Ruzieva Sitora Sapar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 dan keyingi asoratlardan paydo bo‘lgan jag‘ suyaklari defektlarini kompleks davolash» 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.3. PhD/Tib4656.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Dildora Abdumalikovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12. Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Muhammadxon Burxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Iskandarova Shahnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
COVID-19 dan keyingi jag‘ suyaklari defektlarini diagnostika va rekonstruksiyasini takomillashtirish, bemorlarni hayot sifatini yaxshilash mehnat faoliyatini tiklash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 dan keyingi tanglay defektlarini PRP va individual protezlar yordamida davolashda bemorlarni chaynash, kosmetik va fonetik reabilitatsiyasi samaradorligi isbotlangan (bunda asoratlar 4,6 martaga kamaygan);
COVID-19 dan keyingi tanglay nuqsonini PRP va individual protez yordamida davolangan bemorlarda mehnatga yaroqsizligi, ijtimoiy reabilitatsiya ko‘rsatkichlari 2 barobarga kamayganligi aniqlangan;
COVID-19 dan keyingi tanglay defektlari bor bemorlarni 45 yoshdan oshganlarda asoratlar rivojlanish xavfi 2,24 barobar (p<0,002), ayniqsa ijtimoiy qoniqarsiz sharoitda yashayotgan aholida 1,88 barobar (p=0,042) yuqori ekanligi aniqlanib, ushbu bemorlarda jag‘ suyaklari osteonekrozi 5,43 baravar (p<0,001) yuqoriligi isbotlangan;
tibbiyot markazlarida postkovid tanglayida nuqson bo‘lgan bemorlarga kompleks davo (PRP + individual protez) qo‘llash asosida davolash va profilaktik chora-tadbirlar algoritmi optimallashtirilib, qayta murojaatlar 45-52% kamayishi, hayot sifat ko‘rsatkichlari (EQ-5D bo‘yicha) 0,68 dan 0,76 gacha oshganligi (p<0,05) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17 iyuldagi №22/58 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyingi tanglay defektlarini PRP va individual protezlar yordamida davolashda bemorlarni chaynash, kosmetik va fonetik reabilitatsiyasi samaradorligi isbotlangan (bunda asoratlar 4,6 martaga kamaygan). Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori jag‘ning koviddan keyingi nuqsonlarini protezlashda 3D printer texnologiyalarini joriy etish diagnostika aniqligini oshirishga yordam beradi, protezlarni loyihalash va tayyorlash jarayonini tezlashtiradi. Amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan klinik protokol Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik bazalarida hamda Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2025 yil 19 fevraldagi 57-sonli buyrug‘i asosida, Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 fevraldagi 03 T-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/58-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifati sezilarli yaxshilanib, OHIP-14 ko‘rsatkichlari 50-57% ga yaxshilandi, mehnatga layoqatsizlik muddati o‘rtacha 10-14 kunga qisqardi hamda ijtimoiy reabilitasiya jarayoni tezlashdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks protokolni qo‘llash umumiy davolash xarajatlarini 20-27% ga kamaytiradi. Klinika 3D printerda tayyorlangan protezlardan foydalanishdan 45,9% foyda oladi. Xulosa: 3D protez o‘rnatilgandan 7 kun o‘tgach, nutq aniqligi 16% ga yaxshilandi va sub'ektiv tushunish (OHIP-14) nazorat guruhiga nisbatan 2,3 ballga oshdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyingi tanglay nuqsonini PRP va individual protez yordamida davolangan bemorlarda mehnatga yaroqsizligi, ijtimoiy reabilitatsiya ko‘rsatkichlari 2 barobarga kamayganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 3D printer yordamida ishlab chiqilgan protezlarni PRP bilan birgalikda qo‘llash shilliq qavatlar regenerasiyasiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2025 yil 19 fevraldagi 56-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 fevraldagi 02T-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/58-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: PRP bilan 3D protezlashni qo‘llash, mehnatga layoqatsizlik muddatini 3D guruhiga nisbatan 7,7 kunga va an'anaviy davolashga nisbatan 12 kunga qisqartirish, psixologik noqulaylik darajasini kamaytirish, bu 3D+PRP guruhida OHIP-14 ko‘rsatkichining 57% ga pasayishi bilan tasdiqlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: PRP bilan 3D da pechat qilingan protez yallig‘lanish asoratlari chastotasini 78% ga kamaytirishi, suyak to‘qimasi zichligini 15% ga oshirishi, bu esa protezning fiksasiyasini yaxshilashga xizmat qilishi aniqlangan . Reabilitasiya muddatini 12% ga qisqartiradi. Iqtisodiy foyda - davolanishning umumiy xarajatlaridan 12% past. Xulosa: 3D+ PRP texnologiyasini qo‘llash suyak to‘qimasi sifatini yaxshilaydi va yallig‘lanish asoratlarini sezilarli kamaytirib, umumiy davolash samaradorligini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyingi tanglay defektlari bor bemorlarni 45 yoshdan oshganlarda asoratlar rivojlanish xavfi 2,24 barobar (p<0,002), ayniqsa ijtimoiy qoniqarsiz sharoitda yashayotgan aholida 1,88 barobar (p=0,042) ekanligi aniqlanib, ushbu bemorlarda jag‘ suyaklari osteonekrozi 5,43 baravar (p<0,001) yuqoriligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 ning og‘ir shakllarini boshdan kechirgan bemorlarga ijtimoiy reabilitasiya (jumladan, psixologik, huquqiy va ta’lim ko‘magi) zarurdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2025 yil 19 fevraldagi 56-sonli buyrug‘i; Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 fevraldagi 02T-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/58-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tibbiy bo‘lmagan ijtimoiy xizmatlar, bemorlarni o‘qitish (protezlardan foydalanish, maxsus ovqatlanish, huquqiy himoya va hokazo) xarajatlari alohida ko‘rsatilgan. Uzoq muddatli istiqbollarda (6–12 oy ichida): Asosiy guruhda asoratlar soni 2–3 barobar kamroq kuzatildi. Takroriy tashriflar soni 50% ga qisqardi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Umumiy xarajatlar asosiy guruhda 238.03mln so‘m, taqqoslash guruhida esa 282.48mln so‘m, ya'ni 44.45mln so‘mga qimmatroq. Shunday qilib, ushbu usulni klinik amaliyotga joriy etish nafaqat tibbiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, balki bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy yukni kamaytiradi. Xulosa: 3D protez tayyorlashni qo‘llash bemorlarning tezlashtirilgan reabilitasiyasi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Protezlashdan 6 oy o‘tgach, asosiy guruhda hayot sifatini baholash (OHIP-14) taqqoslash guruhiga qaraganda 57% ga yaxshiroqligi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiyot markazlarida postkovid tanglayida nuqson bo‘lgan bemorlarga kompleks davo (PRP + individual protez) qo‘llash asosida davolash va profilaktik chora-tadbirlar algoritmi optimallashtirilib, qayta murojaatlar 45-52% kamayishi, hayot sifat ko‘rsatkichlari (EQ-5D bo‘yicha) 0,68 dan 0,76 gacha oshganligi (p<0,05) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 dan keyingi tanglay defektlarini PRP va individual protez yordamida kompleks davolash usulining klinik samaradorligi isbotlanib, reabilitatsiya muddatini qisqartirishi, qayta murojaatlarni kamaytirishi hamda bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilashi ilmiy yangilikning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Amaliyotga joriy qilinishi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsoni shakllanishining prediktorlari (yoki xavf omillari) va ularning prognostik ahamiyatini taxlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2025 yil 19 fevraldagi 57-sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 18 fevraldagi 03T-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi 22/58-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlarni erta aniqlash hisobiga og‘ir holatlar 25-30% ga kamaydi, bemorlarning qayta murojaatlari 40-45% ga qisqardi hamda reabilitasiya muddati 20–30% ga qisqarib, davolash xarajatlari 15–25% ga kamayadi hamda bemorlarning hayot sifati sezilarli yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: erta diagnostika va monitoring tizimi qo‘llanilishi natijasida qo‘shimcha davolash xarajatlari 18-24% ga kamaydi, stasionar davolanish muddati qisqarishi hisobiga umumiy tibbiy xizmat xarajatlari 15-20% ga tejaldi. Reabilitasiya muddati qisqarishi hisobiga tibbiy xizmat sarflari 15–25% ga tejaladi hamda bemorlarning tezroq ish faoliyatiga qaytishi natijasida bilvosita iqtisodiy yoʻqotishlar sezilarli darajada kamayadi. Xulosa: PRP va individual protez asosidagi kompleks davolash COVID-19 dan keyingi tanglay defektlarida samaradorlikni 28,6–32,3% oshirib, reabilitatsiyani 1,3 barobar tezlashtirdi, qayta murojaatlarni 45–52% kamaytirdi hamda hayot sifatini sezilarli yaxshiladi (p<0,05).