Razzokova Shaxnoza Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlari”. 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P958.
Ilmiy rahbar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Muhammedjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘quv jarayoniga moslashuvi 3-bosqich talabalari 1-bosqich talabalari ga nisbatan o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik va hamkorlik xususiyatlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega bo‘lganligi tufayli ijtimoiy-psixologik resurslarning shakllanganlik darajasiga ko‘ra kurslar kesimida farqlanishi aniqlangan.
nodavlat ta’lim tashkiloti talabalarining o‘quv jarayoniga moslashuvida shaxsning o‘zini va boshqalarni qabul qilish darajasi ijtimoiy-psixologik ochiqlik hamda konstruktiv o‘zaro munosabatlarga tayyorlikning shakllanishi bilan bog‘liq ravishda yuqori rivojlanishi tufayli, talabalar o‘quv faoliyati bilan bog‘liq vertikal va gorizontal munosabatlarda o‘zini nazorat qilish muhim psixologik omil ekanligi dalillangan.
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvi o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik va hamkorlik omillarining o‘quv guruhiga hamda o‘quv faoliyatiga moslashuvi bilan o‘zaro differensial bog‘langanligi tufayli talabalarning akademik adaptatsiyasini refleksiv xususiyatlar orqali oshirish mexanizmlariga identiv ekanligi dalillangan.
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ psixologik model o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik hamda hamkorlikni o‘zaro tizimli bog‘liqlikda rivojlantirishga asoslangan mexanizmlarga bog‘liq ravishda ushbu komponentlarning o‘zaro funksional integratsiyasi va dinamik o‘zgaruvchanligini ta’minlovchi nazariy-amaliy konstrukt sifatida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvining ijtimoiy-psixologik determinantlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘quv jarayoniga moslashuvi 3-bosqich talabalari 1-bosqich talabalari ga nisbatan o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik va hamkorlik xususiyatlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega bo‘lganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi   PM-406 son buyrug‘i bilan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi   PM-406 son Ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-psixologik resurslarning shakllanganlik darajasiga ko‘ra kurslar kesimida farqlanishi aniqlangan;
nodavlat ta’lim tashkiloti talabalarining o‘quv jarayoniga moslashuvida shaxsning o‘zini va boshqalarni qabul qilish darajasi ijtimoiy-psixologik ochiqlik hamda konstruktiv o‘zaro munosabatlarga tayyorlikning shakllanishi bilan bog‘liq ravishda yuqori rivojlanishiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi   PM-406 son buyrug‘i bilan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi   PM-406 son Ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘quv faoliyati bilan bog‘liq vertikal va gorizontal munosabatlarda o‘zini nazorat qilish muhim psixologik omil ekanligi dalillangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvi o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik va hamkorlik omillarining o‘quv guruhiga hamda o‘quv faoliyatiga moslashuvi bilan o‘zaro differensial bog‘langanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi   PM-406 son buyrug‘i bilan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi   PM-406 son Ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning akademik adaptatsiyasini refleksiv xususiyatlar orqali oshirish mexanizmlariga identiv ekanligi dalillangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlari talabalari o‘quv jarayoniga moslashuvini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ psixologik model o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik hamda hamkorlikni o‘zaro tizimli bog‘liqlikda rivojlantirishga asoslangan mexanizmlarga bog‘liqlikka oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi   PM-406 son buyrug‘i bilan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi   PM-406 son Ma’lumotnomasi). Natijada ushbu komponentlarning o‘zaro funksional integratsiyasi va dinamik o‘zgaruvchanligini ta’minlovchi nazariy-amaliy konstrukt sifatida ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish