Zaripov Nozimbek Nayimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1066 ISSN2181-5763
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.16.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Ilmiy maslahatchi: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Muradova Firuza Rashidovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Turdiev Shoxrux Razzoqovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning motivatsion, hamkorlikda o‘qitish, integratsion, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini rivojlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlar mantiqiy fikrlash, dasturlar tuzish, ularni kompyuter yordamida amalga oshirish orqali aniqlangan;
o‘quvchilarning amaliy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol ta’limga asoslangan muammoli topshiriqlar (formula, funksiyalar va SQL so‘rovlari yozish, animatsiyalarni boshqarish, ma’lumotlarni tekshirish), muammoli-izlanishli vaziyatlar (axborotlarni kodlash, mantiqiy ifodalar va sxemalar, sanoq tizimlari, axborot uzatish tezligi, ma’lumotlarni shifrlash) ni yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning metodik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uslub (style) tili (CSS), belgilash tili (HTML), vizual (Scratch), dinamik (JavaScript) dasturlash hamda obektga yo‘naltirilgan dasturlash (Python) tillariga oid mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasini onlayn o‘quv vositalariga, chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi masalalarga moslash orqali o‘quvchilarda axborot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanishining didaktik model asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni dasturiy vositalarga oid kreativ kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari algoritmik sxemalar, veb texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar “Raqamli ta’lim” nomli elektron ta’lim platformasi asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish hamda ta’lim natijalarini baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi “Raqamli ta’lim” nomli elektron manbadan dars jarayonida foydalanish uchun ishlab chiqilgan muammoli mashqlar to‘plamini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishning motivatsion, hamkorlikda o‘qitish, integratsion, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini rivojlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlar mantiqiy fikrlash, dasturlar tuzish, ularni kompyuter yordamida amalga oshirishga oid taklif va tavsiyalar “Informatika va raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i 438-505 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish va dasturlashga oid faolligini oshirishga erishilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanishga oid muammoli masalalar echimi, dasturlash tillarini o‘rganishga doir videodarslar orqali maktab o‘qituvchilari bilan ijodiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan;
o‘quvchilarning amaliy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol ta’limga asoslangan muammoli topshiriqlar (formula, funksiyalar va SQL so‘rovlari yozish, animatsiyalarni boshqarish, ma’lumotlarni tekshirish), muammoli-izlanishli vaziyatlar (axborotlarni kodlash, mantiqiy ifodalar va sxemalar, sanoq tizimlari, axborot uzatish tezligi, ma’lumotlarni shifrlash) ni yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning metodik ta’minotini ishlab chiqishga oid metodik tavsiyalar “Zamonaviy dasturlash tillari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i 194-147 raqamli guvohnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga va dars mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uslub (style) tili (CSS), belgilash tili (HTML), vizual (Scratch), dinamik (JavaScript) dasturlash hamda obektga yo‘naltirilgan dasturlash (Python) tillariga oid mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasini o‘quv vositalariga, chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi masalalarga moslash orqali o‘quvchilarda axborot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik model asosida takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan metodik ko‘rsatmalar “zamonaviy dasturiy vositalar” o‘quv kurslari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 01/11-9-771-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga oid murakkab dasturlar tuzish, muammoli masalalar echimi, zamonaviy dasturiy vositalarni o‘rganishga doir ishlab chiqilgan platforma o‘quvchilari bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.
o‘quvchilarni dasturiy vositalarga oid kreativ kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari algoritmik sxemalar, veb texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar “Raqamli ta’lim” nomli elektron ta’lim platformasi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Informatikaning nazariy asoslari” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i 194-208 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanishning nazariy asoslariga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.
o‘quvchilarning zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish hamda ta’lim natijalarini baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi “Raqamli ta’lim” nomli elektron manbadan dars jarayonida foydalanish uchun ishlab chiqilgan mashqlar to‘plamini amaliyotda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar dan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2018-2022-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetini shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 20-oktyabrdagi 01-11-05/6474-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda zamonaviy axborot kompetensiyalarni shakllantirish va ularning texnologik rivojlanish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.