Salimov Akmal Alimjonovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1082
Ilmiy maslahatchi: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nabiev Dilmurod Xamidullaevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar:
Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishni global reyting baholash uslubiyotiga integratsiyalash holatini oliy ta’lim tashkilotining tadqiqot salohiyatidan foydalanish (P_(R&D)), oliy ta’lim tashkilotida ta’lim sifatining ta’minlanganlik holati (Q_HE), iqtibosliklar indeksi (C_HIJ), oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy tadqiqot markazlari va reyting tizimlariga integratsiyalashuvi (I_G) singari ko‘rsatkichlar asosida baholash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim xizmatlarining akademik jihatdan sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini “hamkorlik tizimini shakllantirish → davlat byudjeti”, “ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish → korxona mablagʻlari”, “amaliy ta’lim ustuvorligini ta’minlash → grantlar”
va “mentorlik tizimini joriy qilish → shartnomaviy ta’lim” kombinatsiyalariga asoslangan dual ta’lim va “Kasb egasi” ta’lim traektoriyasiga asoslangan dual ta’limga o‘tish orqali takomillashtirish taklif etilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini davlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishida davlat byudjeti, ta’lim shartnomalari, xususiy sektor investisiyalari, xalqaro grantlar, korporativ buyurtmalar, ilmiy tadqiqot tushumlari va endaument fondlari singari tarkibiy elementlari orqali “diversifikatsiyalashgan moliyalashtirish modeli”ni amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatini iste’molchi talabi nuqtayi nazaridan oliy ta’lim tashkiloti, ish beruvchi (korxona) va talaba o‘rtasidagi uch yoqlama shartnomaviy mexanizmlarini joriy etish orqali talabalarning ish haqi to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatining umumiy integral indeksi (〖SI〗_OTX) rivojlanishi bo‘yicha akademik sifat, ilmiy salohiyat, bitiruvchilar bandligi va raqamlashtirish darajasi bo‘yicha 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan muqobil ssenariylari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishlari borasida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirishni global reyting baholash uslubiyotiga integratsiyalash holatini oliy ta’lim tashkilotining tadqiqot salohiyatidan foydalanishi (P_(R&D)), oliy ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini ta’minlanganlik holati (Q_HE), iqtibosliklar indeksi (C_HIJ), oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy tadqiqot markazlari va reyting tizimlariga integratsiyalashuvi (I_G) singari ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘gʻrisida” 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarorining 2-ilovasi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-apreldagi 04/17-2872-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yilda qabul qilingan yangi baholash uslubiyoti natijalariga ko‘ra, QS World University Rankings–2026 reytingida O‘zbekistonning 7 ta oliygohi, shundan, 3 tasi TOP–1000 oliygohlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi. Shuningdek, joriy yilda “Times Higher Education – Impact ranking 2025” TOP–1000 oliygohlar ro‘yxatidan respublikamizning 12 ta oliy ta’lim tashkiloti o‘rin egalladi. Jumladan, mazkur ro‘yxatdan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti singari oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi;
oliy ta’lim xizmatlarining akademik jihatdan sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini “hamkorlik tizimini shakllantirish → davlat byudjeti”, “ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish → korxona mablagʻlari”, “amaliy ta’lim ustuvorligini ta’minlash → grantlar”
va “mentorlik tizimini joriy qilish → shartnomaviy ta’lim” kombinatsiyalariga asoslangan dual ta’lim va “Kasb egasi” ta’lim traektoriyasiga asoslangan dual ta’limga o‘tish orqali takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” 2025-yil 16-yanvardagi 14-sonli qarorining 3-bandini ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-apreldagi 04/17-2872-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda 2025/2026-o‘quv yilida dual ta’lim asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan hamkor korxona va tashkilotlar soni 2 832 tani, unda tahsil olayotgan talabalar soni 53 301 nafarni tashkil etgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini davlat oliy ta’lim tashkilotlarini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishida davlat byudjeti, ta’lim shartnomalari, xususiy sektor investisiyalari, xalqaro grantlar, korporativ buyurtmalar, ilmiy tadqiqot tushumlari
va endaument fondlari singari tarkibiy elementlari orqali “diversifikatsiyalashgan moliyalashtirish modeli”ni amaliyotga joriy etish orqali takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-sonli Farmonining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yoʻl xaritasi”ni IV-tamoyil-“Tijoratlashtirish” tamoyilini amalga oshirish bo‘limi 30-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan
va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-apreldagi 04/17-2872-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni joriy qilinishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish uchun qo‘shimcha mablagʻlarni jalb etish, jalb etilgan mablagʻlarga nisbatan davlat byudjetidan ham qo‘shimcha mablagʻlarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi;
oliy ta’lim xizmatlari sifatini iste’molchi talabi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti, ish beruvchi (korxona) va talaba o‘rtasidagi uch yoqlama shartnomaviy mexanizmlarini joriy etish orqali talabalarning ish haqi to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish taklifidan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarining haq to‘lanadigan malaka amaliyotini tashkil etish tartibi to‘gʻrisida” 2024-yil 8-yanvardagi 11-sonli qarori 3-bandi 1-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil
24-apreldagi 04/17-2872-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda talabalarning ish haqi to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish yoʻlga qo‘yilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatining umumiy integral indeksi (〖SI〗_OTX) rivojlanishi bo‘yicha akademik sifat, ilmiy salohiyat, bitiruvchilar bandligi va raqamlashtirish darajasi bo‘yicha 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan muqobil ssenariylari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 7-maqsadi 26 va 27-bandlarini ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-apreldagi 04/17-2872-son ma’lumotnomasi). Natijada 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha ta’lim sifati indeksi inersion ssenariyda 74,1 ball, maqsadli-modernizatsion ssenariyda 84,4 ball, jadal transformatsiya ssenariysida esa 95,8 ball olish imkoni aniqlangan.