Muxiddinov Kobiljon Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Brinza tayyorlash jarayonini jadallashtirish uchun vibratsion qurilmani takomillashtirish”, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T3839.
Ilmiy rahbar: Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Botir Melibaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: brinza tayyorlash jarayonini jadallashtirish uchun vibratsion qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vibratsiya yordamida brinza tayyorlash jarayonida - namlik, vaqt, harorat, zichlik va chastotalarni hisobga olgan holda integrallashgan ko‘p fizikli model ishlab chiqilgan hamda jarayonning optimal qiymatlari aniqlangan;
vibratsiya hosil qilishning maqbul parametrlari: eksentrik o‘q joylashuvi - 1,5 mm, elektr dvigatelning quvvati - 18 W, aylanish tezligi - 3000 ayl./daq bo‘lishi ilmiy asoslangan;
brinzani presslash va suvsizlantirish jarayonini jadallashtirishda: vibratsiya chastota - 50 Gs, qayta ishlash harorati - 30 °C, qayta ishlash vaqti - 45 daqiqa bo‘lganda brinza zichligi - 0,11-0,13 g/sm3ga ko‘p va namligi - 5-6 % ga kam bo‘lishi aniqlangan;
vibratsion qurilma yordamida qayta ishlangan brinza tarkibidagi oqsil, vitamin, yog‘lar, va aminokislotalar 95-98% gacha saqlanishi isbotlangan;
brinza tayyorlash jarayonini jadallashtirish uchun vibratsion qurilma takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Brinza mahsulotini uchun vibratsion presslash qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot va amaliy natijalar asosida:
brinza vibratsion presslash uchun energiya tejamkor texnologiya “MILKOLINO PRODUCS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq Ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 4 oktyabrdagi 04-100/10-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali texnologik jarayonni qo‘llash orqali mahsulot ishlab chiqarish 1,35 barobarga oshishi va yo‘qotilishlar 8% kamaytirish imkonini bergan;
brinza mahsulotini vibratsion presslash natijasida ishlab chiqilgan texnika va texnologiya “MILKOLINO PRODUCS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Oziq Ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 4 oktyabrdagi 04-100/10-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, vibratsion presslash qurilmasidan to‘g‘ri foydalanish hisobiga mahsulotni presslash vaqti qisqargan, tarkibidagi namlik kamaygan, zichlik oshgan va presslashga ketadigan vaqtni qisqarishi natijasida energiya sarfi sezilarli kamayishini ilmiy asoslash imkonini bergan.