Ro‘zieva Nafosat Abdumumin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talablarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning psixologik mexanizmlari”. 19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P806.
Ilmiy rahbar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sayitova Umida Hikmatillo qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD).
Yetakchi  tashkilot: Buxaro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning psixologik mexanizmlarini tadqiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kurslar kesimidagi qiyosiy natijalar talabalarda axloqiy qadriyatlarning shakllanishi ta’lim jarayoni davomida qaramlikdan mustaqillikka o‘tish, muloqotmandlik va kurashga tayyorlikning kuchayishi, shuningdek, axloqiy tamoyillarni ijtimoiy munosabatlarda mustaqil himoya qilishga tayangan bosqichma-bosqich psixologik rivojlanish mexanizmlari orqali yuzaga chiqishini dalillagan;
hayotiy qadriyatlarning morfologik ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan korrelyasion munosabatlar asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarning shakllanishi “axloqiy ong”ning o‘zini rivojlantirish bilan, “o‘zini anglash”ning ijodkorlik va individuallikni saqlash bilan, “mas’uliyat hissi”ning esa faol ijtimoiy aloqalar hamda moddiy farovonlikka ongli munosabat bilan uyg‘unlashuvi orqali namoyon bo‘lishi dalillangan;
guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqlik tahlili shuni ko‘rsatdiki, talabalarda axloqiy qadriyatlarning rivojlanishi mustaqil qaror qabul qilish, o‘zini muloqot jarayonida anglash, murakkab vaziyatlarga faol kirishish va mas’uliyatni kurashga tayyorlik bilan birlashtirishga tayangan psixologik mexanizmlar vositasida kechadi;
tajriba-sinov natijalarining qiyosiy tahlili asosida rivojlantiruvchi trening dasturi ta’sirida “axloqiy ong”, “o‘zini anglash” va “mas’uliyat hissi” ko‘rsatkichlarining sezilarli oshgani aniqlanib, talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish ma’naviy me’yorlarni ongli qabul qilish, refleksiv o‘zini tahlil qilish va qarorlar oqibatiga javobgarlik bilan yondashishni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar orqali samarali ta’minlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda axloqiy qadriyat shakllanishining pedagogik-psixologik omillari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
kurslar kesimidagi qiyosiy natijalar talabalarda axloqiy qadriyatlarning shakllanishi ta’lim jarayoni davomida qaramlikdan mustaqillikka o‘tish, muloqotmandlik va kurashga tayyorlikning kuchayishi, shuningdek, axloqiy tamoyillarni ijtimoiy munosabatlarda mustaqil himoya qilishga tayangan bosqichma-bosqich psixologik rivojlanish mexanizmlari orqali yuzaga chiqishini dalillaganligiga oid ma’lumotlar Respublika ma’naviyat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishi, 2-bandida, ya’ni “Milliy o‘zlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha yangi hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 11-iyul 10/415-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlashtirilgan;
hayotiy qadriyatlarning morfologik ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan korrelyasion munosabatlar asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarning shakllanishi “axloqiy ong”ning o‘zini rivojlantirish bilan, “o‘zini anglash”ning ijodkorlik va individuallikni saqlash bilan, “mas’uliyat hissi”ning esa faol ijtimoiy aloqalar hamda moddiy farovonlikka ongli munosabat bilan uyg‘unlashuvi orqali namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Respublika ma’naviyat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishi, 2-bandida, ya’ni “Milliy o‘zlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha yangi hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 11-iyul 10/415-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik natijalari ochib berilgan;
guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqlik tahlili shuni ko‘rsatdiki, talabalarda axloqiy qadriyatlarning rivojlanishi mustaqil qaror qabul qilish, o‘zini muloqot jarayonida anglash, murakkab vaziyatlarga faol kirishish va mas’uliyatni kurashga tayyorlik bilan birlashtirishga tayangan psixologik mexanizmlar vositasida kechishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Respublika ma’naviyat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishi, 2-bandida, ya’ni “Milliy o‘zlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha yangi hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 11-iyul 10/415-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir metodikalar tizimlashtirilgan;
tajriba-sinov natijalarining qiyosiy tahlili asosida rivojlantiruvchi trening dasturi ta’sirida “axloqiy ong”, “o‘zini anglash” va “mas’uliyat hissi” ko‘rsatkichlarining sezilarli oshgani aniqlanib, talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish ma’naviy me’yorlarni ongli qabul qilish, refleksiv o‘zini tahlil qilish va qarorlar oqibatiga javobgarlik bilan yondashishni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar orqali samarali ta’minlanishi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar Respublika ma’naviyat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishi, 2-bandida, ya’ni “Milliy o‘zlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha yangi hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifalarini amalga oshirishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 11-iyul 10/415-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik treninglar ishlab chiqilgan va uning samaradorligi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish