Raximova Bekposhsha Baxadirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Matnazar Abdulhakimning badiiy-ilmiy merosi: poetik va tadqiqotchilik mahorati, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.1DSc/Fil331.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Ulug‘bek Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.01.  
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Oripova Gulnoza Murodilovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Matnazar Abdulhakim ijodining zamonaviy o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini, jumladan, she’riy janrlar, obrazlar va poetik ifodalar rivoji hamda adabiy tadqiqotchilik faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Matnazar Abdulhakim ijodi misolida adabiyotshunoslikda poeziyaga xos mavzu ko‘lami, janrlar rang-barangligi, obrazlar tizimi kabi badiiy mahorat masalasiga doir tamoyillar yoritilib, tasvir va ifodadagi mumtoz an’analardan foydalanish, sheva so‘zlaridan istifoda etish bilan bog‘liq uslubiy individualliklar “Darsdan so‘ng”, “Vasvasa”, “Da’vat”, “Og‘riq”, “Daraxtzor” kabi she’rlari asosida ochib berilgan;
Matnazar Abdulhakim poetik tafakkurining shakllanishi uchun “Falsafiy tush”, “Bir qujoq gul”, “O‘git” kabi she’r va to‘rtliklarida xalq og‘zaki ijodining maqol, matal, qo‘shiq, doston singari janrlari, “Xabaring yo‘q”, “Bir vaqtlari”, “Kelmas”, “Jonim” kabi g‘azallarida mumtoz adabiyotning g‘azalnavislik, ruboiynavislik, dostonnavislik singari an’analari, “Mahzun un chekadi nay yoralari”, “Daryo – men, daryo –  sen, daryo –  u” kabi sonetlarida, “Turnallar haqida ballada”, “Avtobus haqida ballada”, “Bog‘ haqida ballada” kabi asarlarida jahon adabiy-estetik tajribalarining ta’sir ko‘rsatgani ochib berilib, bu omillar shoirning uslubiy izlanishlarda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
shoirning mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida dunyo, ochun, gado, qalandar, oshiq, ma’shuqa, raqib, ag‘yor, karvonsaroy, muallima, zanjir singari qator timsollar orqali falsafiy, irfoniy mazmunlarni kuchaytirib, didaktik qarashlarni singdirgani “Javzo arafasi”, “Ko‘chki”, “Ko‘prik” singari dostonlaridagi tarixiy-badiiy uyg‘unlik misolida dalillangan;
Matnazar Abdulhakimning adabiy-estetik hamda publisistik tafakkuri istiqlol davrining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jarayonlari, ya’ni mustaqillikning e’lon qilinishi, hurriyat davrida inson erki, fikr erkinligi singari xalq ruhiyati bilan bog‘liq badiiy-estetik qarashlari “Iymon tuhfasi” publisistik maqolalari asosida isbotlangan;
Matnazar Abdulhakimning “Ikkinchi muallim saboqlari”, “Mangulik jamoli”, “Tafakkur chorrahalarida” kabi kitoblariga kiritilgan badiiy-publisistik maqolalarida istiqlol yillarining dolzarb ijtimoiy-ma’naviy mavzulari yoritilgani asoslanib, sobiq mafkura sharoitida adabiyotga munosabat masalasidagi an’anaviy yondashuvlar va yangi davr tamoyillari ta’sirida adabiyotshunoslikdagi yangiliklarga munosabat masalasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matnazar Abdulhakimning badiiy-ilmiy merosi, uning poetik va tadqiqotchilik mahorati masalasiga doir qarashlar asosida tadqiq etish, ilmiy-amaliy ahamiyatini belgilash asosida:
Matnazar Abdulhakim ijodi misolida adabiyotshunoslikda poeziyaga xos mavzu ko‘lami, janrlar rang-barangligi, obrazlar tizimi kabi badiiy mahorat masalasiga doir tamoyillar yoritilib, tasvir va ifodadagi mumtoz an’analardan foydalanish, sheva so‘zlaridan istifoda etish bilan bog‘liq uslubiy individualliklar “Darsdan so‘ng”, “Vasvasa”, “Da’vat”, “Og‘riq”, “Daraxtzor” kabi she’rlari asosida ochib berilganiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining She’riyat kengashi hisobot yig‘ilishlarida, Matnazar Abdulhakim tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida, Ogahiy ijod maktabida o‘tkazilgan “mahorat darslari”da, ijodiy uchrashuvlar, adabiy-ma’rifiy anjumanlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi 01-03/418-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan foydalanish yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitishga, ijodkorlik iste’dodini shakllantirishga hamda ularning badiiy-estetik tafakkurini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Matnazar Abdulhakim poetik tafakkurining shakllanishi uchun “Falsafiy tush”, “Bir qujoq gul”, “O‘git” kabi she’r va to‘rtliklarida xalq og‘zaki ijodining maqol, matal, qo‘shiq, doston singari janrlari, “Xabaring yo‘q”, “Bir vaqtlari”, “Kelmas”, “Jonim” kabi g‘azallarida mumtoz adabiyotning g‘azalnavislik, ruboiynavislik, dostonnavislik singari an’analari, “Mahzun un chekadi nay yoralari”, “Daryo – men, daryo –  sen, daryo –  u” kabi sonetlarida, “Turnallar haqida ballada”, “Avtobus haqida ballada”, “Bog‘ haqida ballada” kabi asarlarida jahon adabiy-estetik tajribalarining ta’sir ko‘rsatgani ochib berilib, bu omillar shoirning uslubiy izlanishlarda namoyon bo‘lishi isbotlanganiga oid xulosalaridan “Janubiy Orolbo‘yi adabiy aloqalari antologiyasi” va uning elektron platformasini yaratish (o‘zbek, turkman va qoraqalpoq adabiy aloqalari asosida)” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2025-yil 9-dekabrdagi 01-21-04/3743-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ijodkor mahorati tushunchalari, ijodkor izlanishlarining tadrijiy takomili, mumtoz va zamonaviy adabiyotda shakliy-uslubiy izlanishlar, an’ana va yangiliklar, adabiy ta’sir kabi masalalarga oid fikrlar bilan to‘ldirilishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tgan;
shoirning mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida dunyo, ochun, gado, qalandar, oshiq, ma’shuqa, raqib, ag‘yor, karvonsaroy, muallima, zanjir singari qator timsollar orqali falsafiy, irfoniy mazmunlarni kuchaytirib, didaktik qarashlarni singdirgani “Javzo arafasi”, “Ko‘chki”, “Ko‘prik” singari dostonlaridagi tarixiy-badiiy uyg‘unlik misolida dalillanganiga doir xulosalardan “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining 2026-yil 15-yanvardagi 11-25/27-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida ijodkorning poetik mahorati muammosining nazariy jihatlarini tadqiq qilish tarixini yoritish hamda serqirra ijodkor Matnazar Abdulhakim hayoti va ijodining o‘rganilishi, shoir adabiy merosida lirikaning ustuvorligi, mumtoz va zamonaviy janrlarning poetik takomiliga doir qarashlar bilan boyitilishi loyihaning ilmiy-nazariy ahamiyatining oshishiga xizmat qilgan;
Matnazar Abdulhakimning adabiy-estetik hamda publisistik tafakkuri istiqlol davrining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jarayonlari, ya’ni mustaqillikning e’lon qilinishi, hurriyat davrida inson erki, fikr erkinligi singari xalq ruhiyati bilan bog‘liq badiiy-estetik qarashlari “Iymon tuhfasi” publisistik maqolalari asosida isbotlangani haqidagi yangiliklardan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 27-yanvardagi 01/8107-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning asosiy xulosalarini belgilashda tadqiqot ishi natijalari muhim manba sifatida xizmat qilgan;
Matnazar Abdulhakimning “Ikkinchi muallim saboqlari”, “Mangulik jamoli”, “Tafakkur chorrahalarida” kabi kitoblariga kiritilgan badiiy-publisistik maqolalarida istiqlol yillarining dolzarb ijtimoiy-ma’naviy mavzulari yoritilgani asoslanib, sobiq mafkura sharoitida adabiyotga munosabat masalasidagi an’anaviy yondashuvlar va yangi davr tamoyillari ta’sirida adabiyotshunoslikdagi yangiliklarga munosabat masalasi ochib berilganiga oid xulosalardan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 27-yanvardagi 01/8107-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning asosiy xulosalarini belgilashda tadqiqot ishi natijalari muhim manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish