Museyibzada Jovhar Shamsaddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining xalqaro tashkilotlardagi faoliyat vektorlari va ularning qiyosiy tahlili, 07.00.05 –Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1609
Ilmiy rahbar: Usmonov Baxriddin Axmedovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Adigezalov Azer Nadir o‘g‘li – tarix fanlari doktori, bosh ilmiy xodim, G‘ofurov Nizomjon Oktyabrovich – tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining xalqaro maydondagi o‘rni, xalqaro tashkilotlar doirasidagi tarixiy-diplomatik tashabbuslari, ularning tashqi siyosatini shakllantirish jarayoni, o‘xshashlik, farqlari hamda bir-biriga namuna bo‘la oladigan jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosatidagi umumiylik va o‘ziga xosliklar aniqlanib, ularning o‘z mintaqalarida ta’siri va nufuzini oshirish uchun o‘xshash geosiyosiy ambisiyalarga egaligi, ilg‘or xalqaro tashabbuslari asoslab berilgan;
“O‘rta kuch statusiga intilayotgan davlatlar” tushunchasini joriy qilish orqali O‘zbekiston va Ozarbayjonning “kichik davlat” maqomida emas, balki “o‘rta kuch” maqomiga o‘tish jarayonida ekanligi dalillangan;
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosat maqsadlarini ilgari surishda xalqaro tashkilotlar vositasida ustuvorlik belgilash strategiyasidan foydalanib muayyan sohalarda mutaxassis, ishonchli hamkor va qudrat markazlari sifatida namoyon bo‘lishlari ko‘rsatib berilgan;
Xalqaro tashkilotlar keng xalqaro auditoriya bilan o‘zaro aloqani ta’minlab, “yumshoq kuch” va o‘ziga xos o‘rin yaratish uchun ideal platforma sifatida xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston va Ozarbayjonning nufuz va imijini shakllantirishga hamda milliy manfaatlariga muvofiq tashqi siyosat yuritish salohiyatlarini oshirishga ko‘maklashishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyat vetkorlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xalqaro tashkilotlar keng xalqaro auditoriya bilan o‘zaro aloqani ta’minlab, “yumshoq kuch” va o‘ziga xos o‘rin yaratish uchun ideal platforma sifatida xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston va Ozarbayjonning nufuz va imijini shakllantirishga, milliy manfaatlariga muvofiq tashqi siyosat yuritish salohiyatini oshirishga ko‘maklashishi, O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosat maqsadlarini ilgari surishda xalqaro tashkilotlar vositasida ustuvorlik belgilash strategiyasidan foydalanib muayyan sohalarda mutaxassis, ishonchli hamkor va qudrat markazlari sifatida namoyon bo‘lishi, “Oʻrta kuch statusiga intilayotgan davlatlar” tushunchasini joriy qilish orqali O‘zbekiston va Ozarbayjonning “kichik davlat” maqomida emas balkim “o‘rta kuch” maqomiga o‘tish jarayonida ekanligi asoslanganligi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 14-maydagi 01-33/319-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro tashkilotlardagi tarixiy-diplomatik tashabbuslariga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosatidagi umumiylik va o‘ziga xosliklar aniqlanib, ularning o‘z mintaqalarida ta’siri va nufuzini oshirish uchun o‘xshash geosiyosiy ambisiyalarga egaligi, ilg‘or xalqaro tashabbuslari hamda xalqaro tashkilotlardagi faoliyatini tizimli ravishda tashkil etayotgani borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining Ozarbayjon bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2025-yil 11-iyundagi 14/140-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining xalqaro miqyosdagi yutuqlarini kengroq targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosat maqsadlarini ilgari surishda xalqaro tashkilotlar vositasida ustuvorlik belgilash strategiyasidan foydalanib muayyan sohalarda mutaxassis, ishonchli hamkor va qudrat markazlari sifatida namoyon bo‘lishlari singari ilmiy tafsilotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 14-maydagi 01-33/319-son ma’lumotnomasi). Bu esa ko‘rsatuvning ikki turkiy davlat munosabatlariga oid yangi ma’lumotlarga boy bo‘lishiga olib kelgan. 
Xalqaro tashkilotlar keng xalqaro auditoriya bilan o‘zaro aloqani ta’minlab, “yumshoq kuch” va o‘ziga xos o‘rin yaratish uchun ideal platforma sifatida xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston va Ozarbayjonning nufuz va imijini shakllantirishga hamda milliy manfaatlariga muvofiq tashqi siyosat yuritish salohiyatlarini oshirishga ko‘maklashishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining Ozarbayjon bilan madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli tadbirlarni tashkil etish sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha Qo‘mitasining 2025-yil 11-iyundagi 14/140-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining xalqaro miqyosdagi hamkorligining yangi istiqbollari va uning yutuqlarini kengroq targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish