Turdiev Ilyos Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dashti Qipchoqda kechgan siyosiy-etnik jarayonlarning Sangzor vohasida aks etishi (XV–XX asrlar)”, 07.00.07– Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1261
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD. PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Umarov Ikrom Ibragimovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dashti Qipchoqda kechgan siyosiy-etnik jarayonlarning Sangzor vohasidagi etnomadaniy jarayonlarni tarixiy-etnologik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dashti Qipchoqda yuz bergan siyosiy va etnik jarayonlar natijasida Amudaryo – Sirdaryo oralig‘idagi o‘nlab vohalarga migratsiya harakatlari yuz bergan pallalarda Sangzor vohasi aholisining katta qismini tashkil qiluvchi o‘zbek, sezilarli darajada qirg‘iz aholisi etnomadaniyatidagi o‘xshashlik va farqliliklar yozma manbalar, tarixiy asarlar va dala tadqiqotlari asosida isbotlangan;
Sangzor vohasi aholisining etnik shakllanishida dashti qipchoqlik o‘zbek urug‘larining o‘rni katta bo‘lib, ko‘chmanchi turkiy qabilalarni kelib joylashuvi natijasida etnogenezi, xo‘jalik hayoti, moddiy-ma’naviy madaniyatida urf-odatlar, qadriyatlar, marosimlarda o‘zgarishlar bo‘lganligi, shuningdek, ushbu vohada mavjud Qirq-qishloq, Sart-juzi, Shodmonto‘bi, Qarapchi, Saroy, Qo‘shtamg‘ali, O‘damali Chuvulloq va G‘uralash, Nayman, Qang‘li, Solin, Bolg‘ali, Qoraqo‘yli va Molto‘p kabi o‘nlab etnonimlarning kirib kelganligi asosidagi ma’lumotlar aniqlangan;
Sangzor vohasi aholisi o‘zlarining ota-bobolarini o‘zbeklarning “qirq”, “yuz”, “qang‘li”, “jaloyir”, “saroy”, “nayman”, “qipchoq” kabi o‘nlab dashti qipchoqlik urug‘lar bilan bog‘laydilar va o‘zlari kelguncha o‘zbeklarning “turk”, “barlos”, “mo‘g‘ol” deb ataydigan aholi guruhlari ushbu mintaqada mavjud bo‘lganligi, shuningdek, o‘zbeklarning asosan “yuz”, “qirq”, “saroy”, “qang‘li”, “tuyoqli”, “turk”, “qipchoq” kabi urug‘lariga aloqador aholi maskanlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlar bilan dalillangan;
Sangzor vohasida yashaydigan “Baxmal qirg‘izlari” deb ataladigan “avat”, “kutike”, “manaq”, “chektamg‘a”, “kutaali”, “chapan”, “nayman” kabi o‘nlab qirg‘iz urug‘lari vakillari yashaydigan qishloq va ovullar soni 20 ga yaqin ekani, ular vohaning tog‘li qismida va qir-adirlarda o‘rin olgani, etnik o‘ziga xosliklarni yaxshi saqlab qolganliklari aniqlanib, Ko‘kjar nomli birgina qirg‘iz qishlog‘idan tashqari barcha qirg‘iz aholi maskanlarida o‘z ona tilida so‘zlashishda davom etayotganliklari misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dashti Qipchoqda o‘rta asrlarda kechgan siyosiy-etnik jarayonlarning Sangzor vohasida aks etishini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Dashti Qipchoqda yuz bergan siyosiy va etnik jarayonlar natijasida Amudaryo – Sirdaryo oralig‘idagi o‘nlab vohalarga migratsiya harakatlari yuz bergan pallalarda Sangzor vohas aholisining katta qismini tashkil qiluvchi o‘zbek, sezilarli darajada qirg‘iz aholisi etnomadaniyatidagi o‘xshashlik va farqliliklar yozma manbalar, tarixiy asarlar va dala tadqiqotlari asosida isbotlangan ma’lumotlardan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ekspozisiyalarini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 23-iyundagi 04-07/2547-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspozisiyalarining ilmiy-tarixiy mazmuni boyitilib, tashrif buyuruvchilarda Sangzor vohasining etnik tarkibi, migratsion jarayonlari hamda o‘zbek va qirg‘iz xalqlari etnomadaniy aloqalari haqida yanada kengroq tarixiy tasavvur shakllanishiga erishilgan.
Sangzor vohasi aholisining etnik shakllanishida dashti qipchoqlik o‘zbek urug‘larining o‘rni katta bo‘lib, ko‘chmanchi turkiy qabilalarni kelib joylashuvi natijasida etnogenezi, xo‘jalik hayoti, moddiy-ma’naviy madaniyatida urf-odatlar, qadriyatlar, marosimlarda o‘zgarishlar bo‘lganligi, shuningdek, ushbu vohada mavjud Qirq-qishloq, Sart-juzi, Shodmonto‘bi, Qarapchi, Saroy, Qo‘shtamg‘ali, O‘damali Chuvulloq va G‘uralash, Nayman, Qang‘li, Solin, Bolg‘ali, Qoraqo‘yli va Molto‘p kabi o‘nlab etnonimlarning kirib kelganligi asosidagi ma’lumotlardan Madaniy meros agentligida ilmiy axborot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 23-iyundagi 04-07/2547-son ma’lumotnomasi). Natijada Sangzor vohasi aholisining etnik tarkibi va tarixiy-etnomadaniy jarayonlariga oid ilmiy tasavvurlar boyitilib, hududning etnik tarixini yoritishga doir ilmiy-ma’rifiy materiallarning mazmuni yanada takomillashtirilgan.
Sangzor vohasi aholisi o‘zlarining ota-bobolarini o‘zbeklarning “qirq”, “yuz”, “qang‘li”, “jaloyir”, “saroy”, “nayman”, “qipchoq” kabi o‘nlab dashti qipchoqlik urug‘lar bilan bog‘laydilar va o‘zlari kelguncha o‘zbeklarning “turk”, “barlos”, “mo‘g‘ol” deb ataydigan aholi guruhlari ushbu mintaqada mavjud bo‘lganligi, shuningdek, o‘zbeklarning asosan “yuz”, “qirq”, “saroy”, “qang‘li”, “tuyoqli”, “turk”, “qipchoq” kabi urug‘lariga aloqador aholi maskanlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” hamda “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda ilmiy axborot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1675-sonli dalolatnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Sangzor vohasi aholisi etnik tarkibi, Dashti Qipchoq urug‘larining hudud etnomadaniy shakllanishidagi o‘rni hamda o‘zbek xalqining tarixiy-etnik jarayonlari haqida ilmiy asoslangan tarixiy tasavvurlarni shakllantirishga erishilgan.
Sangzor vohasida yashaydigan “Baxmal qirg‘izlari” deb ataladigan “avat”, “kutike”, “manaq”, “chektamg‘a”, “kutaali”, “chapan”, “nayman” kabi o‘nlab qirg‘iz urug‘lari vakillari yashaydigan qishloq va ovullar soni 20 ga yaqin ekani, ular vohaning tog‘li qismida va qir-adirlarda o‘rin olgani, etnik o‘ziga xosliklarni yaxshi saqlab qolganliklari aniqlanib, Ko‘kjar nomli birgina qirg‘iz qishlog‘idan tashqari barcha qirg‘iz aholi maskanlarida o‘z ona tilida so‘zlashishda davom etayotganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” hamda “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda ilmiy axborot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1675-sonli dalolatnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Sangzor vohasidagi qirg‘iz aholisining etnik tarkibi, til va madaniy an’analarni saqlab qolish jarayonlari hamda hududdagi etnomadaniy xilma-xillik haqida ilmiy asoslangan tarixiy tasavvurlarni shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish