Isoqov Saydulla Sobirjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila va ta’lim tizimi orqali yoshlarda sotsial mobillik samaradorligini oshirish mexanizmlari”, 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/S4
Ilmiy rahbar: Yunusov Alisher Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya institutida bajarilgan. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29/2025.27.12. Ped/01.01 
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Xamid Xudaybergenovich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda yoshlarning oila va ta’lim tizim orqali sotsial mobillik samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda ijtimoiy harakatchanlikni kuchaytirishning ko‘p o‘lchovli inklyuziv sotsiologik indikatorlari (inson kapitali, iqtisodiy faollik, ijtimoiy kapital, hududiy va vertikal harakatchanlik, institutsional qo‘llab-quvvatlash) ishlab chiqilgan;
yoshlarning sotsial mobilligi kompetensiyaviy kapital (kognitiv, adaptiv, raqamli, sotsial-psixologik) va institutsional muhit (ta’lim, mehnat bozori, ijtimoiy lift) o‘rtasidagi konversiya mexanizmi (daromad oshishi, lavozim o‘sishi, kasbiy transformatsiya) orqali kompleks baholangan;
yoshlar sotsial mobilligini tezlashtiruvchi integrativ sotsiomadaniy omillardan proaktivlik, raqamli madaniyat, ko‘p tarmoqli malaka, dual ta’lim va amaliyot, startaplar dinamik jarayon sifatida ishlab chiqilgan;
yoshlarning raqobatbardoshligi kompetensiyaviy, ijtimoiy, institutsional va psixologik funksiyalar integratsiyasi negizida resurslarni samarali ro‘yobga chiqarish jarayonidagi strategik transformatsiya sifatida  konseptuallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oila va ta’lim orqali yoshlarda sotsial mobillik samaradorligini oshirish mexanizmlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
O‘zbekistondagi strukturaviy islohotlar natijasida istiqbolning jozibadorligi yoshlarning ijtimoiy harakatchanligida samarali ta’sir ko‘rsatishini strukturaviy-funsional konteksda asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentida ma’naviy-marifiy ishlar targ‘ibotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2023-yil 25-dekabrdagi 2/3380-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tizimida o‘tkazilayotgan ma’naviyat va ma’rifat darslarida Oila va ta’lim tizimi orqali sotsial mobillik samaradorligini oshirish mexaniznlarini aniqlashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
Ta’lim sohasidagi samarali islohotlar natijasidagi yoshlarni o‘qishdan ajralmagan holda muayyan faoliyat bilan mashg‘ulligi yoshlardagi sotsial mobillikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi oid sotsiologik taxlil materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimim takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2023-yil 2-iyundagi 211-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar mamlakatimiz yoshlarining oila va ta’lim orqali sotsial mobillik samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishda xizmat qilgan.
O‘quvchi-yoshlar mansub oilaning ijtimoiy mavqei va iqtisodiy imkoniyatlari qanchalik yuqori bo‘lsa, yoshlardagi sotsial mobillikni yuksalish imkoniyatlari ham shunchalik yuqori bo‘lishi institutsional ta’sirni yuqori bo‘lishi xaqidagi amaliy taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘rovnomalarida foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2023-yil 27-iyundagi 1-16/10-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot ishida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi sotsial mobillik samaradorligini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlardan “Yoshlar qadriyatlari” instrumentariy (savolnoma) shakllanishida foydalanilgan;
Global o‘zgarishlarda aks etayotgan intelektual ko‘nikmalarni (informasion texnologiyalarni va xorijiy tillarni) egallashga bo‘lgan intilish yoshlarda shaxsiy yuksalishini ta’minlovchi imkoniyat sifatida anglanishi sotsial mobillikka samaradorligini ta’minlovchi muhim omil ekanligi doir materiallardan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2022-yilda Xorazm viloyati yoshlari o‘rtasida tashqi migratsiya masalalarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayorlash instituti”ning 2023-yil 31-maydagi 01-14/139-sonli dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yilarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy prognozlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish