Erkaboev Xusniddin Jalildinovichning patent asosida o‘tkaziladigan falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqning haydov osti qatlamini yumshatuvchi qurilma parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5448
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12. T.03.02
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tuproqning haydov osti qatlamini yumshatuvchi qurilma parametrlarini asoslash. Ekin maydonlarida mavjud haydov osti arzik qatlamida quduqchalar hosil qilish orqali suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun gazodinamik tuproq yumshatkich qurilmasini traktorga o‘rnatib, dala sharoitida uni sinab ko‘rish va ishchi organlarining texnik echimlarini aniqlash hamda qurilma parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuproqning haydov osti arzik qatlamini yumshatuvchi qurilmaning generatoriga mos diametrdagi quvur tannlandi va u asosida generator konstruksiyasi ishlab chiqilgan hamda texnologik jarayoni asoslangan;
quvur uchidan chiqayotgan yonish mahsulotini ma’lum burchak ostida tarqalishini hisobga olib, quvur uchi diametridan katta bo‘lgan “tayanch xalqa” si ma’lum masofa uzoqligida o‘rnatilish orqali detonatsion quvur uchi bilan tuproq yuzasidagi bog‘lanish aniqlangan;
yonilg‘i-havo aralashmasidan yongan mahsulotini ochiq atmosferada tarqalishi va havoni siqilishi hamda zarba to‘lqinining tuproqqa ta’sirini hisobga olib detonatsion quvur uchidan tayanch xalqa orasidagi masofa aniqlangan;
tuproq yuzasiga yo‘naltirilgan detonatsion to‘lqin zarbasi kuchidan hosil bo‘lgan tuproqdagi kuchlanishlar va uning qarshilik kuchlari asosida quduqchani kovlash tezlik tenglamasi keltirib chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tuproqning haydov osti qatlamini yumshatuvchi qurilmaning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqning haydov osti qatlamini yumshatuvchi qurilma Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Fayzli Odil Maxmud” va “Abdusamad Jasurbek”, “Farg‘ona klaster” MChJ ga qarashli Yozyovon tumani “Barkamol G‘ayrat fayz” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-684-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning haydov osti zich qatlami yumshatilishi bilan paxta hosilini oshganligi hisobiga iqtisodiy samara 1 527 090 000 so‘m natija olishga erishilgan.