Solijonov Jasurbek Valeriy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Ped 8288
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Siddikov Baxtiyor Saidkulovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.12.2025. Ped.10.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar: Narkabilova Gulnoza Po‘latovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘xtasinov Dadaxon Farxodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda integrativ yondashuv imkoniyatlari yaxlit dunyoqarashni shakllantirish va tizimli fikrlashni rivojlantirish, analitik qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy-metodik kompetentlikni faollashtirish, mantiqiy operatsiyalarni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan.
integrativ yondashuv imkoniyatlaridan kelib chiqib, bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari mantiqiy taffakurga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari muammoli vaziyatlarni o‘quv amaliyotida qo‘llash va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni integrativ yondashuv asosida mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning modelini tashkiliy bloki integrativ yondashuv tamoyillarini hisobga olish orqali talabalarda mantiqiy taffakurni rivojlantirish metodlarini adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning lokal modulli texnologiyasi tahliliy-analitik, faollashtirish, amaliy-integratsiya hamda refleksiv-monitoring bosqichlarida mantiqiy taffakur komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda integrativ yondashuv imkoniyatlari yaxlit dunyoqarashni shakllantirish va tizimli fikrlashni rivojlantirish, analitik qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy-metodik kompetentlikni faollashtirish, mantiqiy operatsiyalarni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilganligiga doir takliflar “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 10 oktyabrdagi 22-01-768/22-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda integrativ yondashuv imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
integrativ yondashuv imkoniyatlaridan kelib chiqib, bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari mantiqiy taffakurga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari muammoli vaziyatlarni o‘quv amaliyotida qo‘llash va samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 10 oktyabrdagi 22-01-768/22-son dalolatnomasi). Natijada, integrativ yondashuv imkoniyatlaridan kelib chiqib, bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarni integrativ yondashuv asosida mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning modelini tashkiliy bloki integrativ yondashuv tamoyillarini hisobga olish orqali talabalarda mantiqiy taffakurni rivojlantirish metodlarini adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 10 oktyabrdagi 22-01-768/22-son dalolatnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik modelini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning lokal modulli texnologiyasi tahliliy-analitik, faollashtirish, amaliy-integratsiya hamda refleksiv-monitoring bosqichlarida mantiqiy taffakur komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025 yil 10 oktyabrdagi 22-01-768/22-son dalolatnomasi). Natijada, Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning lokal modulli texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.