Toshev Suhrob Mirzaqulovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar va ulardan himoyalanish omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1430.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
Ilmiy rahbar:  Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turg‘unova Nasiba To‘ychievna, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlarning g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi tahdidbardoshligini oshirishda yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish omillarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning kelib chiqish sabablari va transformatsiya tendensiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan determinizm prinsipi asosida tahlil qilinib, global axborotlashuv sharoitida yoshlar ongiga ta’sir etishning “gumanitar texnologiyalar” va “neyromafkuralar” kabi yashirin destruktiv vositalari tizimlashtirilgan hamda ularga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-sinergetik mexanizmlari refleksiv tahlil orqali ochib berilgan;
globallashuv sharoitida yoshlarning zamonaviy fan, texnika va innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kompetensiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan “intellektual kapital” va ’ijtimoiy subektlik” mezonlari asosida ochib berilgan hamda virtual makondagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi yoshlarda gnoseologik immunitetni shakllantirish va raqamli sivilizatsiya jarayonlarida ularning konstruktiv ishtirokini ta’minlashning konseptual asoslari ishlab chiqilgan;
globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analar shunchaki o‘tmish merosi emas, balki jamiyat barqarorligini ta’minlovchi “ijtimoiy-madaniy immun tizimi” va ma’naviy regulyator ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan dalillanishi bilan birga yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini transformatsiya jarayonlari sharoitida asrash hamda milliy intellektual salohiyatni yuksaltirishning modernizatsiya va an’anaviylik dialektikasiga asoslangan konseptual-metodologik modeli ishlab chiqilgan;
yoshlar ongida destruktiv g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi konseptual immunitetni shakllantirishning epistemologik qonuniyatlari ochib berilgan va ularda mustaqil, tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish individual va ijtimoiy ong mutanosibligini ta’minlovchi kognitiv asos ekanligi isbotlangan hamda global axborot makonidagi manipulyasiyalarga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy barqarorlikning falsafiy-metodologik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar va ulardan himoyalanish omillarini ijtimoiy-falcafiy јihatdan tahlil etishning ilmiy natiјalar acocida:
g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning kelib chiqish sabablari va transformatsiya tendensiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan determinizm prinsipi asosida tahlil qilinib, global axborotlashuv sharoitida yoshlar ongiga ta’sir etishning “gumanitar texnologiyalar” va “neyromafkuralar” kabi yashirin destruktiv vositalari tizimlashtirilgan hamda ularga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-sinergetik mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda yoshlarning g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi tahdidbardoshligini oshirishda yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviy mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish omillarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan, “g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid” va “g‘oyaviy-mafkuraviy immunitet” tushunchalarini nazariy jihatdan anglashga qaratilgan asosiy metodologik yondashuvlarning ijtimoiy falsafiy tahlilini amalga oshirilgan. Yangilanayotgan O‘zbekiston xavfsizligiga yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviymafkuraviy tahdidlarning bevosita va bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi tahlil etilib, yoshlarni asrash borasida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega takliflar berilgan. Tadqiqot ishi natijalari Agentlik faoliyati davomida ma’rifiy tadbirlar ijrosini ta’minlashda, ma’naviy sohadagi islohotlarni aniq va tizimli yetkazishda hamda yoshlarda aniq fikrlarni yanada boyitishda foydalanildi. (O‘zbekicton Recrublikaci Yoshlar Ishlari Agentligining 2025-uil 3-noyabr 2-15-21-5924-conli dalolatnomaci). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar yoshlarga xavf solayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar va ulardan himoyalanish omillarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida yoshlarning zamonaviy fan, texnika va innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kompetensiyalari ijtimoiy-falsafiy jihatdan “intellektual kapital” va ’ijtimoiy subektlik” mezonlari asosida ochib berilgan hamda virtual makondagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi yoshlarda gnoseologik immunitetni shakllantirish va raqamli sivilizatsiya jarayonlarida ularning konstruktiv ishtirokini ta’minlashning konseptual asoslariga oid xulosa, taklif va tavciyalardan “Yoshlar ittifoqi”ning yoshlar bilan ishlash faoliyatini amalga oshirishda foudalanilgan. (O‘zbekiston Recrublika “Yoshlar ittifoqi”ining 2025-uil 30-oktyabrdagi 04-13/862-conli ma’lumotnomaci). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif, tavsiya va xulosalar amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari davomida mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy axloqiy dunyoqarashini o‘sishiga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analar shunchaki o‘tmish merosi emas, balki jamiyat barqarorligini ta’minlovchi “ijtimoiy-madaniy immun tizimi” va ma’naviy regulyator ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan dalillanishi bilan birga yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini transformatsiya jarayonlari sharoitida asrash hamda milliy intellektual salohiyatni yuksaltirishning modernizatsiya va an’anaviylik dialektikasiga asoslangan konseptual-metodologik modeliga oid xulosa hamda tavsiyalar “Milliy tiklanish” demokratik rartiyaci faoliyatida rartiya tizimidagi xodimlarning ciyociy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, o‘quv-uclubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foudalanildi. (O‘zbekicton “Milliy tiklanish” demokratik rartiyacining 2025-uil 12-noyabrdagi 02/06-111-conli dalolatnomaci). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif, tavsiya va xulosalar amalga oshirilayotgan tashviqot-targ‘ibot ishlari davomida mamlakatimiz yoshlarining urf-odat, an’ana va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan dunyoqarashini yanada o‘stirishiga xizmat qilgan;
yoshlar ongida destruktiv g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi konseptual immunitetni shakllantirishning epistemologik qonuniyatlari ochib berilgan va ularda mustaqil, tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish individual va ijtimoiy ong mutanosibligini ta’minlovchi kognitiv asos ekanligi isbotlangan hamda global axborot makonidagi manipulyasiyalarga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy barqarorlikning falsafiy-metodologik modeliga oid xulosa hamda tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 21-bandida ko‘rsatilgan “Ijtimoiy-siyosiy, axborot-psixologik, g‘oyaviy-mafkuraviy hurujlar hamda turli yot va buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini ochib berishga doir tahliliy ko‘rsatuv va tok-shoular tayyorlash” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda dissertatsiya materiallaridan foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 29-oktyabrdagi 10/712-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar markaz faoliyatida targ‘ibot tashviqot hamda tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yo‘lida zamonaviy siyosiy texnologiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish