Umirzoqov Faxriddin Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari vositachiligi samaradorligini baholash va uni biznes faolligiga ta’sirini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt6875
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Baxriddinov Sharofiddin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Burxanov Aktam Usmanovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universitet
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari vositachiligi samaradorligini baholash va uni biznes faolligiga ta’sirini takomillashtirish yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari vositachiligi samaradorligini ko‘p o‘lchamli kompleks baholash maqsadida parametrik (SFA) va parametrik bo‘lmagan (DEA) chegaraviy samaradorlik modellarini hamda panel regressiyani birlashtirgan integratsiyalashgan baholash metodikasini ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banklari vositachiligining biznes faolligiga (YaIM, inflyasiya, investisiyalar) miqdoriy ta’sirini baholash maqsadida olti o‘zgaruvchili rekursiv tartibli empirik modelini ishlab chiqish asoslangan;
tijorat banklari samaradorligiga ta’sir qiluvchi mikro- va makro-omillarning kombinatsiyalashgan ta’sirini baholash maqsadida ko‘p omilli panel ma’lumotlar regressiya modelini ishlab chiqish asoslangan;
tijorat banklari vositachiligi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rta va uzoq muddatga aniq prognozlash maqsadida uchta modellarni qiyosiy taqqoslash asosida 2030-yilga qadar optimal prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari vositachiligi samaradorligini baholash va uni biznes faolligiga ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari vositachiligi samaradorligini ko‘p o‘lchamli kompleks baholash maqsadida parametrik (SFA) va parametrik bo‘lmagan (DEA) chegaraviy samaradorlik modellarini hamda panel regressiyani birlashtirgan integratsiyalashgan baholash metodikasini ishlab chiqishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2026-yil 24 iyundagi 01-02/20185-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklari faoliyati an’anaviy ROA va ROE ko‘rsatkichlaridan farqli ravishda besh xil kirish (jami aktivlar, kapital, jami xarajatlar, xodimlar soni, filiallar soni) va beshta chiqish (kredit portfeli, sof foiz daromadi, sof foyda, jalb qilingan depozitlar, komission daromadlar) parametrlari asosida kompleks baholanishi, O‘zbekiston bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha texnik samaradorlik darajasi 89,3 foizni, xarajat samaradorligi (CE) 86,9 foizni, foyda samaradorligi (PE) 84,7 foizni tashkil etishi DEA va SFA modellarining qiyosiy tahlili orqali statistik jihatdan asoslangan;
tijorat banklari vositachiligining biznes faolligiga (YaIM, inflyasiya, investisiyalar) miqdoriy ta’sirini baholash maqsadida olti o‘zgaruvchili rekursiv tartibli empirik modelini ishlab chiqishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2026-yil 24 iyundagi 01-02/20185-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmidagi ijobiy shok YaIM o‘sishiga ikkinchi chorakda maksimal +0,8 foiz darajada ta’sir ko‘rsatib, ijobiy tendensiya 6–7 chorak davomida saqlanishi, jismoniy shaxslar kreditlari shokining ta’siri dastlabki chorakda +0,75 foizni tashkil etib, keyingi davrlarda –0,5 foiz darajagacha pasayishi (import va inflyasion bosim kanali orqali) impulse-response tahlili asosida aniqlangan;
tijorat banklari samaradorligiga ta’sir qiluvchi mikro- va makro-omillarning kombinatsiyalashgan ta’sirini baholash maqsadida ko‘p omilli panel ma’lumotlar regressiya modelini ishlab chiqishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2026-yil 24 iyundagi 01-02/20185-son ma’lumotnomasi). Natijada, ROA = f(NPL, CIR, CAR, SIZE, Digital, Dummy_State) ko‘rinishidagi panel regressiya modelida muammoli kreditlar ulushining 1 foizga oshishi ROAni 0,287 foizga (p=0,000), CIR ko‘rsatkichining 1 foizga oshishi ROAni 0,142 foizga (p=0,001), bank o‘lchamining oshishi ROAni 0,098 foizga (p=0,032) pasaytirishi, raqamli operatsiyalar ulushining 1 foizga oshishi ROAni 0,015 foizga (p=0,000) oshirishi, davlat banklari ROA ko‘rsatkichi xususiy banklardan o‘rtacha 0,847 foizga (p=0,000) past ekanligi va modelning umumiy aniqligi R²=0,742 darajasini tashkil etishi aniqlangan;
tijorat banklari vositachiligi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rta va uzoq muddatga aniq prognozlash maqsadida uchta modellarni qiyosiy taqqoslash asosida 2030-yilga qadar optimal prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilish-bank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2026-yil 24 iyundagi 01-02/20185-son ma’lumotnomasi). Natijada, SARIMA(1,1,1)(1,1,1,4) modeli YaIM prognozi uchun eng optimal model deb topilishi va 2030-yilga kelib nominal YaIM bazaviy ssenariyda 2 437 trln so‘mga (95% ishonch oralig‘i: 1 417–3 456 trln so‘m), inflyasiya darajasi Holt-Winters modeli bo‘yicha 9,56 foizga, SQB yuridik shaxs kreditlari 41,8 trln so‘mga, jismoniy shaxs kreditlari 23,78 trln so‘mga, 1+ yil muddatli kredit stavkasi 26,75 foizga etishi, optimistik ssenariyda (25% ehtimollik) bank ROA 1,8–2,0%, ROE 18–22% darajalarini tashkil etishi, pessimistik ssenariyda (15% ehtimollik) esa ROA<1,0% va ROE<10% darajasiga tushishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish