 va TIC 34137913 ob’ektlari katta amplitudali Delta Scuti tipidagi yulduzlari ekanligi kashf qilingan;
Maydanak observatoriyasi va TESS kuzatuvlaridan TIC 66884209 yulduzi amplitudasi modulyasiyalanuvchi Delta Scuti tipidagi yulduzligi aniqlangan;
TIC 348232920 yulduzining effektiv harorati va pulsatsiya chastotasiga koʻra Delta Scuti tipidagi yulduzlar sinfiga nomzod ekanligi aniqlangan;
ROSE1 J180924.96+440611.8 va GSC-02007-00761 yulduzlarning ravshanlik egri chiziqlari tahlillaridan EW tipidagi yulduzlar sinfiga qayta sinflashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Delta Scuti tipidagi pulsatsiyalanib oʻzgaruvchan yulduzlarning fizik xarakteristkalari, pulsatsion xossa va xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zgaruvchan yulduzlarning ravshanlik egri chiziqlarini tahlil qilish, pulsatsiya chastotalari va orbital davrni aniqlash, ko‘p chastotali pulsatsiyalanuvchi yulduzlarda fundamental hamda overton chastotalarning hissasini baholash, pulsatsiya konstantasi orqali yulduz turini va o‘rtacha zichligini aniqlash, katta amplitudali Delta Scuti yulduzlarida davr-yorqinlik munosabatini tekshirish, hamda zich qo‘shaloq tizimlarning ravshanlik egri chiziqlarini modellashtirishda qo‘llanilgan usullar, yondashuvlar va natijalar V.G. Fesenkov nomidagi Astrofizika institutining №BR20220974 “Fundamental astrofizik tadqiqotlar dasturi: kuzatuvlar va nazariya” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda joriy etilgan (Qozog‘iston Respublikasi, V.G. Fesenkov nomidagi Astrofizika institutining 2026-yil 10-iyundagi amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida). Natijada Delta Scuti tipidagi pulsatsiyalanib oʻzgaruvchan yulduzlarning pulsatsiya chastotalari va fizik parametrlarini aniqlash, ravshanlik egri chiziqlarini tahlil qilish bo‘yicha qo‘llanilgan usullar va yondashuvlarning amaliy samaradorligi oshirilishiga, olingan natijalardan fundamental astrofizik tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda kuzatuv natijalarining ilmiy ishonchliligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish