Radjapova Firuza Duschanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada er-xotin munosabatlaridagi gender tenglikni ta’minlashning psixologik xususiyatlari” (oilalar misolida). 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P612.
Ilmiy rahbar: Qurbanova Shaxloxon Bahodirovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Do‘sanov Elbek Absamatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilada er-xotin munosabatlaridagi gender tenglikni ta’minlashning psixologik xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik darajasini hududiy hamda yosh dinamikasi jihatdan tahlil qilingan;
oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik shakllantirishda qadriyatlar omillarini o‘rnini aniqlashtirilgan;
oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik ta’minlashga mo‘ljallangan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oilada er-xotin munosabatlaridagi gender tenglikni ta’minlashning psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilsin;
Oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik darajasini hududiy hamda yosh dinamikasi jihatdan tahlil qilingan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Shaxslararo munosabatlar” moduliga kiritilsin;
Oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik shakllantirishda qadriyatlar omillarini o‘rnini aniqlashtirilgan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilsin;
Oilalarda er-xotin munosabatlaridagi gender tenglik ta’minlashga mo‘ljallangan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilsin.
Asos: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2026-yil 12-martdagi 13-sonli ilmiy metodik Kengash bayonnomasi.