Ergashev Orif Rahmatullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning istiqbolli O‘zFA-710 navini turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi va joriy etilishi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx485.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Izzatulla Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “O‘zFA-710” navi (№NAP 00237, 01.11.2019 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 16 dekabrdagi 01-11/2518-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi geografik uzoq shakllarini duragaylash uslubi bilan ajratib olingan populyasiyalarda olib borilgan maqsadli qayta-qayta tanlash yo‘li orqali yaratilgan L-2969 tizmasi morfoxo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda shakllanishi, barqarorlashuvi hamda saqlanish jarayonlarini o‘rganish va shu tizma asosida yangi nav darajasiga etkazilgan istiqbolli O‘zFA-710 navini turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini o‘rganish, sara urug‘lik chigitini etishtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zaning G. hirsutum L. turining geografik uzoq shakllarini o‘zaro duragaylash natijasida ajratib olingan L-2969 tizmasi asosida uzoq yillar davomida maqsadli qayta-qayta tanlash usulini qo‘llash orqali tolasining sifati hamda chiqimi yuqori bo‘lgan yangi O‘zFA-710 navi yaratilgan;
maqsadli olib borilgan seleksion urug‘chilik ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi O‘zFA-710 navi populyasiyasi fenotipik tekislangan, urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O’z DSt 633:2006; morfoxo‘jalik belgilari sofligi - O’zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari - O’zDSt 604:2001 talablariga javob bera oladigan darajaga keltirilgan;
g‘o‘zaning istiqbolli O‘zFA-710 navini respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi, morfoxo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda saqlanish jarayonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi geografik uzoq shakllarini duragaylash uslubi bilan ajratib olingan populyasiyalarda olib borilgan maqsadli qayta-qayta tanlash yo‘li orqali yaratilgan L-2969 tizmasi morfoxo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda shakllanishi, barqarorlashuvi hamda saqlanish jarayonlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
O‘zFA-710 navi 2013-2015 yillarda Davlat nav sinash komissiyasining shoxobchalarida sinovdan o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv Xo‘jaligi Vazirligining 2015 yil 3-aprel, 68-son qororiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona filialida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba dalasida birlamchi urug‘lik chigitini ko‘paytirish uchun ruxsat berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2017 yil 27-dekabrdagi 349-son qarori bilan Farg‘ona viloyatiga istiqbolli deb topilib, davlat reestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 84-2 son qo‘shma buyrug‘iga binoan ushbu g‘o‘za navi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona filialida, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Nasafiy” va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Azamat” yangi navlar urug‘larini dastlabki ko‘paytiruvchi elita urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida urug‘chilik ishlari davom ettirilmoqda (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3463-son ma’lumotnomasi);
Joriy 2019 yilda Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi “Farg‘ona” filialida etishtirilgan O‘zFA-710 navining 12 ga maydondagi elita avlodli hosilining urug‘lik qismini ayni damda mazkur tumanda faoliyat olib borayotgan “FERGANA SPINNING” Klasteri tomonidan qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3463-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur Klaster tomonidan 2020 yilda ushbu g‘o‘za navining urug‘lik chigitlarini Bog‘dod tumanida 1200 ga maydonga ekish rejalashtirilgan.
O‘zFA-710 naviga 2019 yilda №NAP 00237 raqamli patent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3463-son ma’lumotnomasi).