Bozorov Hamid Xo‘shmurodovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek xalq ertaklarining lingvopoetik va lingvofolkloristik tadqiqi, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil1119. 
Ilmiy maslahatchi: Umurqulov Zafar Bekpulatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Yuldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Huseyn Baydemir, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Baxtiyor Farxodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq ertaklari tilini lingvopoetik va lingvofolkloristik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertaklar matnida qo‘llaniladigan topishmoq, olqish va qarg‘ishlarning turg‘un nutq birikmalari ekani aniqlanib, ularning folklor an’anasida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan birliklar ekani hamda an’anaviy folklor strukturasining muhim komponentlari sifatidagi lingvofolkloristik tabiati asoslangan;
folklor motivlari hamda obrazlarning lisoniy shakllanishi lingvofolkloristik nuqtayi nazardan o‘rganilib, ularning xalq og‘zaki ijodi anʼanalarini saqlash, janrning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda struktur-poetik, semantik-ramziy va konnotativ, antroposentrik, hududiy va variativlik, intertekstuallik hamda konseptual kabi tamoyillar asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
ertak matnidagi davr ruhini va qahramonlar nutqining jonli, ishonchli ifodasini ta’minlovchi dialektal qatlamning lingvopoetik xususiyatlari isirg‘a, cho‘mak, qarincha, sazaq, salin, lochiq, chartak, takalak kabi dialektal birliklar hamda mapa, kunda, sanoch, ragisak, dugu, so‘lkavoy, ko‘moch, qo‘g‘irmoch, tirandozlik, bo‘rki, sallakalon singari eskirgan so‘zlar misolida asoslab berilgan;
o‘zbek xalq ertaklari asosida 400 ta frazeologizmlar o‘rganilib, ularning 88 tasi (22 %) frazeologik lug‘atda mavjud emasligi aniqlangan hamda ertaklarda mavjud maqollar xalq og‘zaki nutqi jozibasini oshirish hamda matnning ta’sirchanligini ta’minlashdagi o‘rni shipirma-shaqshul  qilmoq, bosh  qashigani  tirnog‘i  qolmaslik, g‘am  loyiga  botmoq, “Ajal  etmay  chirkay  o‘lmas”, “Azroilning  biti  ham  odam  o‘ldiradi”, “Kambag‘alning  ahvoli  bir-biriga  ma’lum”, “Podshoning belida noni, tizzasida qoni bo‘ladi” kabi barqaror birikmalar asosida dalillangan;
o‘xshatish, giperbola va litota kabi badiiy tasvir vositalarining obraz yaratish mexanizmlari hamda intertekstuallik hodisasi ertak qurilishida matnning badiiy-estetik mazmunini boyitish va uning strukturasining shakllantirishda semantik-stilistik, funksional-stilistik, tasniflash, tavsiflash, kontekstual tahlil, umumlashtirish kabi metodlardan foydalanish katta samara berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq ertaklarining linfvopoetik va lingvofolkloristik tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalari asosida:
ertaklar matnida qo‘llaniladigan topishmoq, olqish va qarg‘ishlarning turg‘un nutq birikmalari ekani aniqlanib, ularning folklor an’anasida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan birliklar ekani hamda an’anaviy folklor strukturasining muhim komponentlari sifatidagi lingvofolkloristik tabiati asosida olingan xulosalardan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2021-2023) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2026-yil 3-martdagi 72/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy xalqlar og‘zaki ijodida o‘zbek xalq ertaklarining o‘rnini belgilashda tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
folklor motivlari hamda qahramonlar obrazining lisoniy shakllanishi lingvofolkloristik nuqtayi nazardan o‘rganilib, ularning xalq og‘zaki ijodi anʼanalarini saqlash, janrning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda struktur-poetik, semantik-ramziy va konnotativ, antroposentrik, hududiy va variativlik, intertekstuallik hamda konseptual kabi tamoyillar asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi haqidagi  xulosalaridan PZ-2020042022 raqamli  “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” tadqiqot loyihasida (2021-2023) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 1-apreldagi 04/1-1727-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvodidaktik elektron platforma yaratishda lingvistik vositalarning qamrovi kengaytirilgan;
o‘zbek xalq ertaklari asosida 400 ta frazeologizmlar o‘rganilib, ularning 88 tasi (22 %) frazeologik lug‘atda mavjud emasligi hamda ertaklarda mavjud maqollar xalq og‘zaki nutqi jozibasini oshirish hamda matnning ta’sirchanligini ta’minlashdagi o‘rni shipirma-shaqshul  qilmoq, bosh  qashigani  tirnog‘i  qolmaslik, g‘am  loyiga  botmoq, “Ajal  etmay  chirkay  o‘lmas”, “Azroilning  biti  ham  odam  o‘ldiradi”, “Kambag‘alning  ahvoli  bir-biriga  ma’lum”, “Podshoning belida noni, tizzasida qoni bo‘ladi” kabi barqaror birikmalar asosida dalillanganligi haqidagi xulosalardan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada (2020-2023) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 1-apreldagi 04/1-1728-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishida zamonaviy tilshunoslikdagi yangi qarashlar, lingvopoetik va lingvofolkloristik tushunchalar bilan boyishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
ertak matnidagi davr ruhini va qahramonlar nutqining jonli, ishonchli ifodasini ta’minlovchi dialektal qatlamning lingvopoetik xususiyatlari isirg‘a, cho‘mak, qarincha, sazaq, salin, lochiq, chartak, takalak kabi dialektal birliklar hamda mapa, kunda, sanoch, ragisak, dugu, so‘lkavoy, ko‘moch, qo‘g‘irmoch, tirandozlik, bo‘rki, sallakalon singari eskirgan so‘zlar misolida asoslanganligi haqidagi xulosasidan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ko‘rsatuvlarida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Ma’rifat”  ijodiy  birlashmasi”  davlat  muassasasi  tarkibidagi  “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2026-yil 31-martdagi 01-33/211-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qadriyatlar beshigi” teleko‘rsatuv va eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish