Zakirova Feruza Nodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromi bo‘lgan maktab yoshdagi bolalarda kognitiv holat va nospesefik moslashishning shakllanishi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2765.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Toshmirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Proxorova Anna Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromi bilan og‘rigan bolalarda kognitiv holatning shakllanish xususiyatlarini o‘rganishdan va uning nospesifik maktab dezadaptatsiyasi rivojlanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
DEGS bilan og‘rigan bolalarda maktab ta’limi sharoitida tizimli kognitiv etishmovchilik aniqlangan bo‘lib, bu diqqat, ijro etuvchi funksiyalar, xotira, amaliyot va nutq buzilishlarini o‘z ichiga olgan komorbid shakllarda (DEGS+) yaqqolroq namoyon bo‘ladi, bu esa ixtiyoriy va ixtiyorsiz ruhiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, o‘zlashtirishning pasayishiga va maktab dezadaptatsiyasining shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan skrining usuli barcha guruhlardagi DEGS bilan og‘rigan bolalarda maktabga moslashmaslikka olib keladigan kognitiv funksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini va eng muhim buzilishlarini aniqlandi. Natijada, DEGS bilan og‘rigan bolalarda kognitiv faoliyat buzilishlarini aniqlashning statistik-prognostik modeli taklif etildi va ushbu sindromning mavjud psixodiagnostik usullari bilan verifikatsiya qilinishi isbotlangan;
DEGSning har qanday variantida serebral gemodinamikaning buzilishi kuzatilishi isbotlangan. Intrakranial darajada qon oqimi tezligining sezilarsiz o‘zgarishlari DEGSda aniqlanadi, DEGS+da esa turli arterial havzalarga ta’sir qiluvchi ekstrakranial va intrakranial darajada bosh miyani qon bilan ta’minlashning yaqqol disfunksiyasi mavjudligi isbotlangan; 
DEGS bilan og‘rigan bolalarda korrelyasion tahlil asosida vertebrobazilyar va karotid havzalarning miya gemodinamikasi ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ri va teskari korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan. Bunday bog‘liqlik DEGSda nevrologik va kognitiv buzilishlarning rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydigan miya qon aylanishining funksional buzilishlari mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalar asosida DEGS bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilishga erta multidissiplinar yondashuv usullari takomillashtirilgan:
birinchi ilmiy yangilik: DEGS bilan og‘rigan bolalarda diqqat, ijro etuvchi funksiyalar, xotira, amaliyot va nutq buzilishlarini o‘z ichiga olgan kognitiv etishmovchilik aniqlangan bo‘lib, bu o‘zlashtirishning pasayishiga va maktabga moslashmaslikka olib kelishi isbotlangan. Eng yaqqol buzilishlar DEGSning komorbid shakllarida (DEGS+) kuzatiladi, olingan ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2025-yil 27-oktyabrda tasdiqlangan 10-25/718-t-sonli "Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli bo‘lgan maktab yoshidagi 
bolalarda kognitiv xolat va nospesefik moslashishning shakllanishi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif SamDU qoshidagi ko‘p tarmoqli markaziy tibbiyot markazi (2026-yil 24-yanvardagi 21-sonli buyruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 27-yanvardagi 8-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar DEGS bo‘lgan bolalarda maktab dezadaptatsiyasini erta korreksiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik o‘qishga optimal moslashuvni oshirishda, shuningdek kognitiv statusni va ijtimoiy muhitdagi o‘zaro ta’sirni yaxshilashda namoyon bo‘ladi, bu esa iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, 1 bemorga 250 000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: DEGS bo‘lgan bolalarda kognitiv statusni aniqlash bo‘yicha taklif etilgan yangi ma’lumotlar, o‘quv o‘zlashtirishining pasayishiga va maktab dezadaptatsiyasiga olib keluvchi omillarni aniqlash orqali 250 000 so‘m tejashga imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan skrining DEGS (ham oddiy, ham og‘irlashgan shakli) bo‘lgan bolalarda maktab dezadaptatsiyasiga olib keladigan kognitiv funksiyalar - fikrlash, amaliyot, xotira, nutq va ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalarning eng muhim buzilishlarini aniqlash imkonini berishi isbotlangan, olingan ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2025-yil 27-oktyabrda tasdiqlangan 10-25/718-t-sonli "Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromi bo‘lgan bolalarda kognitiv holatni va nospesifik maktab dezadaptatsiyasini aniqlash" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif SamDU qoshidagi ko‘p tarmoqli markaziy tibbiyot markazi (2026-yil 24-yanvardagi 21-sonli buyruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 27-yanvardagi 8-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar DEGS bo‘lgan bolalarda maktab dezadaptatsiyasini erta korreksiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik o‘qishga optimal moslashuvni oshirishda, shuningdek kognitiv statusni va ijtimoiy muhitdagi o‘zaro ta’sirni yaxshilashda namoyon bo‘ladi, bu esa iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, 1 bemorga 250 000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: DEGS bo‘lgan bolalarda kognitiv statusni aniqlash bo‘yicha taklif etilgan yangi ma’lumotlar, o‘quv o‘zlashtirishining pasayishiga va maktab dezadaptatsiyasiga olib keluvchi omillarni aniqlash orqali 250 000 so‘m tejashga imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: DEGSning har qanday variantida serebral gemodinamika buzilishlari kuzatilishi isbotlangan: oddiy shaklda intrakranial darajada qon oqimining kamroq ifodalangan o‘zgarishlari, og‘irlashgan shaklda esa turli qon tomir havzalarida ekstra va intrakranial darajada qon ta’minotining yaqqolroq buzilishlari kuzatiladi, olingan ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2025-yil 27-oktyabrda tasdiqlangan 10-25/718-t-sonli "Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarda kognitiv xolat va nospesefik moslashishning shakllanishi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif SamDU qoshidagi ko‘p tarmoqli markaziy tibbiyot markazi (2026-yil 24-yanvardagi 21-sonli buyruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 27-yanvardagi 8-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar DEGS bo‘lgan bolalarda maktab dezadaptatsiyasini erta korreksiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik o‘qishga optimal moslashuvni oshirishda, shuningdek kognitiv statusni va ijtimoiy muhitdagi o‘zaro ta’sirni yaxshilashda namoyon bo‘ladi, bu esa iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, 1 bemorga 250 000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: DEGSning barcha variantlarida serebral gemodinamika buzilishlari aniqlanadi, bunda ularning ifodalanganligi va tarqalganligi kasallikning og‘irlashtirilgan shakllarida ancha yuqori bo‘lib, o‘quv o‘zlashtirishining pasayishiga va maktab dezadaptatsiyasiga olib keladi hamda 250 000 so‘m tejashga imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: DEGS bilan og‘rigan bolalarda vertebrobazilyar va karotid havzalarining miya gemodinamikasi ko‘rsatkichlari, skrining-test natijalari va nevrologik tanqislik o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan, bu esa miya qon aylanishi buzilishlarining kognitiv va nevrologik buzilishlarning shakllanishida muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi, olingan ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2025-yil 27-oktyabrda tasdiqlangan 10-25/718-t-sonli "Diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarda kognitiv xolat va nospesefik moslashishning shakllanishi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif SamDU qoshidagi ko‘p tarmoqli markaziy tibbiyot markazi (2026-yil 24-yanvardagi 21-sonli buyruq) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026-yil 27-yanvardagi 8-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar DEGS bo‘lgan bolalarda maktab dezadaptatsiyasini erta korreksiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik o‘qishga optimal moslashuvni oshirishda, shuningdek kognitiv statusni va ijtimoiy muhitdagi o‘zaro ta’sirni yaxshilashda namoyon bo‘ladi, bu esa iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, 1 bemorga 250000 so‘m tejashga olib keladi. Xulosa: serebral gemodinamika ko‘rsatkichlari, kognitiv funksiyalar va nevrologik defisit o‘rtasida aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar DEGSda kognitiv va nevrologik buzilishlar rivojlanishida miya qon aylanishi buzilishlarining muhim rolini tasdiqlaydi, bu esa o‘quv o‘zlashtirishining pasayishiga va maktab dezadaptatsiyasiga olib keladi hamda 250000 so‘m tejashga imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish