Babajanova Yakitjon Masharipovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy Amerika hikoyalari tarjimasi va tarjima prinsiplari masalasi, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Fil2752.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzullaev Otabek Muhammadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy Amerika hikoyalarining o‘zbekcha tarjimalari va ularda mutarjimlar qo‘llagan tarjima prinsiplarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek tarjimashunosligida olimlarning badiiy tarjima prinsiplari har jihatdan asl nusxaga mos bo‘lishi  uni ijodiy aks ettirish, milliy shakl va ruhni saqlash, muallif uslubini qayta yaratish, asarning g‘oyaviy mazmuni va estetik ma’nosini tiklash kabi shart va talablar asosida shakllangan tarjima prinsiplarining o‘ziga xosligi nazariy jihatdan ochib berilgan;
zamonaviy Amerika adabiyoti adiblari ijodidan tarjima qilingan badiiy tarjima va o‘zaro adabiy aloqalar, bunda tarjimonning ijodiy uslubi va individual mahorati, tarjima va badiiylik mezonlari qiyosiy jihatdan asoslangan; 
Amerika hikoyalari matnida uchraydigan “beat her up” / “itday kaltaklar edi”; “on fire with ambition” / “yulduzni benarvon urmoq”;  “Big chest” / “tog‘day ko‘krak”;  “glanced about” / “oglyadela”/ ko'z tashlamoq kabi frazeologizmlar, obrazli ifodalar tarjimasidagi teng ekvivalentlik, muqobillik va transformatsion tarjima prinsiplari  aniqlangan;
bugungi Amerika hikoyalari matnida uchraydigan “Slumber party”, “salmon”, “moccasins”, “Jesus this and Jesus that” kabi milliy realiyalarning badiiy tarjimada aks etishi; O.Genrining “The last leaf”/ “So‘nggi yaproq”; “After twenty ears”/ “Yigirma yildan so‘ng” hikoyalarining asliyat-o‘zbekcha tarjima nusxalari taqqoslanib, M.Abdullaev, Z.Asqarova, A.Fayzullo, D.Mahkamovalarning so‘zma so‘z tarjima, erkin tarjima prinsiplariga doir tarjimon mahorati va uslubi muammolari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  “Zamonaviy Amerika hikoyalari tarjimasi va tarjima prinsiplari masalasi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon va o‘zbek tarjimashunosligida olimlarning badiiy tarjima prinsiplari har jihatdan asl nusxaga mos bo‘lishi  uni ijodiy aks ettirish, milliy shakl va ruhni saqlash, muallif uslubini qayta yaratish, asarning g‘oyaviy mazmuni va estetik ma’nosini tiklash kabi shart va talablar asosida shakllangan tarjima prinsiplarining o‘ziga xosligiga aloqador xulosa va natijalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog'iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi 01-21-04/2726-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi o‘zbek tarjimashunosligidagi yangilanishlar, so‘zma-so‘z tarjima, erkin tarjima, kalkalab tarjima tushunchalarining nazariy asoslarini belgilashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy Amerika adabiyoti adiblari ijodidan tarjima qilingan badiiy tarjima va o‘zaro adabiy aloqalar, bunda tarjimonning ijodiy uslubi va individual mahorati, tarjima va badiiylik mezonlari haqidagi ilmiy xulosalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan IL-7823051524-raqamli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/11-23882-son ma’lumotnomasi). Natijada Amerika hikoyalarini tarjima qilishdagi badiiy mahorat qirralari haqidagi mulohazalar; tarjimashunoslikdagi tarjimon va tarjima prinsiplariga doir nazariy qarashlar va ilmiy natijalari, xulosalaridan ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning epidigmatik, semantik-struktur va adatatsiya xususiyatlari asosida guruhlashtirilgan o‘zlashma so‘zlar etimologik lugʻatini tuzish tamoyillari  ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
Amerika hikoyalari matnida uchraydigan “beat her up” / “itday kaltaklar edi”; “on fire with ambition” / “yulduzni benarvon urmoq”;  “Big chest” / “tog‘day ko‘krak”;  “glanced about” / “oglyadela”/ ko'z tashlamoq kabi frazeologizmlar, obrazli ifodalar tarjimasidagi teng ekvivalentlik, muqobillik va transformatsion tarjima prinsiplari ga xos ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkaziladigan mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 01-03/336-son ma’lumotnomasi). Bu orqali yosh tarjimonlarda tarjima nazariyasi, tarjima prinsiplari bevosita va bilvosita tarjima yuzasidan bilim va ko‘nikmalar hosil qilingan;
bugungi Amerika hikoyalari matnida uchraydigan “Slumber party”, “salmon”, “moccasins”, “Jesus this and Jesus that” kabi milliy realiyalarning badiiy tarjimada aks etishi; O.Genrining “The last leaf”/ “So‘nggi yaproq”; “After twenty ears”/ “Yigirma yildan so‘ng” hikoyalarining asliyat-o‘zbekcha tarjima nusxalari taqqoslanib, M.Abdullaev, Z.Asqarova, A.Fayzullo, D.Mahkamovalarning so‘zma so‘z tarjima, erkin tarjima prinsiplariga doir tarjimon mahorati va uslubi muammolariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” radioefirining “Adabiy jarayon” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil, 24-oktyabrdagi 05-09-1679-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirish ilmiy, ma’rifiy salohiyatining yanada oshishi hamda radiotinglovchilarining Amerika adabiyotiga qiziqishining ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish