Yodgorov Baxtiyor Orziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Karbamido-formaldegid smolasi asosida uch komponentli interpolimer polimer komplekslar olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish”, 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.2.PhD/K625.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gofurjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc. 01/2025.27.12.K.04.04.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, professor; Inog‘omov Sobid Yokubjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karbamido-formaldegid oligomeri, natriy karboksimetilseluloza va gumusning eritmasi asosida yo‘naltirilgan uch komponentli interpolimer kompleks sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini va qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor karbamido-formaldegid oligomeri, natriy karboksimetilsellyuloza va gumus tarkibidagi kimyoviy faol birikmalar orasidagi ko‘p markazli vodorod bog‘lari, elektrostatik o‘zaro ta’sirlari va komponentlar orasidagi o‘zaro elektrostatik va vondersvars bog‘lar asosida yo‘naltirilgan uch komponentli interpolimer kompleks sintez qilingan;
kompleks hosil bo‘lishining kinetikasi tahlillar natijasida jarayonning tezligi va mexanizmi o‘rganilib, u psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga mos kelishi aniqlangan, izotermik jarayonlar Lyangmur metodikasi asosida hisoblanilgan. Termodinamik qonuniyatlari asosida muvozanat konstantalarining haroratga bog‘liqligi aniqlanib, kompleks hosil bo‘lish jarayonining yuqori haroratlarda termodinamik jihatdan qulay ekanligi isbotlangan;
taklif etilgan kompleksni qo‘llash natijasida tuproq namligini saqlab qolish darajasi oshishi hamda sho‘r suv tarkibidagi ionlarning migratsiyasi cheklanishi aniqlanib, bu orqali tuproqning meliorativ holatini yaxshilash mexanizmi ishlab chiqilgan;
olingan natijalar asosida tuproq ostida interpolimer komplekslarnng polimer ekran hosil qilib vodorod bog‘lar va korporativ bog‘lar orqali bog‘lanib suvni ushlab turadigan polimer ekran materiallarining ishlash mexanizmi taklif etilgan, buning natijasida urug‘ning unib chishi 2-3 kunga, hosildorlik 10-15 %ga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Karbomid-formaldegid oligomeri hamda karboksimetil sellyulozaning natriyli tuzi reaksiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan karbamido-formaldegid oligomeri, natriy karboksimetil seluloza va gumus eritmasi asosida yo‘naltirilgan uch komponentli interpolimer kompleks suvni tejovchi material sifatida dala sharoitida Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Alamdor” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (“Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi 05/13-3442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu interpolimer kompleks suvni tejovchi material sifatida ishlashi imkonini bergan;
sintez qilingan karbsamid-formaldegid oligomeri asosidagi uch komponentli interpolimer komplekslar sho‘rlanishi yuqori bo‘lgan erlarni tiz-suv almashinuvini yaxshilovchi vosita sifatida Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Alamdor” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-02-977-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu interpolimer kompleks tuz-suv almashinuvini yaxshilovchi material sifatida ishlash imkonini bergan.