Abduraxmonov Abror Baratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft qoldiqlaridan foydalanib kam oltingugurtli koks olish texnalogiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnalogiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5022.
Ilmiy rahbar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft qoldiqlaridan kam oltingugurtli koks olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni qayta ishlash ikkilamchi qoldiq mahsulotlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, uglevodorodlar tarkibi hamda geteroatomli birikmalarning tuzilishi aniqlanib, distillatli mahsulotlarning kam oltingugurtli koks sifati va miqdoriy ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan;
kokslash jarayoni texnologik parametrlarining (harorat, bosim va kokslash vaqti) koksning oltingugurt miqdori va strukturaviy xossalariga ta’sir mexanizmi isbotlangan;
kam oltingugurtli koks olish maqbul sharoitlari kompleks asoslanib, adsorbent-strukturaviy xususiyatlariga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yuqori bosimda neft qoldiq mahsulotlaridan metallurgiya sanoati uchun oltingugurt miqdori 1,8 % gacha kamaytirilgan neft koksi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neftning qoldiq mahsulotlaridan kam oltingugurtli neft koksi olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft qoldiq mahsulotlari gudron va asfalt asosida kam oltingugurtli koks olish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning «2025-2027 yillar amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar» ro‘yxatiga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2002-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni neft mahsulotlaridan tozalashda qo‘llaniladigan import o‘rnini bosuvchi adsorbent ishlab chiqarish imkonini beradi;
olingan ko‘mir adsorbenti yordamida oqava suvlar tarkibidan neft mahsulotlarini tozalash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning «2025-2027 yillar amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar» ro‘yxatiga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2002-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni neft mahsulotlaridan 88-93 % gacha tozalash imkonini beradi.