Aliqulov Ravshan Shodiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalla tizimi faoliyatining iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3952.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalla tizimi faoliyatining iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
         Mahalla instituti genezisi va iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillariga oid nazariy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish orqali mahallaning iqtisodiy funksiyalari va o‘ziga xos tizim sifatidagi tarkibiy elementlari asoslangan;
         “Mahalla ettiligi” mas’ullari tomonidan vazifalarning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi “funksiyalar takrorlanish sohalari”ni ularning o‘zaro muvofiqlashtirilishi, ma’lumotning tezkor almashinuvi va maslahatlashuv dastaklarini faol yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish taklifi asoslangan;
         “Mahalla ettiligi” a’zolarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash uslubi mahalla raisi tomonidan xodimning o‘z xizmat vazifasi doirasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish darajasini hisobga oluvchi ballarni belgilash tartibini kiritish orqali takomillashtirilgan;
         Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining samarali shakllanishini baholashda jamg‘armaning umumiy hajmi, undagi har bir manbaning ulushi, jamg‘arma manbalari diversifikatsiya darajasidan foydalanish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalla tizimi faoliyatining iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
mahalla instituti genezisi va iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillariga oid nazariy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish orqali mahallaning iqtisodiy funksiyalari va o‘ziga xos tizim sifatidagi tarkibiy elementlarini asoslash taklifidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “O‘zbekistonda mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 20-apreldagi 02-03-11/741-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalla institutining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning iqtisodiy funksiyalari va o‘ziga xos tizim sifatidagi tarkibiy elementlari faoliyatini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
“Mahalla ettiligi” mas’ullari tomonidan vazifalarning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi “funksiyalar takrorlanish sohalari”ni ularning o‘zaro muvofiqlashtirilishi, ma’lumotning tezkor almashinuvi va maslahatlashuv dastaklarini faol yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish taklifidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “O‘zbekistonda mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 20-apreldagi 02-03-11/741-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Mahalla ettiligi” mas’ullari o‘rtasida  funksiyalarning o‘zaro muvofiqlashtirilishi, ma’lumotning tezkor almashinuvi va maslahatlashuv dastaklarini faol yo‘lga qo‘yish orqali “funksiyalar takrorlanish sohalari”ni bartaraf etish imkoni yaratilgan; 
“Mahalla ettiligi” a’zolarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash uslubi mahalla raisi tomonidan xodimning o‘z xizmat vazifasi doirasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish darajasini hisobga oluvchi ballarni belgilash tartibini kiritish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “O‘zbekistonda mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 20-apreldagi 02-03-11/741-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Mahalla ettilik” a’zolarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash uslubini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;  
         Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining samarali shakllanishini baholashda jamg‘armaning umumiy hajmi, undagi har bir manbaning ulushi, jamg‘arma manbalari diversifikatsiya darajasidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “O‘zbekistonda mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 20-apreldagi 02-03-11/741-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining samarali shakllanishini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish