Nosirov Jahongir Normurot o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni standartlashtirish va metrologik ta’minot soxasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped.8900
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Hamidov Jalil Abdurasulovich
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarni standartlashtirish va metrologik ta’minot soxasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
standartlashtirish va ishlab chiqarish jarayonining metrologik ta'minoti sohasida o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lajak muhandislarning kasbiy normativ-metrologik kompetensiyasi aniqlangan va tavsiflangan.
bo‘lajak muhandislarning normativ-metrologik kompetensiyasining strukturasi ishlab chiqilgan, u motivatsion-qadriyatli, kognitiv va operatsion-faoliyatiy komponentlarni o‘z ichiga olgan kompetensiyaning shakllanish darajalarini baholash ko‘rsatkichlari, darajalari va mezonlari aniqlangan.
bo‘lajak muhandislarning normativ-metrologik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari va metodik tizimi (maqsadli, mazmunli, jarayonli, nazorat-baholovchi va natijaviy komponentlar) ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarni normativ-metrologik kompetensiyasini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotini ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarlik darajalarini moslashish shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak muhandislarni standartlashtirish va metrologik ta’minot soxasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni mustaqil ishlash jarayonida kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
standartlashtirish va ishlab chiqarish jarayonining metrologik ta'minoti sohasida o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lajak muhandislarning kasbiy normativ-metrologik kompetensiyasi aniqlangan va tavsiflanishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-noyabrdagi 02/01-01-495-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning normativ-metrologik kompetensiyasining strukturasi ishlab chiqilgan, u motivatsion-qadriyatli, kognitiv va operatsion-faoliyatiy komponentlarni o‘z ichiga olgan kompetensiyaning shakllanish darajalarini baholash ko‘rsatkichlari, darajalari va mezonlari aniqlashga oid tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-noyabrdagi 02/01-01-495-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan zamonaviy didaktik o‘quv vositalari bo‘lajak muhandislarda kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning normativ-metrologik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari va metodik tizimi (maqsadli, mazmunli, jarayonli, nazorat-baholovchi va natijaviy komponentlar) ishlab chiqishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Metrologiya asoslari” fani bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-noyabrdagi 02/01-01-495-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo‘lajak muhandislardan kasbiy kompetensiyalarni rivojlanishiga xizmat qilgan.