Maxmudov Ilyos Majidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uch qatlamli kompozitsion panellarning ichki qatlamini «Sho‘rtan GKM»da ishlab chiqarilayotgan polietilen asosida olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3030.
Ilmiy rahbar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Muhiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ ikkilamchi xomashyosi asosida uch qatlamli kompozitsion panellar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ polietileni asosida nonato‘ldirilgan materiallar olinib, polietilen strukturasining nanokompozitsiyalar mustahkamlik xossalariga ta’siri asoslangan;
nanoto‘ldirgich konsentratsiyasining polimer material xossalariga ta’siri aniqlanib, nanoto‘ldirgichning optimal konsentratsiyasi 20% bo‘lishi isbotlangan;
Kitob va Yangiyul shaxrida ishlab chiqarilayotgan karbonat kalsiy xom ashyosining fraksion tarkibi 50 mkmdan kichik o‘lchamli ekanligi aniqlanib, ular asosida kompozitsiya miqdori aniqlangan;
«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJda ishlab chiqariladigan va ikkilamchi hosil bo‘ladigan polietilen markalari aralashmalari asosida uch qatlamli kompozitsion panellar o‘rta qatlamining resepturasi ishlab chiqilgan va bunda optimal variant etib I-0525-14,28%, Sochma granula-45,27%, Plyonka-22,8% va yirik bo‘lak-17,65% tarkibli kompozitsiya aniklandi optimal tarkibi aniqlangan;
«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ oliy navli va ikkilamchi xomashyosi asosida uch qatlamli kompozitsion panellar ishlab chiqarish texnologik rejimi va texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ ikkilamchi xomashyosi asosida uch qatlamli kompozitsion panellar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
polietilen ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi polietilen xomashyosi, nanokarbonat kalsiy to‘ldiruvchi asosida uch qatlamli kompozitsion panellar olish texnologiyasi «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ qoshidagi «Qarshitermoplast» sexida amaliyotga joriq etish bo‘yicha isteqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJning 2024 yil 25 martdagi 032/1475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy ikkilamchi xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi, arzon va samarali uch qatlamli kompozitsion panellar ishlab chiqarish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo-polietilen va to‘ldiruvchi komponentlar asosida uch qatlamli kompozitsion panellar ishlab chiqarish texnologiyasi «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ qoshidagi «Qarshitermoplast» sexida amaliyotga joriq etish bo‘yicha isteqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJning 2024 yil 25 martdagi 032/1475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘inga chidamli, har qanday murakkablik va dizayndagi ventilyatsiya qilingan jabhalarni qoplash imkonini beruvchi kompozit panellar ishlab chiqarish imkonini beradi.