Hafizova Firuza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P612.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Djumaniyozova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda konfliktologik madaniyatning shakllanishi 2-bosqich talabalarida “bahs-munozara” va “o‘zini chetga olish” kabi nisbatan individual va qisman destruktivlikning, 4-bosqich talabalarida esa “hamkorlik” va “moslashish” kabi konstruktiv va ijtimoiy yo‘naltirilganlikning yetakchiligi asosida ta’lim bosqichiga bog‘liq psixologik strategiyalarning konfliktli vaziyatlarda xulq-atvorning evolyusiyasiga ko‘ra o‘zgarishi xarakterli ekanligi aniqlangan;
shaxslararo munosabatlarni subektiv baholash ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka ko‘ra «bahs-munozara» va «o‘zini chetga olish» uslublari keskinlik hamda agressiyani oshiruvchi, «hamkorlik», «kelishuv» va «moslashish» uslublari esa ziddiyatlilik, begonalashuv va agressiyani kamaytiruvchi omillar ekanligiga asoslanib, talaba yoshlarning konfliktologik madaniyatining shaxslararo integratsiya va konstruktiv muloqotga bog‘liq psixologik asoslari ochib berilgan;
talaba yoshlarning konfliktologik madaniyatida empatiyaviy mexanizmlar hamdardlikning hissiy sezgirlikka asoslangan kanali konflikt vaziyatlarida bahs-munozara va muammolardan chetlanish kabi xulq-atvor shakllari bilan susayishi, hamkorlik va moslashuv strategiyalari shaxsning boshqalar kechinmalarini chuqur his qilish, ularga faol kirishish va o‘zaro tushunishni kuchaytirishi, kelishuvga moyillik esa empatiyaning ongli, tahliliy idrok etish qobiliyatini rivojlantirib, muloqotda muvozanat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashi asosida konflikt vaziyatlarda destruktiv xulq-atvorni kamaytiruvchi va konstruktiv muloqotni shakllantiruvchi yetakchi psixologik omil sifatida dalillangan;
talabalarning konfliktogen madaniyatini shakllantirishda muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan va moslashuvchan xulq-atvor konstruktiv konflikt boshqaruvi va faol ijtimoiy pozisiyani kuchaytirishi, hamkorlik va kelishuv strategiyalari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qabul qilish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashi, o‘zini chetga olish va muammodan qochish esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan uzoqlashish va konfliktlarni hal etish samaradorligini pasaytirishi asosida konfliktologik kompetensiyalari va hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashishga qaratilgan konstruktiv coping strategiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarda konfliktologik madaniyatning shakllanishi 2-bosqich talabalarida “bahs-munozara” va “o‘zini chetga olish” kabi nisbatan individual va qisman destruktivlikning, 4-bosqich talabalarida esa “hamkorlik” va “moslashish” kabi konstruktiv va ijtimoiy yo‘naltirilganlikning yetakchiligi asosida ta’lim bosqichiga bog‘liq psixologik strategiyalarning konfliktli vaziyatlarda xulq-atvorning evolyusiyasiga ko‘ra o‘zgarishi xarakterli ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-488-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-488a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlashtirilgan; 
shaxslararo munosabatlarni subjektiv baholash ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka ko‘ra «bahs-munozara» va «o‘zini chetga olish» uslublari keskinlik hamda agressiyani oshiruvchi, «hamkorlik», «kelishuv» va «moslashish» uslublari esa ziddiyatlilik, begonalashuv va agressiyani kamaytiruvchi omillar ekanligiga asoslanib, talaba yoshlarning konfliktologik madaniyatining shaxslararo integratsiya va konstruktiv muloqotga bog‘liq psixologik asoslari ochib berilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-488-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-488a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarni sub’ektiv darajasini o‘rni baholangan;
talaba yoshlarning konfliktologik madaniyatida empatiyaviy mexanizmlar hamdardlikning hissiy sezgirlikka asoslangan kanali konflikt vaziyatlarida bahs-munozara va muammolardan chetlanish kabi xulq-atvor shakllari bilan susayishi, hamkorlik va moslashuv strategiyalari shaxsning boshqalar kechinmalarini chuqur his qilish, ularga faol kirishish va o‘zaro tushunishni kuchaytirishi, kelishuvga moyillik esa empatiyaning ongli, tahliliy idrok etish qobiliyatini rivojlantirib, muloqotda muvozanat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashi asosida konflikt vaziyatlarda destruktiv xulq-atvorni kamaytiruvchi va konstruktiv muloqotni shakllantiruvchi yetakchi psixologik omil sifatida dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-488-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-488a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirishda yosh, jinsga oid farqlari mavjudligi tahlil qilingan;
talabalarning konfliktogen madaniyatini shakllantirishda muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan va moslashuvchan xulq-atvor konstruktiv konflikt boshqaruvi va faol ijtimoiy pozisiyani kuchaytirishi, hamkorlik va kelishuv strategiyalari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qabul qilish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashi, o‘zini chetga olish va muammodan qochish esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan uzoqlashish va konfliktlarni hal etish samaradorligini pasaytirishi asosida konfliktologik kompetensiyalari va hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashishga qaratilgan konstruktiv coping strategiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash muhim ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-488-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-488a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda konfliktologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha  amaliy  tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish