Sharipov Faridjon Anarboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali bavosilni jarrohlik yo‘li bilan davolashda ul`tratovushli skal`pelning samaradorligini klinik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib6539.
Ilmiy rahbar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali bavosil bilan og‘rigan bemorlarni ul`tratovushli skal`pel` yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesish rejimida lateral ul`tratovush disseksiyasi bilan bajariladigan gemorroidektomiyaga klinik-morfologik asos berilgan: tugunni lateral tekislik bo‘yicha tig‘ning o‘tkir qirrasi bilan ajratish koagulyasion nekroz chuqurligi monopolyar elektrokoagulyasiyadagidan 2,9 marta kam (0,82 ga nisbatan 2,37 mm) bo‘lishi, yaqin to‘qimalar shikastlanishining qaytuvchan xarakteri bilan kechishi aniqlangan;
lateral ul`tratovush disseksiyasida to‘qimalarning termik shikastlanish chuqurligining kamligi operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi ifodalanganligi va analgetiklarga ehtiyojning kamayishi, operatsiyadan keyingi yaralarning tezroq bitishi hamda uzoq muddatli davrda ichki sfinkter tonusining kamroq pasayishi bilan kechishi aniqlangan;
lateral ul`tratovush disseksiyasida travmatiklikning, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining va reabilitatsiya muddatlarining kamayishi kasallik residivi chastotasini oshirish hisobiga emasligi isbotlangan;
intraoperatsion bosqichlar ketma-ketligi va bemorlarni operatsiyadan keyin yuritish taktikasi kursatmalari asosida kesish rejimida lateral ul`tratovush disseksiyasini qo‘llagan holda surunkali gemorroyning III–IV bosqichini xirurgik davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali bavosilni jarrohlik yo‘li bilan davolashda ul`tratovushli skal`pelning samaradorligini klinik asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kesish rejimida lateral ul`tratovush disseksiyasi bilan bajariladigan gemorroidektomiyaga klinik-morfologik asos berilgan: tugunni lateral tekislik bo‘yicha tig‘ning o‘tkir qirrasi bilan ajratish koagulyasion nekroz chuqurligi monopolyar elektrokoagulyasiyadagidan 2,9 marta kam (0,82 ga nisbatan 2,37 mm) bo‘lishi, yaqin to‘qimalar shikastlanishining qaytuvchan xarakteri bilan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 03.02.2026 yildagi 6-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Surunkali bavosilni xirurgik davolashda miniinvaziv usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (25.02.2026 y. 1397-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2026 y. 100-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 29.04.2026 y. 07/41-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib tashlangan gemorroidal tugunlardagi patomorfologik o‘zgarishlarning tahlili o‘tkazildi, u shuni ko‘rsatdiki, ul`tratovushli qaychi ishchi tarmog‘ining tebranish amplitudasining eng yuqori darajasidan foydalanish (kesish rejimi) to‘qimalarga termik ta’sirni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi, bu esa koagulyasion nekroz chuqurligining pasayishi bilan birga keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiya va monopolyar elektrokauter bilan Milligan-Morgan operatsiyasini bajarishda bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 7625400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiyani qo‘llash to‘qimalarning koagulyasion nekrozi chuqurligini 145±25 mkm gacha statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirish bilan birga keladi, bu koagulyasiya rejimida ul`tratovushli disseksiya bilan solishtirganda 2 baravar kam va monopolyar elektrokoagulyasiyani qo‘llashga qaraganda bir tartibga kam.
ikkinchi ilmiy yangilik: lateral ul`tratovush disseksiyasida to‘qimalarning termik shikastlanish chuqurligining kamligi operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi ifodalanganligi va analgetiklarga ehtiyojning kamayishi, operatsiyadan keyingi yaralarning tezroq bitishi hamda uzoq muddatli davrda ichki sfinkter tonusining kamroq pasayishi bilan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 03.02.2026 yildagi 6-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Surunkali bavosilni xirurgik davolashda miniinvaziv usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (25.02.2026 y. 1397-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2026 y. 100-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 29.04.2026 y. 07/41-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiya gemorroidal tugunlarning elektrojarrohlik ekssiziyasiga nisbatan to‘g‘ri ichakning qisqarish faolligining kamroq ifodalangan buzilishlari bilan birga kelishi aniqlandi, bu uning funksiyasini tezroq tiklashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan bemorlarni davolash ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 15024100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiya, gemorroidal tugunlarning elektroxirurgik disseksiyasi bilan solishtirganda, to‘g‘ri ichakni yopish apparatining qisqarish faolligining sezilarli darajada kamroq buzilishi bilan birga keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: lateral ul`tratovush disseksiyasida travmatiklikning, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining va reabilitatsiya muddatlarining kamayishi kasallik residivi chastotasini oshirish hisobiga emasligi isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 03.02.2026 yildagi 6-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Surunkali bavosilni xirurgik davolashda miniinvaziv usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (25.02.2026 y. 1397-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2026 y. 100-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 29.04.2026 y. 07/41-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiyaning original usulini qo‘llash gemorroy bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashga imkon berishi isbotlangan: jarrohlik amaliyoti davomiyligini qisqartirish, og‘riq sindromining intensivligini kamaytirish va asoratlar rivojlanish chastotasini kamaytirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiya elektrokoagulyasiya yordamida amalga oshirilgandan keyin asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 25% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiya elektrokoagulyasiya yordamida amalga oshirilgan Milligan-Morgan operatsiyasiga nisbatan asoratlar rivojlanishining past chastotasi (4,5% va 19,4%, r <0,05), kamroq ifodalangan og‘riq sindromi bilan tavsiflanadi, bu operatsiyadan keyingi erta davrning kechishini sezilarli darajada yaxshilaydi va bemorlarning reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: intraoperatsion bosqichlar ketma-ketligi va bemorlarni operatsiyadan keyin yuritish taktikasi kursatmalari asosida kesish rejimida lateral ul`tratovush disseksiyasini qo‘llagan holda surunkali gemorroyning III–IV bosqichini xirurgik davolash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 03.02.2026 yildagi 6-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Surunkali bavosilni xirurgik davolashda miniinvaziv usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (25.02.2026 y. 1397-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.02.2026 y. 100-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 29.04.2026 y. 07/41-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu aralashuvni amalga oshirish bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtirishi va operatsiyadan keyingi uzoq davrda ularning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya yordamida gemorroidektomiyani amalga oshirish operatsiyadan keyingi uzoq davrda, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 15855450 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: kesish rejimida lateral ul`tratovushli disseksiya bilan gemorroidektomiyani amalga oshirish SF-36 so‘rovnomasidan foydalangan holda so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyadan keyingi uzoq davrda bemorlarning hayot sifatining yuqori darajasiga erishish imkonini beradi.