Hasanov Halim Ravshanovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Fanlararo aloqadorlik vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik asoslari” 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3477
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Mustafoev Shomurod Normo‘minovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Yarashev Jo‘rabek To‘raevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fanlararo aloqadorlik vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik madaniyat darajasi ularning fanni o‘zlashtirish jarayonida rivojlantiriladigan (atrofdagi go‘zallikni idrok etish, his qilish, baholash va ifodalash) qobiliyatlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;  
fanlararo aloqadorlik vositasida o‘quvchilarning estetik madaniyati GLIL, STEAM texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan musiqa orqali tabiat hodisalarini tasvirlash, she’rlar yozish, rasmlar chizish jarayonida individual sifatlarni shakllantiruvchi (gnoseologik, hissiy, irodaviy) omillarni belgilash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirish mazmuni bolalarning badiiy tasavvuri, estetik idroki, musiqa bilan estetika o‘rtasidagi munosabatlarga oid musiqiy savodxonligi san’at va madaniyat yo‘nalishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirish modeli ranglar va musiqiy ohanglarni o‘zaro bog‘lovchi “Rangli notalar”, “Rangli ritm” kabi ijodiy mashqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda musiqiy  kompetensiyalar (musiqa tinglash, badiiy-ijod, musiqiy savodxonlik)ni rivojlantiruvchi retrospektiv usullar asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanlararo aloqadorlik vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik madaniyat darajasi ularning fanni o‘zlashtirish jarayonida rivojlantiriladigan (atrofdagi go‘zallikni idrok etish, his qilish, baholash va ifodalash) qobiliyatlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan tavsiyalar  “Cholg‘u ijrochiligi va ansambli” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guvohnomasi 2022-yil, 19-iyuldagi “O‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi” 233-0453 ro‘yxatga olish raqami). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga doir manbalar va resurslar kengaytirilgan;  
fanlararo aloqadorlik vositasida o‘quvchilarning estetik madaniyati GLIL, STEAM texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan musiqa orqali tabiat hodisalarini tasvirlash, she’rlar yozish, rasmlar chizish jarayonida individual sifatlarni shakllantiruvchi (gnoseologik, hissiy, irodaviy) omillarni belgilash orqali takomillashtirilgan tavsiyalar asosida universitetining “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2023-2024 yillarda tasdiqlangan o‘quv dasturlarining “Cholg‘u ijrochiligi”, “Maqom yo‘nalishi” modullarining mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-dekabrdagi 02-07 5356/04-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirishda metodik yordam sifatida xizmat qilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirish mazmuni bolalarning badiiy tasavvuri, estetik idroki, musiqa bilan estetika o‘rtasidagi munosabatlarga oid musiqiy savodxonligi san’at va madaniyat yo‘nalishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tavsiyalar asosida “Solfedjio” va “Orkestr sinfi (xalq cholg‘ulari orkestri)” fanlaridan electron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Adliya Vazirligining 2022- yil 18-oktyabridagi 18814-raqamli hamda 2024-yil 1-iyundagi 39286-raqamli guvohnonalari). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish imkonini bergan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik madaniyatni rivojlantirish modeli ranglar va musiqiy ohanglarni o‘zaro bog‘lovchi “Rangli notalar”, “Rangli ritm” kabi ijodiy mashqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda musiqiy  kompetensiyalar (musiqa tinglash, badiiy-ijod, musiqiy savodxonlik)ni rivojlantiruvchi retrospektiv usullar asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan P3-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil, 21-yanvardagi 01-04/433-son ma’lumotnomasi). Natijada “Musiqiy savodxonlik” fanini tarbiya, tabiiy fanlar, tasviriy san’at kabi fanlari bilan o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan kollaborativ texnologiyalari, shaxs ma’naviy tarbiyasi hamda ijtimoiy-hissiy shakllanishidagi ahamiyati yuzasidan taklif etilgan uslubiy ko‘rsatmalar mazmuni boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish