Ergasheva Xikoyat Turabovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maxalliy xomashyolar asosida plastifikatorlar va ularni qo‘llab kompozision elastomer materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6631.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martali ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxodir Boypolatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalikova Sevara Djasurovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezinaning strukturasini rostlash uchun maxalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida rostlovchi ingredientlar va ularni qo‘shib elastomer kompozisiyalar olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
furfuril va tetragidrofurfuril spirtlari kub qoldiqlari asosida rezinaning strukturasini roslash uchun oligomerlar olish jarayoni ishlab chiqilgan;
oligomerlar hosil bo‘lish jarayoniga xarorat, katalizator, vaqt ta’siri va olingan oligomerlarni fizik-kimyoviy xossalari va strukturasi tadqiq qilingan;
yaratilgan furan oligomerlarini elastomer kompozisiyalarini vulkanlanish kinetikasiga va vulkanizatlarning strukturasi turlariga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan furan oligomerlarni elastomer kompozisiyalari tarkibidagi suyuq va dispers ingredientlar bilan aralishishi va ularni rezinani strukturasiga ta’siri asosida elastomer kompozisiyalari tarkibi tuzilgan;
furan oligomerlarini umumiy va maxsus xossaga ega kauchuklar asosidagi rezina qorishmalari texnologik, fizik-mexanik va ekspluatasion xossalariga ta’siri va miqdori aniqlangan;
furfuril va teragidrofurfuril spirtlari qub qoldiqlari asosida olingan oligomerlar va ularni qo‘llab strukturasi rostlangan armirlangan va armirlanmagan, qoliplangan va qoliplanmagan har xil sharoitda ishlatiluvchi rezinatexnika buyumlari olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rezinaning strukturasini rostlash uchun maxalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida rostlovchi ingredientlar va ularni qo‘shib elastomer kompozisiyalar olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
furfuril va tetragidrofurfuril spirtlari va ularni olishda xosil bo‘luvchi qub qoldiqlaridan rezinatexnika buyumlarni strukturasini rostlash uchun modifikatori olish texnologiyasi «Dizel Detal Savdo» MChJning xomashyolarni tozalash sexida amaliyotga joriy etilgan («BIRINChI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2026 yil 9 iyun 3-AS-147-son ma’lumotnomasi). Natijada, rezinatexnika buyumlarini strukturasini rostlash uchun maxalliy xomashyolar asosida ingredientlar olish imkonini bergan;
yaratilgan struktura hosil qiluvchi ingredientlarni qo‘llab umumiy va maxsus xossali elastomerlar asosida kompozisiyalar olish tarkibi va texnologiyasi «Dizel Detal Savdo» MChJning rezina qorishmalari tayorlash sexida amaliyotga joriy etilgan («BIRINChI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2026 yil 9 iyun 3-AS-147-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida olingan faollovchi ingredientlarni qo‘shib elastomer kompozisiyalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
yaratilgan elastomer kompozisiyalari asosida strukturasi berilgan talablar asosida rostlangan qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan, armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari olish texnologiyalari «Dizel Detal Savdo» MChJning RTI sexida amaliyotga joriy etilgan («BIRINChI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2026 yil 9 iyun 3-AS-147-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgn talablar asosida qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan, armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari xossalarini 30% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish