Javxarova Nilufar Odiljon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi (Ashurali Zohiriy faoliyati misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped12552         
Ilmiy rahbar: Kobilova Zebo Bakirovna filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Gulbahor Azamovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; ikkinchi rasmiy opponent sifatida Hamroev G‘ofir Hasanovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasini Ashurali Zohiriy faoliyati misolida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash, uning hayoti, ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati, ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari va pedagogik merosining zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ashurali Zohiriyning pedagogik qarashlari birinchi marta kompleks ilmiy-pedagogik tahlil asosida asoslangan. Uning  muallimlik, matbuotchilik, navoiyshunoslik va milliy til taraqqiyotiga oid faoliyati, darslik yaratish tajribasi o‘zbek pedagogikasi taraqqiyotiga xizmat qilgan yaxlit ma’rifiy-pedagogik tizim sifatida birinchi marta talqin qilingan; Zohiriy merosini jadid ma’rifatchiligi, milliy pedagogik tafakkur va o‘zbek pedagogikasi tarixining uzviy tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatib beradigan nazariy-ilmiy asos ishlab chiqilgan.
Ashurali Zohiriy pedagogik merosining mazmuniy yo‘nalishlari aniqlashtirilgan va tizimlashtirilgan. Ona tili va adabiyot ta’limi, savodxonlikni oshirish, milliy merosga hurmat, yosh avlodni ma’rifatga yo‘naltirish, o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy mas’uliyati va milliy o‘zlikni anglash g‘oyalari asosiy pedagogik mezonlar sifatida belgilangan; ushbu mezonlarning zamonaviy kompetentlik yondashuvi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari bilan mazmunan uyg‘unligi isbotlangan.
Ashurali Zohiriy merosini zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan. Mazkur model uchta o‘zaro bog‘liq komponent -  bilishga oid (kognitiv), qadriyatli-motivatsion va faoliyatli -  asosiga qurilgan bo‘lib, talabalarda tarixiy-pedagogik merosni anglash, milliy-ma’rifiy qadriyatlarga ongli munosabat va kasbiy-metodik ko‘nikmalarni birgalikda shakllantirishga yo‘naltirilgan; modelning nazariy asoslari va tarkibiy komponentlari birinchi marta mustaqil ilmiy-metodik butunlik sifatida tavsiflangan.
Ashurali Zohiriy pedagogik merosini oliy ta’limda o‘rganishning metodik tizimi takomillashtirilgan, ushbu tizim talabalarda tarixiy-pedagogik bilim, kasbiy mas’uliyat va milliy pedagogik tafakkurni rivojlantirishdagi samaradorligi birinchi marta empirik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Ashurali Zohiriy pedagogik merosini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarning joriylanishi quyidagilarda ko‘rinadi:
Ashurali Zohiriyning pedagogik qarashlari jadid ma’rifatchiligi, milliy pedagogik tafakkur va o‘zbek pedagogikasi tarixining uzviy tarkibiy qismi sifatida asoslangan, uning darslikchilik, muallimlik, matbuotchilik, navoiyshunoslik va milliy til taraqqiyotiga doir faoliyati o‘zbek pedagogikasi rivojiga xizmat qilgan ma’rifiy-pedagogik tizim sifatida talqin qilingan o‘rinlardan AL-322103020  raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 23-maydagi 21/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, platforma yangi va ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratilgan;
Dissertatsiya ishi natijalari respublika fan va texnologiyalari rivojlanishning “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan quyidagi tadqiqot natijalarida: jadidlar maktab, darslik, matbuot va muallim shaxsini ma’rifiy islohotlarning tayanch vositalari sifatida talqin etib, ta’limni jamiyat taraqqiyotining asosiy omili deb baholaganligi, yangi usul maktablari faoliyati, ona tilida ta’lim berish, dunyoviy fanlarga e’tibor kuchayishi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jadidchilik harakatining amaliy pedagogik mazmunini tashkil etganligiga doir mualliflik g‘oyalaridan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 11-iyundagi 01-09/422-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi hamda Ashurali Zohiriy asarlari jadid pedagogikasining ta’limiy-uslubiy mumtoz namunalari sifatida baholanishi kabi ilmiy xulosalardan IL-662205522-raqamli “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik echimlardan integratsiyalashgan holda foydalanilgan.   
Ashurali Zohiriy merosini zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan, mazkur model bilishga oid, qadriyatli-motivatsion va faoliyatli komponentlar asosida talabalarda tarixiy-pedagogik merosni anglash, milliy-ma’rifiy qadriyatlarga munosabat va kasbiy-metodik ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘rinlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida o‘tkazib kelinayotgan anjumanlar, seminarlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 12-iyundagi 252-son ma’lumotnomasi). Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Natijada seminarlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan;
Zohiriy pedagogik merosini oliy ta’limda o‘rganishning metodik tizimi takomillashtirilgan, ma’ruza, seminar, mustaqil ish, manba tahlili, qiyosiy jadval, taqdimot, refleksiv esse va tarbiyaviy tadbirlar asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari orqali ushbu tizimning talabalarda tarixiy-pedagogik bilim, kasbiy mas’uliyat va milliy pedagogik tafakkurni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”  nomli eshittirishlari (2019-2022-yillar) ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 12-martdagi 04-36-359-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish