Ishandjanov Sardor Tulashbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklari tomonidan tashqi savdoni kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4728.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Musaxonzoda Ikromjon Sobirjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan tashqi savdoni kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi savdo operatsiyalarini rag‘batlantirish, iqtisodiyotning umumiy likvidligini oshirish, hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida “savdo moliyalashtirish bo‘shlig‘i”ni qisqartirish yo‘lida bank kredit portfelida savdo va xizmatlar sohasiga ajratiladigan kreditlar hajmi va ulushini oshirib borish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar hajmining oshishi eksport hajmini ijobiy dinamika bilan rag‘batlantirishi, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ko‘tarilishi esa eksport salohiyatini susaytirishi orqali tashqi savdoni moliyalashtirishda bank sektorining bevosita va statistik jihatdan ahamiyatli ta’siri empirik asoslangan;
tijorat banklarida savdoni moliyalashtirish natijasida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlar hajmining o‘zgarishiga iqtisodiy likvidlik darajasini aks ettiruvchi pul massasining oshishi salbiy, milliy valyuta almashinuv kursi o‘zgarishlari esa ijobiy yo‘nalishda sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib, bank kredit portfeli sifati valyuta risklariga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligi tasdiqlangan;
AT O‘zsanoatqurilishbank kredit portfeli hajmi, hamda bank tomonidan tashqi savdo uchun ajratilayotgan kreditlar hajmining o‘zgarish tendensiyalarini empirik baholash asosida 2028 yilga prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari tomonidan tashqi savdoni kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi savdo operatsiyalarini rag‘batlantirish, iqtisodiyotning umumiy likvidligini oshirish, hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida “savdo moliyalashtirish bo‘shlig‘i”ni qisqartirish yo‘lida bank kredit portfelida savdo va xizmatlar sohasiga ajratiladigan kreditlar hajmi va ulushini oshirishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilish bank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB O‘zsanoatqurilishbank kredit portfelida savdo va xizmatlar sohasiga ajratiladigan kreditlar hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 32,2 foizga, ba uning bank korporativ kreditlar portfelidagi salmog‘i 190 bazis punktga oshgan.  
tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar hajmining oshishi eksport hajmini ijobiy dinamika bilan rag‘batlantirishi, uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ko‘tarilishi esa eksport salohiyatini susaytirishi orqali tashqi savdoni moliyalashtirishda bank sektorining bevosita va statistik jihatdan ahamiyatli ta’siriga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilish bankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banki krediti hajmining bir foizga oshishi uch chorak kechikish bilan mamlakatimiz eksporti hajmini 0,7 foizga oshirishi, hamda uzoq muddatli kreditlari foizining bir foizga oshishi esa eksport hajmining o‘zgarishini ikki choraklik lag bilan -0,14 foizga pasaytirishi empirik tahlillar asosida aniqlangan.
tijorat banklarida savdoni moliyalashtirish natijasida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlar hajmining o‘zgarishiga iqtisodiy likvidlik darajasini aks ettiruvchi pul massasining oshishi salbiy, milliy valyuta almashinuv kursi o‘zgarishlari esa ijobiy yo‘nalishda sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib, bank kredit portfeli sifati valyuta risklariga nisbatan yuqori sezuvchanlikka ega ekanligiga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilish bankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB O‘zsanoatqurilish bankda savdoni moliyalashtirish natijasida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlari hajmini mumoladagi pul massasi o‘zgarishining bir foizga oshishi ikki oylik kechikish bilan -1,15 foizga kamaytirishi, hamda milliy valyuta almashinuv kursi o‘zgarishining bir foizga oshishi esa, ikki oylik lag bilan 0,29 foizga oshirishi vektorli avtoregressiya modeli asosida aniqlangan;
ATB O‘zsanoatqurilishbank kredit portfeli hajmi, bank tomonidan tashqi savdo uchun ajratilayotgan kreditlar hajmining o‘zgarish tendensiyalarini empirik baholash asosida 2028 yilga prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB O‘zsanoat-qurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, optimal prognoz natijalariga ko‘ra, 95 foiz ehtimollik bilan Seasonal ARIMA modeli asosida 2028-yilda 2024-yilga nisbatan korporativ kreditlar hajmi 80,3 foizga, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kreditlar hajmi esa 52,7 foizga oshishi, Holt-Winters modeli asosida korporativ kreditlar hajmi 43,3 foizga, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kreditlar hajmi esa 53,3 foizga barqaror o‘sishni kutilmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish