Raxmatova Dilnavoz A’zam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dizartriyali katta maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9588.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Utbasarova Umida Mexmanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. dizartriyali katta maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishning didaktik imkoniyatlari nutqiy va psixofizologik xolatini muloqot va kognitiv faollik jarayonlariga transformatsiyalash, dizartriya turi va og‘irlik darajasini individual ta’lim mazmuniga adaptiv moslashtirish, ta’lim subektlarining qayta aloqasini intellektual moderatorlikga kooporativligini logopedik baholash asosida aniqlashtirilgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish modeli korreksion tizimni faol nutqiy amaliyotga maqsadli strategik rejalashtirish, diagnostik tashkiliy-mazmunli jarayonlarni logopedik taxlil va kompleks baholashga yo‘naltirish va pedagogik funksiyalarni ta’lim muhitiga empatik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi korreksion ta’limiy bosqichlarni nutq, motor va erta aniqlash funksiyalarini neyrologopedik stimulatsiya usullariga mos modellashtirish va integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi samaradorligi korreksion ishlarni rivojlanish xususiyatilarga kompleks ta’sir komponentlarini kiritish, logoped-pedagog-psixolog hamkorligini ratsional o‘sish ko‘rsatkichlariga multimodal aloqa usullarini integratsiyalash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi muammosi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishning didaktik imkoniyatlari nutqiy va psixofizologik xolatini muloqot va kognitiv faollik jarayonlariga transformatsiyalash, dizartriya turi va og‘irlik darajasini individual ta’lim mazmuniga adaptiv moslashtirish, ta’lim subektlarining qayta aloqasini intellektual moderatorlikga kooporativligini logopedik baholash asosida aniqlashga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’lim va maxsus pedagogika” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 5-yanvardagi 11-05-18/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish modeli korreksion tizimni faol nutqiy amaliyotga maqsadli strategik rejalashtirish, diagnostik tashkiliy-mazmunli jarayonlarni logopedik tahlil va kompleks baholashga yo‘naltirish va pedagogik funksiyalarni ta’lim muhitiga empatik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar oid takliflar “Nutq kamchiligiga ega bolalarni maktabga tayyorlash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 5-yanvardagi 11-05-18/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish samaradorligi oshgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi korreksion ta’limiy bosqichlarni nutq, motor va erta aniqlash funksiyalarini neyrologopedik stimulatsiya usullariga mos modellashtirish va integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’lim va maxsus pedagogika” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 5-yanvardagi 11-05-18/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganlgini bartaraf etishga sharoit yaratilgan;
dizartriyali bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi samaradorligi korreksion ishlarni rivojlanish xususiyatlilarga kompleks ta’sir komponentlarini kiritish, logoped-pedagog-psixolog hamkorligini ratsional o‘sish ko‘rsatkichlariga multimodal aloqa usullarini integratsiyalash asosida oshirishga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz ta’lim va maxsus pedagogika” darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 5-yanvardagi 11-05-18/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, katta maktabgacha yoshdagi dizartriyali ta’lim oluvchilarni nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish